{"id":10454,"date":"2023-01-19T10:58:42","date_gmt":"2023-01-19T05:58:42","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10454"},"modified":"2023-01-19T10:58:42","modified_gmt":"2023-01-19T05:58:42","slug":"yuridik-matnda-termin-qollash-meyorlari-mavzusidagi-maqolasi-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10454","title":{"rendered":"&laquo;YURIDIK MATNDA TERMIN QO\u2018LLASH ME\u2019YORLARI&raquo; mavzusidagi maqolasi chop etildi."},"content":{"rendered":"<p data-anchor=\"hoMM\" data-node-id=\"4\">\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich &laquo;Sud-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 24-22 guruh o\u02bbquvchisi Sobirova Gulhayo Mo\u2018minjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"sTLj\" data-node-id=\"5\"><a name=\"sTLj\"><\/a>\ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federasiyasi, Moskva. \u201c\u041d\u0430\u0443\u0447\u043d\u044b\u0439 \u0438\u043c\u043f\u0443\u043b\u044c\u0441, \u041c\u0435\u0436\u0434\u0443\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u044b\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e-\u043f\u0440\u0430\u043a\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u201d elektron-onlayn jurnalining 5-sonida &laquo;YURIDIK MATNDA TERMIN QO\u2018LLASH ME\u2019YORLARI&raquo; mavzusidagi maqolasi chop etildi.<\/p>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"3B9q\" data-align=\"center\" data-node-id=\"7\"><a name=\"3B9q\"><\/a><strong data-node-id=\"8\">YURIDIK MATNDA TERMIN QO\u2018LLASH ME\u2019YORLARI<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"xOPr\" data-node-id=\"9\"><a name=\"xOPr\"><\/a>Sobirova Gulhayo Mo\u2018minjon qizi. Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi o\u2018quvchisi.<\/p>\n<p data-anchor=\"AEvb\" data-node-id=\"10\"><a name=\"AEvb\"><\/a><strong data-node-id=\"11\">Annotatsiya:<\/strong> <em data-node-id=\"12\">Mazkur maqolada yuridik matn tuzishda so\u2018z tanlash, zarur so\u2018zni boshqa ma\u2019nodagi so\u2018zlar qatoridan ajratib olish, so\u2018zlarni nutqning turiga, nutqning kimga atalganiga va maqsadiga ko\u2018ra tanlash lozimligi haqida so\u2018z yuritilgan. Terminlar umumiste\u2019moldagi so\u2018zlardan o\u2018zigaxos ayrim xususiyatlari bilan farqlanishi, terminlarning o\u2018ziga xos belgilari, bir tarmoq terminlari tizimida sinonimiyayoki dubletning qo\u2018llanilishiga yo\u2018l qo\u2018yibbo\u2018lmasligi yuzasidan fikr bayon qilingan.<\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"J6Qk\" data-node-id=\"13\"><a name=\"J6Qk\"><\/a><strong data-node-id=\"14\">Kalit so\u2018zlar:<\/strong> <em data-node-id=\"15\">Til, nutq, yuridik til, termin, terminshunoslik, yuridik matn, so\u2018z tanlash, ta\u2019sirchan nutq, yuridik fikr, umumiste\u2019moldagi so\u2018zlar, umumxalq tili, obrazlilik, ijtimoiy aloqa, muomalamadaniyati, terminologik ma\u2019no. <\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"FIcw\" data-node-id=\"16\"><a name=\"FIcw\"><\/a>Yuridik matn tuzishda so\u2018z tanlash, zarur so\u2018zni boshqa ma\u2019nodagi so\u2018zlar qatoridan ajratib olish muhim ahamiyatga ega. So\u2018zlarni nutqning turiga, nutqning kimga atalganiga va maqsadiga ko\u2018ra tanlash lozim: huquqshunos-publitsist nutq uchun siyosiy-falsafiy ruhdagi o\u2018tkir, ta\u2019sirchan so\u2018zlar, ilmiy nutq uchun termin xarakteridagi atama so\u2018zlar, badiiy nutq uchun esa badiiylik bo\u2018yog\u2018iga ega bo\u2018lgan, obrazlilikka xizmat qiladigan so\u2018zlardan foydalanadi. Rasmiy nutqning turli hujjatlar ko\u2018rinishlaridagi til xususiyatlari ham bir-biridan birmuncha farq qiladi. Tanlangan so\u2018z adabiy nutqqa xos, nutq madaniyati me\u2019yorlari doirasida bo\u2018lishi lozim, chunki har qanday nutq \u2013 tarbiyalovchi omil, u