{"id":10816,"date":"2023-05-02T16:48:41","date_gmt":"2023-05-02T11:48:41","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=10816"},"modified":"2023-05-02T16:48:41","modified_gmt":"2023-05-02T11:48:41","slug":"maktab-oquvchilarini-vatanparvarlik-ruhida-tarbiylashda-sinfdan-tashqari-ishlar-mavzusidagi-maqola-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=10816","title":{"rendered":"\u201cMAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR\u201d mavzusidagi maqola chop etildi."},"content":{"rendered":"<p data-anchor=\"bo5P\" data-node-id=\"4\">\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich &laquo;Yuridik xizmat&raquo; yo\u02bbnalishi, 22-22 guruh o\u02bbquvchisi Azamova Sarvinoz Shuhtarjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"PRvu\" data-node-id=\"5\"><a name=\"PRvu\"><\/a>\ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk \u201cINNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023\u201d xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 27-aprel 18-sonida \u201cMAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR\u201d mavzusidagi maqolasi chop etildi.<\/p>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"4uqD\" data-align=\"center\" data-node-id=\"7\"><a name=\"4uqD\"><\/a><strong data-node-id=\"8\">MAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR <\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"6rCF\" data-node-id=\"9\"><a name=\"6rCF\"><\/a><em data-node-id=\"10\"><strong data-node-id=\"11\">Annotatsiya: <\/strong>Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo`yicha tayyorlash, ma\u201enan yetuk va jismonan sog`lom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shug`ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Maqolada yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiylashda sinfdan tashqari ishlar tadqiq etilgan. <\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"rHte\" data-node-id=\"12\"><a name=\"rHte\"><\/a><em data-node-id=\"13\"><strong data-node-id=\"14\">Kalit so`zlar:<\/strong> vatanparvarlik, kitob va risolalar, armiya, harbiy, konstitutsiya, maqsad, vazifa. <\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"cCqH\" data-align=\"center\" data-node-id=\"15\"><a name=\"cCqH\"><\/a><strong data-node-id=\"16\">KIRISH<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"zWhc\" data-node-id=\"17\"><a name=\"zWhc\"><\/a>Yosh avlodimizda qat\u2019iy hayotiy pozitsiya va vatanimiz taqdiri uchun yuksak\u00a0mas\u2019uliyat tuyg`usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga<br \/>\nolib, mamlakatimizda o`rta maktabdan boshlab oliy o`quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta\u2019lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo`yicha o`ziga xos noyob<br \/>\nva yaxlit tizim yaratilmoqda\u2016 deb ta\u2019kidlagan edi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev.\u00a0Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning harbiy bilim salohiyatining<br \/>\npastligi, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyaning yetarli darajada emasligi, mazkur holatlarni oldini olish chora tadbirlarining talab darajasida olib borilmayotkanligi sir<br \/>\nemas. Bunday holatlarning yuzaga kelishiga sabab shuki, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta\u2019lim muassasalari va keng jamoatchilik ta\u2019sirining kamligidir. Davlat<br \/>\nhokimiyati organlari va qurolli kuchlarining ta\u2019lim muassasasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish bu muammolarni yechishimizga yordam beradi.<\/p>\n<p data-anchor=\"FBL4\" data-align=\"center\" data-node-id=\"18\"><a name=\"FBL4\"><\/a><strong data-node-id=\"19\">ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA:<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"G4Lq\" data-node-id=\"20\"><a name=\"G4Lq\"><\/a>Mustaqillikga erishganimizdan keyin harbiy-vatanparvarlik ruhini tarbiyalash borasida ko`pgina ishlar qilindi. Jumladan, ommabop kitob va risolalar, ilmiy va<br \/>\no`quv uslubiy qo`llanmalar chop etildi. R.Y.Qurbonovning \u00abYoshlarni harbiy\u00a0vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy g`oyaning o`rni\u00bb, Kalkanov E.T.