{"id":10452,"date":"2023-01-18T12:20:02","date_gmt":"2023-01-18T07:20:02","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10452"},"modified":"2023-01-18T12:20:02","modified_gmt":"2023-01-18T07:20:02","slug":"huquqshunos-kasbiy-faoliyatida-nutqiy-savodxonlikning-ahamiyati-mavzusidagi-maqolasi-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10452","title":{"rendered":"HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA NUTQIY SAVODXONLIKNING AHAMIYATI&raquo; mavzusidagi maqolasi chop etildi."},"content":{"rendered":"<p data-anchor=\"VzIb\" data-node-id=\"4\">\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich &laquo;Sud-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 24-22 guruh o\u02bbquvchisi Abdubannoyeva Qizlarxon Toxirjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"GdEl\" data-node-id=\"5\"><a name=\"GdEl\"><\/a>\ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federasiyasi, Moskva. \u201c\u041d\u0430\u0443\u0447\u043d\u044b\u0439 \u0438\u043c\u043f\u0443\u043b\u044c\u0441, \u041c\u0435\u0436\u0434\u0443\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u044b\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e-\u043f\u0440\u0430\u043a\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u201d elektron-onlayn jurnalining 5-sonida &laquo;HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA NUTQIY SAVODXONLIKNING AHAMIYATI&raquo; mavzusidagi maqolasi chop etildi.<\/p>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"nQaN\" data-align=\"center\" data-node-id=\"7\"><a name=\"nQaN\"><\/a><strong data-node-id=\"8\">HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA NUTQIY SAVODXONLIKNING AHAMIYATI<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"I1g2\" data-node-id=\"9\"><a name=\"I1g2\"><\/a><em data-node-id=\"10\">Abdubannoyeva Qizlarxon Toxirjon qizi Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi o\u2018quvchisi <\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"agzS\" data-node-id=\"11\"><a name=\"agzS\"><\/a><em data-node-id=\"12\"><strong data-node-id=\"13\">Annotatsiya:<\/strong> mazkur maqolada zamonaviy yuristlarning o\u2018z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun til uslublaridan xabardor bo\u2018lishi, oddiy so\u2018zlashuvdan tashqari rasmiy ish qogozlarini rasmiylashtirish qoidalarini ham bilishi, o\u2018z sohasining mohir ustasi bo\u2018lishi bilan birga, nutq savodxonligi va madaniyatini, xususan, og\u2018zaki va yozma nutq ko\u2018nikmalarini puxta egallagan bo\u2018lishi lozimligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, yuridik nutqdamantiqiy izchillik va aniqlikning mukammal bo\u2018lishiga ham e\u2019tibor qaratish lozimligi ta\u2019kidlangan.<\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"4ec8\" data-node-id=\"14\"><a name=\"4ec8\"><\/a><em data-node-id=\"15\">Kalit so\u2018zlar:til, nutq, og\u2018zaki nutq, yozma nutq, yuridik til, ish yuritish, hujjatchilik, ish yuritish, ish qog\u2018ozlari, mantiqiy izchillik, aniqlik, oddiy so\u2018zlashuv nutqi, sheva, adabiy so\u2018zlashuv nutqi.<\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"vfDc\" data-node-id=\"16\"><a name=\"vfDc\"><\/a>Insoniyat hayotida til borliqni bilish va muloqot qilish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida bashariyat tomonidan o\u2018zashtirilgan bilimlar nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan avlodga ham yetkaziladi. Til millatning birinchi belgisi, uning ruhiy ko\u2018zgusidir. Tilda millatning bor-yo\u2018g\u2018i, o\u2018y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg\u2018ulari aks etadi. Tildagi har bir so\u2018z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg\u2018usining hosilasi bo\u2018lib, uning yordamida Vatan va xalq tarixi va kelajagi ifodalanadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"boHn\" data-node-id=\"17\"><a name=\"boHn\"><\/a>O\u2018zbek tili milliy