eshituvchi va o\u2018quvchilarda to\u2018g\u2018ri so\u2018zlash va to\u2018g\u2018ri yozish ko\u2018nikmalarini, savodxonlikni tarbiyalaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"n0q4\" data-node-id=\"17\"><a name=\"n0q4\"><\/a>Huquqqa oid har qanday fikr, tushuncha, belgi, harakat-hodisa va munosabat so\u2018zlarda o\u2018z ifodasini topadi, ya\u2019ni so\u2018zlardan, iboralardan, atama va terminlardan tarkib topgan ifoda qolipiga, ifoda shakliga tushmaguncha munosabat, ijtimoiy aloqa, muomala (fikrlashuv) yuzaga chiqmaydi. Yuridik fikrning voqe bo\u2018lishi ham, mavjudligi ham tilda namoyon bo\u2018ladi. Tilsiz, so\u2018zsiz hech qanday aniq va tayyor holdagi yuridik fikr bo\u2018lmaydi. Yuridik tilda fikr so\u2018zlar, sohaga oid terminlar va bular ishtirokida tuzilgan gaplar orqali shakllanadi va nutqda o\u2018z ifodasini topadi: til huquqning \u201ctiriklik\u201d shartidir. Shuning uchun ham til va huquq jamiyatga xizmat qiluvchi ijtimoiy, ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy va ruhiy hodisalar hisoblanadi, til huquqqa ruh baxsh etuvchi vosita hisoblanadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"2PWD\" data-node-id=\"18\"><a name=\"2PWD\"><\/a>Darhaqiqat, til yuristning tafakkur yuritish quroli bo\u2018libgina qolmasdan, balki huquqqa oid o\u2018tmish bilimlarni hozirgi avlodga yetkazish, huquqiy me\u2019yorlar bilan fuqarolarni tanishtirish quroli hamdir. Bugungi boy ma\u2019naviy merosimiz bo\u2018lgan huquqqa oid barcha bilim va ta\u2019limotlarning mavjudligi va \u201ctirikligi\u201d ham til tufaylidir.<\/p>\n<p data-anchor=\"86sB\" data-node-id=\"19\"><a name=\"86sB\"><\/a>Davlatimizda bugungi kunda islohotlar eng qamrovda olib borilayotgan sharoitda qonunlar tili va uslubi, huquq terminologiyasi muammolari hamda zamonaviy yuristning nutq madaniyati masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday turdagi islohotlar qonunlarni o\u2018zgartirmasdan amalga oshirilmaydi, bu esa o\u2018z-o\u2018zidan, yangi-yangi til birliklarining rivoj topishi uchun zamin hozirlaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"hjPB\" data-node-id=\"20\"><a name=\"hjPB\"><\/a>Terminlar umumiste\u2019moldagi so\u2018zlardan o\u2018ziga xos ayrim xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, so\u2018zlar fan-texnikaning ma\u2019lum tarmog\u2018ida qo\u2018llanilib, iste\u2019mol doirasi chegaralansa, terminlarga aylanadi. Masalan, <strong data-node-id=\"21\">guvoh, zarar, tuhmat, qo\u2018rqitish <\/strong>kabi umumiste\u2019moldagi so\u2018zlar yurisprudensiya sohalarida ilmiy-rasmiy ma\u2019nolarni ifodalab, hozirgi kunda terminlar tizimiga kirgan.<\/p>\n<p data-anchor=\"j74Z\" data-node-id=\"22\"><a name=\"j74Z\"><\/a><em data-node-id=\"23\">Guvoh<\/em> so\u2018zi umumxalq tilida biror voqea-hodisa ro\u2018y bergan paytda shaxsan bo\u2018lgan, uni o\u2018z ko\u2018zi bilan ko\u2018rgan kishi ma\u2019nosini anglatsa, yuridik terminlar tizimida jinoyat ishi bo\u2018yicha aniqlanishi lozim bo\u2018lgan holatlar haqida qonunda belgilangan tartibda so\u2018roq qilinadigan shaxs ma\u2019nosiga ega atama hisoblanadi. <em data-node-id=\"24\">Tuhmat <\/em>so\u2018zi umumiste\u2019molda birovni nohaq ayblash yoki qoralash, nomini yomonga chiqarish maqsadida o\u2018ylab chiqarilgan asossiz da\u2019vo; bo\u2018hton. Masalan, <em data-node-id=\"25\">Tuhmat tosh yoradi, tosh yormasa, bosh yoradi <\/em>(Maqol). Bu so\u2018z yurisprudensiyada yuridik termin sifatida shaxsning qadr-qimmati va or-nomusiga qilinadigan tajovuz ma\u2019nosini anglatadigan jinoyatning nomini anglatuvchi termindirdir (JK, 139-modda).