<br \/>\n\u2015Vatanparvarlik shakllanishi va amal qilishining bo`g`liqlik qonuniyatlari (ijtimoiyfalsafiy tahlil) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari, S.Astanova, I.Y.Inoyatov,<br \/>\nM.X.Abilovning izlanishlari ham ilmiy e\u2019tiborga molikdir. Bu kitob, risola va dissertatsiyalarda asosiy e\u2019tibor vatanparvarlikning mazmun-mohiyatiga, hozirgi<br \/>\nkunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratilgan. Ammo\u00a0sohaga oid metodologik masalalar, xususan, o`quvchi-yoshlarni harbiy<br \/>\nvatanparvarlik ruhida tarbiyalash shu vaqtga qadar alohida dolzarb mavzu sifatida o`rganilmagan.<\/p>\n<p data-anchor=\"Ho71\" data-align=\"center\" data-node-id=\"21\"><a name=\"Ho71\"><\/a><strong data-node-id=\"22\">MUHOKAMA VA NATIJALAR<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"5JeA\" data-node-id=\"23\"><a name=\"5JeA\"><\/a> Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha shakllari bitta maqsadga\u00a0yo`naltirilgan bo`lib, yoshlarni vatanga muhabbat, armiyaga xizmat qilish burchi va<br \/>\nvatan himoyasiga doim tayyor turishdan iboratdir.\u00a0Vatanparvarlik ruhini tarbiyalashda badiiy kitob va adabiyotlar, kino, teatrlar<br \/>\nhamda tasviriy san\u2019atning o`rni katta. Ushbu manbalarda keltirilgan qahramonlar\u00a0kim va ularni nima uchun buyuk deymiz. Vatanimiz uchun ular nimalar qilganlar,<br \/>\nbularni biz manbalar bilan tanishib olganimizdagina bilishimiz mumkin.<\/p>\n<p data-anchor=\"5JeA\" data-node-id=\"23\">\nAdabiyotlar o`quvchilarni Vatanni himoya qilishning ming yillik an\u2019analari\u00a0haqida o`ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy janglar<br \/>\nqahramonlari bilan faxrlanish hissini uyg`otadi. Xalqning buyukligini ko`rsatadi, Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg`otadi. Adabiyot<br \/>\no`quvchilarga Vatan uchun kurash ahamiyatini ochib beradi, yoshlarga butun yuragi bilan bu kurash chiroyi va oliyjanobligini ochib beradi. Malika To`maris, cho`pon<br \/>\nShiroq, Spitamen, Muqanna, A.Temur, Ulug`bek, Bobur, S.Raximov, L.Alieva,\u00a0K.Suyunova obrazlari o`quvchi yoshlar uchun ma\u2019naviy namuna hisoblanadi.<br \/>\nXalqning o`z mustaqilligi uchun kurashiga bag`ishlangan adabiy asarlar\u00a0o`quvchilarga urushlarning yuzaga kelishi sabablarini tushunish, O`zbekiston<br \/>\nxalqlarining o`z mustaqilligi uchun qahramonona jasoratlari ma\u2019naviy sabablarining\u00a0chuqur asoslarini tushunishga yordam beradi. Urush haqidagi bizning asarlarimiz<br \/>\nqahramonlar ma\u2019naviy dunyosini og`ir sinovlarda ochib beradi, o`quvchilar ongida\u00a0Vatan va butun dunyoda tinchlik himoyachilari namunasini yaratib va o`rgatib<br \/>\nqolishiga intiladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"5JeA\" data-node-id=\"23\">O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarga tegishli bo`lgan\u00a0qonunlar ham mavjud bo`lib, bu qonunlar yoshlarning vatan oldida bo`lgan burchini<br \/>\nbajarishiga qaratilgan.Jumladan,\u00a041-moddada: \u00abhar kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta\u2019lim olish\u00a0davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir\u00bb;<br \/>\n45-moddada: \u00abVoyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz\u00a0keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir\u00bb;<br \/>\n64-moddada: \u00abOta-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish\u00a0va tarbiyalashga majburdirlar\u00bb;<\/p>\n<p data-anchor=\"Modp\" data-node-id=\"25\"><a name=\"Modp\"><\/a>66-modda: \u00abVoyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar\u00bb;<br \/>\n117-moddada: \u00abO`zbekiston Respublikasining o`n sakkiz yoshga to`lgan\u00a0fuqarolari saylash huquqiga egadirlar\u00bb kabi me\u2019yorlar belgilab qo`yilgan.