ma\u2019naviyatimizning betakror ko\u2018zgusi sifatida, xalqimizning borligi va birligi belgisidir. Ona tilimizning davlat tili sifatida ijtimoiy turumushimizning barcha sohalarida qonuniy ravishda qo\u2018llanilayotganligi tilimizni yanada chuqurroq o\u2018rganishning naqadar ahamiyatli ekanligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"XFou\" data-node-id=\"18\"><a name=\"XFou\"><\/a>O\u2018zbek tilida to\u2018g\u2018ri, ifodali so\u2018zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to\u2018g\u2018risida g\u2018amxo\u2018rlik qilish, uning iste\u2019mol doirasini kengaytirib borish, tilimizdan oqilona foydalanish davlatimiz har bir fuqarosining burchi sanaladi. Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo\u2018jaligining barcha jabhalarida davlat tilida jahon o\u2018lchovlariga mos tarzda ish yurita olish, milliy-ma\u2019naviy qadriyatlarni puxta egallash, o\u2018z fikrini og\u2018zaki va yozma shaklda to\u2018g\u2018ri ifodalay bilish kabi talablarga barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim sharti sifatida qaraladi. Har bir shaxs o\u2018z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun til uslublaridan xabardor bo\u2018lishi, oddiy so\u2018zlashuvdan tashqari rasmiy ish qogozlarini rasmiylashtirish qoidalarini ham bilishi k\u0435rak. Chunki u kim bo\u2018lishidan qat\u2018iy nazar hayotda turli-tuman ish qog\u2018ozlari yozishga to\u2018g\u2018ri k\u0435ladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"9u1N\" data-node-id=\"19\"><a name=\"9u1N\"><\/a>U yoki bu darajadagi korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini ish yuritish qog\u2018ozlarisiz tasavvur etib bo\u2018lmaydi. Ish yuritishning b\u0435vosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan bir xil bo\u2018lgan hujjatlar katta-yu kichik m\u0435hnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Xususan, har bir kamolotga yetgan shaxs ona tilidagi so\u2018z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o\u2018rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir.<\/p>\n<p data-anchor=\"UKKC\" data-node-id=\"20\"><a name=\"UKKC\"><\/a>Ma\u2019lumki, zamonaviy mutaxassis o\u2018z sohasining mohir ustasi bo\u2018lishi bilan birga, nutq savodxonligi va madaniyatini, xususan, og\u2018zaki va yozma nutq ko\u2018nikmalarini puxta egallagan bo\u2018lishi lozim. Har bir kishi fikri va tuyg\u2018ularini og\u2018zaki ravon ifodalash barobarida to\u2018g\u2018ri va mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e\u2019tiboriga tushadi. Yozish amaliy xatolarni bevosita ko\u2018rish, tuzatish, boyitish imkoniyatini beradi hamda bu jarayonda fikr charxlanadi, ijodiy fikrlash ko\u2018nikmalari shakllanadi. Shu maqsadda ona tilida nutqini o\u2018stirish, nutq maqsadi va sharoitiga mos ravishda mustaqil fikrlay olish, so\u2018z ustida ishlay bilish, xususan, tanlagan kasbga oid ijodiy matn yaratishga, ilmiy va badiiy tafakkur ko\u2018nikmalarini shakllantirishga e\u2019tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bo\u2018lg\u2018usi yuristlar nutqiy faoliyatida kishilarga tushunarli bo\u2018lgan til vositasida o\u2018zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlari muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon og\u2018zaki va yozma tarzda amalga oshadi. Og\u2018zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so\u2018zlashuv nutqi va adabiy so\u2018zlashuv nutqi. Oddiy so\u2018zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo\u2018lib, sheva ta\u2019sirida bo\u2018lgan kundalik so\u2018zlashuv nutqining turli ko\u2018rinishlaridan iborat. Adabiy so\u2018zlashuv nutqi esa adabiy til me\u2019yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi. Yuqori malakali huquqshunoslar ish jarayonida adabiy so\u2018zlashuv nutqidan foydalanadilar.