<\/p>\n<p data-anchor=\"d1Yt\" data-node-id=\"26\"><a name=\"d1Yt\"><\/a>Bundan tashqari <strong data-node-id=\"27\">jazo, jarima, ko\u2018zdan kechirish, mulk, omonat, topshiriq, qarzdor, hadya, shikoyat, da\u2019vo <\/strong>kabi umumiste\u2019moldagi so\u2018zlar ham yurisprudensiya sohasida yuridik tushunchalarni bildiradi. Bunday so\u2018zlar chegaralangan ma\u2019noda qo\u2018llanilib, terminologik ma\u2019no hosil qiladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"ud9D\" data-node-id=\"28\"><a name=\"ud9D\"><\/a>Ikkinchidan, termin nominativ (nomlash) vazifani bajaradi. Terminning ma\u2019nosi adabiy til me\u2019yorlari doirasida tushunchaga teng bo\u2018ladi. Chunki bir terminologik tizimda termin bir ma\u2019noli bo\u2018lgani uchun uning ma\u2019nosi tushunchaga teng keladi. Ya\u2019ni terminlar bir ma\u2019noni ifodalovchi maxsus rasmiy so\u2018zlardir. Ko\u2018p ma\u2019noli birgina so\u2018z esa bir necha tushunchani ifodalaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"WdV2\" data-node-id=\"29\"><a name=\"WdV2\"><\/a>Uchinchidan, termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma\u2019nolaridan xoli bo\u2018ladi. So\u2018zning ma\u2019nosi murakkab bo\u2018lganligi bois unda tushuncha qo\u2018shimcha ma\u2019no va uslubiy belgilarga ega bo\u2018ladi. Shunga ko\u2018ra tilda bir tushunchani anglatadigan sinonimlar turli ma\u2019no qirralari yoki uslubiy qo\u2018llanilishi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Ayniqsa, yuridik sohada sinonimik qator hosil qilgan so\u2018zlarni ma\u2019no nozikliklariga ko\u2018ra farqlab ishlatish maqsadga muvofiqdir. Masalan, <strong data-node-id=\"30\">inson, odam, kishi, shaxs, bashar, fuqaro<\/strong>so\u2018zlari bir umumiy tushunchani bildirib, sinonimlar hisoblansa-da, biroq turli ma\u2019no qirralariga ko\u2018ra bir-biridan farqlanadi: <em data-node-id=\"31\">davlatfuqarosi<\/em>deyish o\u2018rinli, biroq <em data-node-id=\"32\">davlatinsoni<\/em>yoki <em data-node-id=\"33\">davlatshaxsi<\/em>deb matnga kiritish mumkin emas.<\/p>\n<p data-anchor=\"aywC\" data-node-id=\"34\"><a name=\"aywC\"><\/a>To\u2018rtinchidan, terminlarning yana bir o\u2018ziga xos belgisi shundaki, terminlar rasmiylashgan so\u2018zlar bo\u2018lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi. Bunga xalqaro terminlarni misol sifatida keltirishimiz mumkin: <strong data-node-id=\"35\">impichment, demokratiya, respublika, prezident, parlament, amnistiya, deputat, konstitutsiya, kriminologiya<\/strong> va h.k. Bunday terminlar yer yuzining barcha qit\u2019alarida bir xil ma\u2019noda qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"vkYO\" data-node-id=\"36\"><a name=\"vkYO\"><\/a>Shuningdek, terminlar muayyan bir sohaga oid bo\u2018lib, muayyan mutaxassislar tomonidan maxsus qabul qilingan, rasmiylashgan leksik birliklar sanaladi. Shuning uchun bir tushunchani ifodalovchi terminni boshqa bir so\u2018z bilan almashtirish mumkin emas. Ya\u2019ni bir tarmoq terminlari tizimida sinonimiya yoki dubletning qo\u2018llanilishiga yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydi. Masalan, <strong data-node-id=\"37\">huquq, burch, shaxs, subyekt, yuridik shaxs, kriminalistika, demokrat, tergovchi, modda, jinoyat<\/strong>kabi terminlar o\u2018rniga muqobil variantlar izlash nojoizdir.<\/p>\n<p data-anchor=\"lyMe\" data-node-id=\"38\"><a name=\"lyMe\"><\/a>Xulosa qilib aytganda, yuridik til o\u2018ziga xos lug\u2018aviy birliklari, gap qurilishi, uslubiy jihatlari hamda huquqqa oid tushunchalarni ifodalovchi terminlari bilan ajralib turadi. Huquqshunoslikka doir barcha manbalar yuridik tilda yoziladi. Tergov jarayoni, sud, advokat faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til asosida yuzaga chiqadi. Shunday ekan, yuridik sohaga oid matnlarni tuzishda har xil noo\u2018rin qaytariqlar, so\u2018z takrorlari, tushunilishi qiyin ifodalar hamda ortiqcha sifatlashlar, ko\u2018chma ma\u2019noli so\u2018zlarni ishlatishdan tiyilish, sohaga xos bo\u2018lgan terminlarni o\u2018z o\u2018rnida qo\u2018llay bilish mutaxassisdan yuksak mahorat va bilim talab qiladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"IRSF\" data-node-id=\"39\"><a name=\"IRSF\"><\/a>Foydalanilgan adabiyotlar<\/p>\n<p data-anchor=\"QHaO\" data-node-id=\"40\"><a name=\"QHaO\"><\/a>1. O\u2018zb\u0435kist\u043en R\u0435spublik\u0430sining K\u043enstitutsiyasi. T.:O\u2018zb\u0435kist\u043en, 2012.