<br \/>\nBoshlang`ich ta\u2019limda o`quvchilarda vatanparvarlikni shakllantirishda har bir\u00a0o`qituvchi quyidagi shartlarni e\u2019tiborga olishi lozim:<br \/>\n\u2022 bilim egallashga ehtiyojni sezish va o`z bilimi va qobiliyatini namo\u0450n qila olish\u00a0ko`nikmasiga egalik bo`lishi;<br \/>\n\u2022 o`ziga nisbatan talabchan, xatti-harakatlaridagi kamchiliklarni bartaraf eta\u00a0olish;<br \/>\n\u2022 vatanparvarlik sifatlariga ega bo`lish; mehribonlik, g`ururli bo`lish;<br \/>\nSanab o`tilgan sifatlarni o`quvchi ishlar ongiga singdirish uchun quyidagi shartsharoitlarga amal qilish zarur:<br \/>\n\u2022 o`quvchilarda vatanparvarlikni shakllantiririshni ijtimoiy hayot\u00a0sharoitlari bilan bog`lab olib borish;<br \/>\n\u2022 o`quvchilarni ijtimoiy yo`naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy\u00a0faoliyatni tashkil etish;<br \/>\n\u2022 ijtimoiy onglilik ijtimoiy hayot vaziyatlaridan to`g`ri yo`l topib chiqa olish\u00a0ma\u2019naviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish.<br \/>\nUshbu fikrlarning xulosasi o`rnida shuni ta\u2019kidlash mumkinki, jahon\u00a0hamjamiyatida ijtimoiy siyosiy vaziyatlarning keskinlasha\u0450tgan bir sharoitida<br \/>\no`quvchi yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.<br \/>\nQuyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:<br \/>\n1. yoshlarni milliy g`oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi\u00a0va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch yekanini chuqur singdirish;<br \/>\n2. qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va\u00a0ravnaqi yo`lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga<br \/>\nmunosib bo`lish tuyg`usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va\u00a0salohiyatiga bo`lgan ishonchni kuchaytirish;<br \/>\n3. milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma\u2019nan yetuk yoshlar zarurligi,\u00a0harbiy xizmat har bir O`zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch yekani haqidagi<br \/>\ntushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko`nikmalarni mustahkamlash;<br \/>\n4. yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro`y berayotgan siyosiy-ijtimoiy\u00a0jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish<br \/>\nko`nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni<\/p>\n<p data-anchor=\"Modp\" data-node-id=\"25\">5. Har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish,<br \/>\nzamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga yega\u00a0yoshlarni tarbiyalash;<br \/>\n6. O`zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha\u00a0jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo`lish \u2014 bu bugungi<br \/>\nkun talabi yekanini hayotiy misollar va ta\u2019sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.<\/p>\n<p data-anchor=\"Aqss\" data-align=\"center\" data-node-id=\"27\"><a name=\"Aqss\"><\/a><strong data-node-id=\"28\">XULOSA <\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"lr2r\" data-node-id=\"29\"><a name=\"lr2r\"><\/a>Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta\u2019lim muassasalarining\u00a0o`rni nihoyatda katta bo`lib, ta\u2019lim muassasasida ta\u2019lim berish bilan birga tarbiyaviy<br \/>\nishlar birgalikda amalga oshiriladi. Ta\u2019lim muassasalari talabalarining harbiy\u00a0vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta\u2019lim muassasasida o`tkaziladigan ma\u2019naviyma\u2019rifiy va tarbiyaviy tadbirlar, harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda tashkil\u00a0etiladigan tadbirlar orqali olib boriladi.<br \/>\nAuditoriyadan tashqari ishlarda o`quvchilarda vatanparvarlik tuyg`ularini\u00a0shakllantirishda ularning olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlari uchun aniq<br \/>\nmaqsad asosida munozaralar o`tkazish juda ahamiyatlidir. Darsmashg`ulotlari\u00a0vaqtida o`quvchi shu mavzu bo`yicha o`z ilganlarini erkin xolda gapirib berishi,<br \/>\nmunozara o`quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o`z tushunchasini o`rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.