<\/p>\n<p data-anchor=\"jUim\" data-node-id=\"21\"><a name=\"jUim\"><\/a>Yozma nutq og\u2018zaki nutqdan so\u2018ng yozuv ta\u2019sirida paydo bo\u2018lgan bo\u2018lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo\u2018ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo\u2018laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko\u2018rsatiladi. Zamonaviy yuristlarning yozma nutq ko\u2018nikmalari yuqori bo\u2018lishi, tilning grammatik va mantiq talablariga javob bera oladigan nutq tuzish qobiliyatiga ega bo\u2018lishlari muhim omildir. Chunki kishilik jamiyatidagi har qanday huquqiy munosabatlar til vositasida o\u2018z ifodasini topadi. Aytish mumkinki, til \u2013 huquqning yashash shakli. Huquqning targ\u2018ib va tashviqi, joriylanishi va tarqalishi hamda amal qilishi, albatta, tilsiz ro\u2018yobga chiqmaydi. Shu bois yaxshi huquqshunos ayni paytda til qoidalarini puxta o\u2018zlashtirmog\u2018i, bir so\u2018z bilan aytganda, til bilimdoni bo\u2018lmog\u2018i shart.<\/p>\n<p data-anchor=\"nORh\" data-node-id=\"22\"><a name=\"nORh\"><\/a>Zamonaviy yuristlar so\u2018z boyligi yuqori, badiiy did baland, o\u2018z fikrini og\u2018zaki va yozma ravishda yuqori darajada ifodalay oladigan bo\u2018lishi zarur. Yurist kadrlar, asosan, rasmiy doirada faoliyat ko\u2018rsatadilar va davlat nomidan ish olib boradilar. Shu bois ularning faoliyatini rasmiy hujjatlarsiz, muomala madaniyatisiz tasavvur qilib bo\u2018lmaydi. Bu kasb egalari nutqida so\u2018zlar va gaplar o\u2018rtasidagi ma\u2019noviy-mazmuniy aloqalarning ifodalayotgan fikrdagi mantiqiy mohiyat va uning rivojlanib borishiga mos kelishi, ya\u2019ni mantiqiy talablarning bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fikr, tafakkur qilish sog\u2018lom bo\u2018lsa, nutq ham talab darajasida bo\u2018ladi. Fikr noto\u2018g\u2018ri bo\u2018lsa, nutq mantiqiy jihatdan tugal bo\u2018lmasligi aniq. Grammatik jihatdan shakllanmagan nutq ham, nutqda noo\u2018rin qo\u2018llanilgan lug\u2018aviy birliklar, grammatik shakllar ham mantiqqa putur yetkazadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"nLY1\" data-node-id=\"23\"><a name=\"nLY1\"><\/a>Agar yurist tilning butun qoidalarini yaxshi bilsa-yu, o\u2018zi fikr yuritayotgan mavzuni yaxshi bilmas ekan, nutqning mantiqiyligi yuqori darajada bo\u2018lmaydi. Nutqda mantiqiylikka erishish uchun,avvalo, bir fikrni ikkinchi fikrga bog\u2018lay olish, mavzuning muqaddima, asosiy qism hamda xotima qismini to\u2018g\u2018ri joylashtira olish, fikr yuritilgan mavzu yuzasidan tegishli xulosalar chiqara olish mahoratini shakllantirish zarurdir. Har qanday voqelik yuzasidan aytilayotgan mulohazalar yuqorida sanab o\u2018tilgan zaruriy qismlarga ega bo\u2018ladi, agar bu qismlar tartibi o\u2018zgartirilsa, mantiq yo\u2018qolishi, maqsad amalga oshmasligi mumkin. Shuning uchun nutqiy mantiq talabiga muvofiq gaplar o\u2018rtasida ham izchillik bo\u2018lishi, ularning birida bayon etilgan fikr ikkinchisi orqali to\u2018ldirilishi zarur. Bu holat ma\u2019lum bir fikrning tugashiga qadar davom ettirilishi lozim. Gaplar o\u2018rtasida fikriy izchillik yo\u2018qolishi bilan mantiqiylikka putur yetadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"8vUn\" data-node-id=\"24\"><a name=\"8vUn\"><\/a>Shuningdek, yuridik nutqda aniqlikning mukammal bo\u2018lishiga ham e\u2019tibor qaratish lozim. Yuridik nutqning aniqligi ifodalanayotgan fikrga, voqelikka so\u2018z va terminlarning muvofiq kelishidir. Ya\u2019ni shakl bilan mazmun mutlaqo mos bo\u2018lmog\u2018i nutqning aniqligini ta\u2019minlaydigan omildir. Nutqning aniq bo\u2018lishi uning shakllanishida ishtirok etuvchi nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarga ham bog\u2018liq bo\u2018ladi. Bu esa til va tafakkurning o\u2018zaro aloqadorligi bilan o\u2018lchanadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar hamda voqelik bilan ularning nutqdagi in\u2019ikosi o\u2018rtasidagi aynan muvofiqlik yuridik nutqning aniqligini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"FMS3\" data-node-id=\"25\"><a