{"id":10783,"date":"2023-04-27T13:19:56","date_gmt":"2023-04-27T08:19:56","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10783"},"modified":"2023-04-27T13:19:56","modified_gmt":"2023-04-27T08:19:56","slug":"referendum-tushunchasi-tartibi-tarixi-va-istisnolar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10783","title":{"rendered":"Referendum tushunchasi: tartibi, tarixi va istisnolar."},"content":{"rendered":"<h2><strong>Referendum tushunchasi: tartibi, tarixi va istisnolar.<\/strong><\/h2>\n<h4>O\u2019zbekiston Respublikasining referendumi respublika qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.\u00a0Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi bo\u2019lib, unda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo\u2019ladi.<\/h4>\n<p><strong>Aslida referendum tushunchasi qanday ma\u2019noni anglatadi?<\/strong><\/p>\n<p>\u201cReferendum\u201d so\u2019zining ma\u2019nosi davlat ahamiyatiga ega bo\u2019lgan muhim masalalar bo\u2019yicha o\u2019tkaziladigan va ba\u2019zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo\u2019lib xizmat qiladigan umumxalq so\u2019rovi, ovoz berish yo\u2019li bilan xalq fikrini aniqlashdir.<\/p>\n<p>Yurtimizda \u201cO\u2019zbekiston Respublikasining referendumi to\u2019g\u2019risida\u201dgi qonun dastlab 1991 yil 18 noyabr\u044c kuni qabul qilingan bo\u2019lib, mazkur qonun yillar davomida xalqaro va O\u2019zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan.<\/p>\n<p>Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo\u2019lmasa, qarorlar faqat referendum yo\u2019li bilan bekor qilinishi yoki o\u2019zgartirilishi mumkin. \u00a0Referendum O\u2019zbekiston Respublikasining butun hududida o\u2019tkaziladi.<\/p>\n<p><strong>Referendumda kimlar ishtirok etadi?<\/strong><\/p>\n<p>Referendum o\u2019tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o\u2019n sakkiz yoshga to\u2019lgan O\u2019zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir. \u00a0O\u2019zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O\u2019zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to\u2019la haqlidir.<\/p>\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og\u2019ir va o\u2019ta og\u2019ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.<\/p>\n<p>Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma\u2019lumoti, tili, dinga munosabati, mashg\u2019ulotining turi va xususiyatiga qarab, fuqarolarning referendumda qatnashish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.<\/p>\n<p><strong>Referendumda ovoz berish tartibi qanday?<\/strong><\/p>\n<p>Referendumda ovoz berish byulleteni fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to\u2019ldiriladi. Ovoz berish byulletenini to\u2019ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo\u2019lishi taqiqlanadi. Byulletenni mustaqil ravishda to\u2019ldirish imkoniga ega bo\u2019lmagan fuqaro o\u2019z xohishiga ko\u2019ra, referendum o\u2019tkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.<\/p>\n<p>Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qo\u2019yilayotgan masala bo\u2019yicha o\u2019zi ovoz berayotgan variant ro\u2019parasida, o\u2019ng tomonda joylashgan bo\u2019sh kvadratga ko\u2019rsatilgan belgilardan birini qo\u2019yadi.<\/p>\n<p>To\u2019ldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum o\u2019tkazuvchi uchastka komissiyasi a\u2019zolariga hamda kuzatuvchilarga ko\u2019rinib turishi kerak.<\/p>\n<p>Buzib qo\u2019yilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga ko\u2019ra, yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo\u2019yilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.<\/p>\n<p>Ayrim fuqarolar sog\u2019lig\u2019ining holatiga yoki boshqa sabablar bilan ovoz berish binosiga kela olmasa, ularning iltimosiga ko\u2019ra, referendum o\u2019tkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy bo\u2019yicha, ko\u2019chma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.<\/p>\n<p><strong>Fuqarolar muddatidan oldin ham ovoz berishi mumkinmi?<\/strong><\/p>\n<p>Referendum kuni o\u2019z yashash joyida bo\u2019lish imkoniyatiga ega bo\u2019lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o\u2019n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o\u2019tkazish vaqti O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e\u2019tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.<\/p>\n<p>Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida bo\u2019la olmasligining sabablari (ta\u2019til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko\u2019rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi va \u00a0tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a\u2019zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro\u2019yxatiga imzo qo\u2019yadi. \u00a0Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to\u2019ldiriladi.<\/p>\n<p>Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va to\u2019ldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a\u2019zosining imzolari qo\u2019yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>I.Matmusaev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Farg\u2019ona viloyat ma\u2019muriy sudining sudyasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Referendum tushunchasi: tartibi, tarixi va istisnolar. O\u2019zbekiston Respublikasining referendumi respublika qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.\u00a0Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi bo\u2019lib, unda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo\u2019ladi. Aslida referendum tushunchasi qanday ma\u2019noni anglatadi? \u201cReferendum\u201d so\u2019zining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10784,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10783"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10783"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10783\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10785,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10783\/revisions\/10785"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/10784"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10783"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10783"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10783"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}