<\/p>\n<p data-anchor=\"3CBX\" data-align=\"center\" data-node-id=\"30\"><a name=\"3CBX\"><\/a><strong data-node-id=\"31\">FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"JnPb\" data-node-id=\"32\"><a name=\"JnPb\"><\/a> O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik\u00a0kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi, 11.01.2018-yil.<br \/>\n1. G Habibova, Educating Youth In The Spirit of Military Patriotism ActivitiesOutside The Classroom\/\/Scientific Progress. 2021. 1871-b.<br \/>\n2. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 08.12,1992-yil.<br \/>\n3. Astanova S., GulDU o`qituvchisi, \u2015Vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish omillari, Referat. www.arxiv.uz<br \/>\n4. Sh Jo`rayev, Yoshlarni Harbiy Vatanparvarlik Ruhida Tarbiyalashning\u00a0Ustuvor Vazifalari. \/\/ Academic Research In Educational Sciences. 2020. 1083-b<br \/>\n5. Azimova N. E. et al. Youth Is Moving Force of Civil Society \/\/Eastern\u00a0European Scientific Journal. \u2013 2019. \u2013 \u2116. 1<br \/>\n6. Mengliyev, B. (2022). PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN\u00a0PHYSICAL EDUCATION TEACHER. Science and innovation, 1(B7), 554-556<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"gsAl\" data-node-id=\"35\"><a name=\"gsAl\"><\/a><\/p>\n<div class=\"wrap\"><noscript><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/d2\/8b\/d28bd63d-00e4-4c1f-9812-1d20915ed6cd.jpeg\" itemprop=\"contentUrl\"><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"gsAl\" class=\"\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/d2\/8b\/d28bd63d-00e4-4c1f-9812-1d20915ed6cd.jpeg\" width=\"1024\" height=\"724\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"1dT1\" data-node-id=\"37\"><a name=\"1dT1\"><\/a><\/p>\n<div class=\"wrap\"><noscript><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img4.teletype.in\/files\/74\/ab\/74ab67f1-4527-4087-95d7-fbe8145cc71c.jpeg\" itemprop=\"contentUrl\"><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"1dT1\" class=\"\" src=\"https:\/\/img4.teletype.in\/files\/74\/ab\/74ab67f1-4527-4087-95d7-fbe8145cc71c.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"f40C\" data-align=\"center\" data-node-id=\"40\"><a name=\"f40C\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"41\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"42\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"43\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"44\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u267b\ufe0f Prezidentimiz tomonidan yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda texnikumning 1-bosqich &laquo;Yuridik xizmat&raquo; yo\u02bbnalishi, 22-22 guruh o\u02bbquvchisi Azamova Sarvinoz Shuhtarjon qizi o\u02bbzining iqtidori, serqirra faoliyati bilan turli sohalarda o\u02bbtkazilgan konfirensiyalarda ko\u02bbplab yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqda. \ud83d\udd39 Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chelyabinsk \u201cINNOVATIVE ACHIEVEMENTS IN SCIENCE 2023\u201d xalqaro elektron-onlayn konferensiyalar jurnalining 27-aprel 18-sonida \u201cMAKTAB O`QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10816"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=10816"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10816\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10817,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/10816\/revisions\/10817"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=10816"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=10816"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=10816"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}