{"id":10686,"date":"2023-04-06T18:29:30","date_gmt":"2023-04-06T13:29:30","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10686"},"modified":"2023-04-06T18:29:30","modified_gmt":"2023-04-06T13:29:30","slug":"huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyat-mavzusidagi-maqolasi-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10686","title":{"rendered":"\u201cHUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT\u201d mavzusidagi maqolasi chop etildi."},"content":{"rendered":"<p>\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich &laquo;Davlat-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 20-22 guruh o\u02bbquvchisi Muhammadjonov Ahadjon Azamjon o&#8217;gli o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda.<\/p>\n<p>\ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk \u201cINNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023\u201d xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 27-martl 17-sonida \u201cHUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT\u201d mavzusidagi maqolasi chop etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\" data-anchor=\"OJLY\" data-align=\"center\" data-node-id=\"4\"><strong data-node-id=\"5\">\u201cHUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATI\u201d<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\" data-anchor=\"LK8H\" data-align=\"center\" data-node-id=\"6\"><a name=\"LK8H\"><\/a><strong data-node-id=\"7\">Muhammadjonov Ahadjon Azamjon o&#8217;gli<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\" data-anchor=\"4X9G\" data-align=\"center\" data-node-id=\"8\"><a name=\"4X9G\"><\/a><strong data-node-id=\"9\">Farg&#8217;ona viloyati yuridik texnikumi 1-kurs \u2019\u2019Davlat huquqiy faolyati\u201d yo&#8217;nalishi 20-22 guruhi o\u2018quvchisi<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"qfbV\" data-node-id=\"10\"><a name=\"qfbV\"><\/a>Huquqiy ong &#8211; bu jamiyatda kishilarning huquq to\u2019g\u2019risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o\u2019rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o\u2019ynaydi. Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya\u2019ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligi katta ahamiyatga egadir. Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan &#8211; falsafa, siyosat, diniy, estetik,huquqiy ong shakllari ajratib ko\u2019rsatiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo\u2019lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo\u2019lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo\u2019llash, huquq to\u2019g\u2019risida bilimlarning, ya\u2019ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to\u2019g\u2019risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o\u2019z ichiga oladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"pbe9\" data-node-id=\"11\"><a name=\"pbe9\"><\/a>Huquqiy madaniyat- bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir. Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlarlariga rioya etish, huquqiy normalarni bajarish, huquqiy talablarni bilish hamda ularga hurmat bilan munosabatda bo\u2019lishga oid barcha masalalar kishilarning huquqiy ustqurmasida huquqiy madaniyat hodisasi, huquqiy hayotning darajasi alohida o\u2019rin tutadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"FBOz\" data-node-id=\"12\"><a name=\"FBOz\"><\/a>Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So\u2018nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to\u2018sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"vqxi\" data-node-id=\"13\"><a name=\"vqxi\"><\/a>Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta\u2019lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masalaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta\u2019minlanmagan.<\/p>\n<p data-anchor=\"iEua\" data-node-id=\"14\"><a name=\"iEua\"><\/a>Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg\u2018otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"g1Pu\" data-node-id=\"15\"><a name=\"g1Pu\"><\/a>Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta\u2019sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"UZ61\" data-node-id=\"16\"><a name=\"UZ61\"><\/a>Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o\u2018rtasidagi muvozanatni saqlash g\u2018oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta\u2019minlashga o\u2018zining jiddiy salbiy ta\u2019sirini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"avbF\" data-node-id=\"17\"><a name=\"avbF\"><\/a>Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"BlxY\" data-node-id=\"18\"><a name=\"BlxY\"><\/a>Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ\u2018ibotning ilg\u2018or va ta\u2019sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.<\/p>\n<p data-anchor=\"kTZq\" data-node-id=\"19\"><a name=\"kTZq\"><\/a>Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma\u2019rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zarururiy talabidir. Haqiqattan ham shunday, huquqiy immunitet shakllangan shaxsga tashqaridan kirib keladigan yot g\u2019oyalar, qarashlar, qonunga xilof xatti- harakatlar o\u2019z ta\u2019siriga ega bo\u2019lmay qoladi. Ijtimoiylashuv natijasida shaxslar ezgulik va adolat, inson sha\u2019ni va uning toptalishi hamda erkinlik va qullik kabi qonuniyatning mavjudligini anglab idrok etishadi. \u201cNima yaxshi-yu nima yomonligini\u201d tushunib yetishda esa ularga aynan huquqiy savodxonlik, huquqiy yetuklik yordam beradi.<\/p>\n<p data-anchor=\"XMGn\" data-node-id=\"20\"><a name=\"XMGn\"><\/a>Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilandi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cJamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi farmoni qabul qilindi.