{"id":10400,"date":"2022-12-27T13:49:17","date_gmt":"2022-12-27T08:49:17","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10400"},"modified":"2022-12-27T13:51:59","modified_gmt":"2022-12-27T08:51:59","slug":"kelgusi-yilda-mamuriy-sudlar-faoliyati-yangi-bosqichga-olib-chiqiladi-mavzusidagi-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10400","title":{"rendered":"&laquo;Kelgusi yilda ma\u2019muriy sudlar faoliyati yangi bosqichga olib chiqiladi&raquo; mavzusidagi maqola"},"content":{"rendered":"<p><strong>Kelgusi yilda m<\/strong><strong>a\u2019muriy sudlar faoliyati yangi bosqichga olib chiq<\/strong><strong>iladi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Kutilganidek, 2022 yil 20 dekabr kuni O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2019zining Oliy Majlis va O\u2019zbekiston xalqiga Murojaatnomasini e\u2019lon qildi.<\/p>\n<p>Murojaatnomada ushbu yilda amalga oshirilgan islohotlar va ularni natijalari, kelgusi yildagi ustuvor yo\u2019nalishlar to\u2019g\u2019risida batafsil taxlillar qayd etildi.<\/p>\n<p>Jumladan, uchinchi yo\u2019nalish sifatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Prezident tomonidan so\u2019nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o\u2019rnatish bo\u2019yicha ko\u2019p ish qilingani, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog\u2019liq holatlar uchrayotgani afsus bilan tilga olindi.<\/p>\n<p>Shu bois, qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o\u2019rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratilishi, bu masalada alohida Farmon imzolanishi ma\u2019lum qilindi.<\/p>\n<p>Natijada, eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo\u2019lib yurishlariga barham berilishi, buning uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo\u2019yicha viloyat sudlarining vakolati ham, mas\u2019uliyati ham oshirilishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>E\u2019tiborlisi, ilg\u2019or xorijiy tajribalar asosida ma\u2019muriy sudlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, xususuan, ma\u2019muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo\u2019lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya\u2019ni boshqa hududda ham ko\u2019rish amaliyotini joriy qilish tashabbusi bildirildi.<\/p>\n<p>Amaldagi O\u2019zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2019g\u2019risidagi kodeksi 32-moddasiga ko\u2019ra, fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma\u2019muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo\u2019yicha sudga taqdim etiladi.<\/p>\n<p>Bu esa, o\u2019z navbatida har qanday manfaatdor shaxsning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo\u2019riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun javobgar joylashgan hududdagi ma\u2019muriy sudga murojaat qilishiga, arizachi o\u2019zi joylashgan joydagi sudga murojaat qila olmasligiga, sudlarda ovora bo\u2019lishi, vaqtini yo\u2019qotishi hamda yo\u2019l uchun ortiqcha xarajatlar qilishiga olib kelmoqda.<\/p>\n<p>Qonunchilikda bunday qoidaning belgilanganligi javobgarga o\u2019zi joylashgan joydagi sudda ishi ko\u2019rilishi unga muayyan ustunlikni tuxfa etadi. Chunki, boshqa joyda joylashgan sudga ovora bo\u2019lib bormaydi, vaqt yo\u2019qotmaydi hamda yo\u2019l uchun ortiqcha xarajatlar qilmaydi.<\/p>\n<p>Kelgusida, ma\u2019muriy sudlarda ishlarni eksterritorial tartibda ko\u2019rilishi, arizachilarning suddagi ovoragarchiligini oldini oladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Farg\u2019ona tumanlararo ma\u2019muriy sudining sudyasi Matmusa<\/strong><strong>y<\/strong><strong>ev Iqrorjon. <\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kelgusi yilda ma\u2019muriy sudlar faoliyati yangi bosqichga olib chiqiladi. \u00a0 Kutilganidek, 2022 yil 20 dekabr kuni O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2019zining Oliy Majlis va O\u2019zbekiston xalqiga Murojaatnomasini e\u2019lon qildi. Murojaatnomada ushbu yilda amalga oshirilgan islohotlar va ularni natijalari, kelgusi yildagi ustuvor yo\u2019nalishlar to\u2019g\u2019risida batafsil taxlillar qayd etildi. Jumladan, uchinchi yo\u2019nalish sifatida inson huquq va erkinliklarini ishonchli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10400"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10400"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10400\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10402,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10400\/revisions\/10402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10400"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10400"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10400"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}