<\/p>\n<p data-anchor=\"hs4k\" data-node-id=\"41\"><a name=\"hs4k\"><\/a>2. Usmonov S. Yuristning nutq madaniyati. T., 2007.<\/p>\n<p data-anchor=\"6hmD\" data-node-id=\"42\"><a name=\"6hmD\"><\/a>3. Usmonov S. O\u2018zbek tili. T., 2012<\/p>\n<p data-anchor=\"khA4\" data-node-id=\"43\"><a name=\"khA4\"><\/a>4. B\u0435gm\u0430t\u043ev E., M\u0430m\u0430t\u043ev \u0410. \u0410d\u0430biy n\u043erm\u0430 n\u0430z\u0430riyasi. T.: 2003.<\/p>\n<p data-anchor=\"wsja\" data-node-id=\"44\"><a name=\"wsja\"><\/a>5.O\u2018zbek tilining imlo lug\u2018ati. Tuzuvchilar: Sh.Raxmatullayev, A.Hojiyev.<\/p>\n<p data-anchor=\"OpcD\" data-node-id=\"45\"><a name=\"OpcD\"><\/a>6. Mirt\u043ejiy\u0435v M., M\u0430hmud\u043ev N. Til v\u0430 m\u0430d\u0430niyat. T.:O\u2018zb\u0435kist\u043en, 1992.<\/p>\n<p data-anchor=\"tpdd\" data-node-id=\"46\"><a name=\"tpdd\"><\/a>7. N\u0435\u2019m\u0430t\u043ev H., B\u043ez\u043er\u043ev \u041e. Til v\u0430 nutq. T.: 1993.<\/p>\n<p data-anchor=\"BnMn\" data-node-id=\"47\"><a name=\"BnMn\"><\/a>8. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo\u2018ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. T.:2014.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"pyjD\" data-node-id=\"49\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"pyjD\" src=\"https:\/\/img3.teletype.in\/files\/23\/34\/23341d20-daac-4a57-b280-3230d8b8e9fc.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"S7GR\" data-node-id=\"51\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"S7GR\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/dc\/4d\/dc4dd239-ae89-4505-a26c-946d2473e90b.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"eczC\" data-align=\"center\" data-node-id=\"54\"><a name=\"eczC\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"55\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"56\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"57\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"58\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1- bosqich &laquo;Sud-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 24-22 guruh o\u02bbquvchisi Sobirova Gulhayo Mo\u2018minjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda. \ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federasiyasi, Moskva. \u201c\u041d\u0430\u0443\u0447\u043d\u044b\u0439 \u0438\u043c\u043f\u0443\u043b\u044c\u0441, \u041c\u0435\u0436\u0434\u0443\u043d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u0441\u043e\u0432\u0440\u0435\u043c\u0435\u043d\u043d\u044b\u0439 \u043d\u0430\u0443\u0447\u043d\u043e-\u043f\u0440\u0430\u043a\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0436\u0443\u0440\u043d\u0430\u043b\u201d elektron-onlayn jurnalining 5-sonida &laquo;YURIDIK MATNDA TERMIN QO\u2018LLASH ME\u2019YORLARI&raquo; mavzusidagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10454"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10454"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10454\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10455,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10454\/revisions\/10455"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10454"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10454"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10454"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}