<\/p>\n<p data-anchor=\"Ytrq\" data-node-id=\"21\"><a name=\"Ytrq\"><\/a>Hujjatda qayd etilishicha, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o\u2018rtasidagi muvozanatni saqlash g\u2018oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun stuvorligini ta&#8217;minlashga o\u2018zining jiddiy salbiy ta&#8217;sirini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"l42J\" data-node-id=\"22\"><a name=\"l42J\"><\/a>Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:<\/p>\n<p data-anchor=\"aKG0\" data-node-id=\"23\"><a name=\"aKG0\"><\/a>aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida \u201cJamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish &#8211; demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!\u201d degan hayotiy g\u2018oyani mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta&#8217;lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e&#8217;tibor qaratish, maktabgacha ta&#8217;lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o\u2018rtasidagi muvozanatni saqlash g\u2018oyalarini keng targ\u2018ib qilish; yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o\u2018rgatish; aholi o\u2018rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo\u2018yicha huquqiy-ma&#8217;rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o\u2018rgatish bilan uyg\u2018un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg\u2018ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish; davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ\u2018ibotni amalga oshirish borasidagi o\u2018zaro hamkorligini mustahkamlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo\u2018lga qo\u2018yish; ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta&#8217;minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ\u2018ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo\u2018llashni kengaytirish; yuridik ta&#8217;limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.<\/p>\n<p data-anchor=\"uDIV\" data-node-id=\"24\"><a name=\"uDIV\"><\/a>\u201cYuksak huquqiy madaniyat &#8211; mamlakat taraqqiyoti kafolati\u201d degan kontseptual g\u2018oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo\u2018lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo\u2018llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ\u2018ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"zATJ\" data-node-id=\"25\"><a name=\"zATJ\"><\/a>Belgilab qo\u2017yilishicha, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish \u2015shaxs \u2013 oila \u2012 mahalla \u2012 ta&#8217;lim muassasasi \u2012 tashkilot \u2012 jamiyat prinsipi bo\u2019yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"DOwi\" data-node-id=\"26\"><a name=\"DOwi\"><\/a>Xulosa qilib aytganda, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich shakllanib boradigan jarayon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg\u2018usini rivojlanishiga olib keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga kotarilmoqda, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta\u2018lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo&#8217;lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri hisoblanadi. Jamiyatda ozhaq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga ogishmay amal qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"wgVC\" data-node-id=\"28\"><a name=\"wgVC\"><\/a><\/p>\n<div class=\"wrap\"><noscript><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img4.teletype.in\/files\/f3\/7c\/f37cbe40-1814-47cb-9f2f-dddb2e1bf613.png\" itemprop=\"contentUrl\"><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"wgVC\" class=\"\" src=\"https:\/\/img4.teletype.in\/files\/f3\/7c\/f37cbe40-1814-47cb-9f2f-dddb2e1bf613.png\" width=\"595\" height=\"842\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"9olC\" data-node-id=\"30\"><a name=\"9olC\"><\/a><\/p>\n<div class=\"wrap\"><noscript><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img3.teletype.in\/files\/60\/32\/60328faa-4282-4225-bed2-0d6744ce8383.jpeg\" itemprop=\"contentUrl\"><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"9olC\" class=\"\" src=\"https:\/\/img3.teletype.in\/files\/60\/32\/60328faa-4282-4225-bed2-0d6744ce8383.jpeg\" width=\"1024\" height=\"724\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"jRry\" data-align=\"center\" data-node-id=\"33\"><a name=\"jRry\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"34\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"35\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"36\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"37\">Youtube<\/a><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich &laquo;Davlat-huquqiy faoliyat&raquo; yo\u02bbnalishi, 20-22 guruh o\u02bbquvchisi Muhammadjonov Ahadjon Azamjon o&#8217;gli o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda. \ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk \u201cINNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023\u201d xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 27-martl 17-sonida \u201cHUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT\u201d [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10686"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10686"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10686\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10687,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10686\/revisions\/10687"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10686"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10686"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10686"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}