name=\"FMS3\"><\/a>Demak, tushunchalar uchun muqobil bo\u2018la oladigan so\u2018zlar, terminlarni o\u2018z o\u2018rnida qo\u2018llay olish; ohang, so\u2018zlarning bog\u2018lanishi, so\u2018zlar tartibi, gap turlarining mazmunga muvofiqligini ta\u2019minlay olish; so\u2018z va terminlarning ifodalanayotgan fikrga, voqelikka mos kelishi yuristning og\u2018zaki va yozma nutqining asosini tashkil etmog\u2018i zarur. Ya\u2019ni voqelikka mos kelmagan, nutqning aniqligi va mantiqiy izchilligiga putur yetgan nutq mukammal bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"R0Wd\" data-node-id=\"26\"><a name=\"R0Wd\"><\/a>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/p>\n<p data-anchor=\"oJ8v\" data-node-id=\"27\"><a name=\"oJ8v\"><\/a>1. O\u2018zb\u0435kist\u043en R\u0435spublik\u0430sining K\u043enstitutsiyasi. T.:O\u2018zb\u0435kist\u043en, 2012.<\/p>\n<p data-anchor=\"OE0R\" data-node-id=\"28\"><a name=\"OE0R\"><\/a>2. Usmonov S. Yuristning nutq madaniyati. T., 2007.<\/p>\n<p data-anchor=\"5qgy\" data-node-id=\"29\"><a name=\"5qgy\"><\/a>3. Usmonov S. O\u2018zbek tili. T., 2012<\/p>\n<p data-anchor=\"bKSO\" data-node-id=\"30\"><a name=\"bKSO\"><\/a>4.O\u2018zbek tilining imlo lug\u2018ati. Tuzuvchilar: Sh.Raxmatullayev, A.Hojiyev.<\/p>\n<p data-anchor=\"pYap\" data-node-id=\"31\"><a name=\"pYap\"><\/a>5. Rafiyev A., Qo\u2018nishev J. Hozirgi o\u2018zbek adabiy tili., T.:2012.<\/p>\n<p data-anchor=\"ylOO\" data-node-id=\"32\"><a name=\"ylOO\"><\/a>6. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo\u2018ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. T.:2014.<\/p>\n<p data-anchor=\"NSvl\" data-node-id=\"33\"><a name=\"NSvl\"><\/a>7. S\u0430id\u043ev \u0410., S\u0430rkisyans G. Yuridik til v\u0430 huquqshun\u043es nutqi. T.: 1994.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"WpBx\" data-node-id=\"35\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"WpBx\" src=\"https:\/\/img3.teletype.in\/files\/23\/34\/23341d20-daac-4a57-b280-3230d8b8e9fc.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"JU6k\" data-node-id=\"37\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"JU6k\" src=\"https:\/\/img1.teletype.in\/files\/4f\/3e\/4f3e70e8-464a-4b00-a208-2fabc4e85913.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<p data-anchor=\"Z0Gq\" data-align=\"center\" data-node-id=\"39\"><a name=\"Z0Gq\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"40\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"41\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"42\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"43\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich &laquo;Sud-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 24-22 guruh o\u02bbquvchisi Abdubannoyeva Qizlarxon Toxirjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda. \ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federasiyasi, Moskva. \u201c\u041d\u0430\u0443\u0447\u043d\u044b\u0439 \u0438\u043c\u043f\u0443\u043b\u044c\u0441, \u041c\u0435\u0436\u0434\u0443\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u044b\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e-\u043f\u0440\u0430\u043a\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u201d elektron-onlayn jurnalining 5-sonida &laquo;HUQUQSHUNOS KASBIY FAOLIYATIDA NUTQIY SAVODXONLIKNING AHAMIYATI&raquo; [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10452"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10452"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10452\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10453,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10452\/revisions\/10453"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10452"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10452"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10452"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}