{"id":1104,"date":"2020-12-24T11:29:52","date_gmt":"2020-12-24T06:29:52","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1104"},"modified":"2020-12-24T11:32:18","modified_gmt":"2020-12-24T06:32:18","slug":"1104","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1104","title":{"rendered":"Berliner Telegraph\u00bb: Shavkat Mirziyoyev qat&#8217;iy islohotchi"},"content":{"rendered":"<h3>Berliner Telegraph\u00bb: Shavkat Mirziyoyev \u2013 qat&#8217;iy islohotchi<\/h3>\n<p>Germaniyada chop etiladigan \u00abBerliner Telegraph\u00bb jurnalining dekabr oyidagi sonida O\u2018zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bag\u2018ishlangan tahliliy maqola e&#8217;lon qilindi. Maqolada O\u2018zbekiston Yevroosiyoning markazi va Markaziy Osiyodagi eng ko\u2018p aholi yashaydigan davlat sifatida mintaqaviy hamkorlikda yetakchi mavqega ega ekani ta&#8217;kidlangan.<\/p>\n<p>\u00abMarkaziy Osiyodagi eng ko\u2018p aholi istiqomat qiladigan davlat rahbari mintaqaviy hamkorlikda yetakchi rolini o\u2018z zimmasiga olish kerakligini angladi. Qo\u2018shni Qirg\u2018iziston va Tojikiston bilan mintaqaviy daryolarning quyi qismida joylashgan mamlakatlar, jumladan O\u2018zbekistonga suv yetkazib berish masalasidagi ziddiyatlar hal qilindi. Ikki tomonlama chegaradan o\u2018tish punktlari ochilib, quruqlik va havo orqali transport aloqalari tiklandi. O\u2018zbekiston mintaqada umumiy iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik va barqarorlikka intilmoqda\u00bb, deyiladi xususan maqolada.<\/p>\n<p>Muallif O\u2018zbekistonning Afg\u2018onistonda tinchlik o\u2018rnatish, qo\u2018shni mamlakatni iqtisodiy qayta tiklash borasidagi sa&#8217;y-harakatlariga ham e&#8217;tibor qaratgan.<\/p>\n<p>\u00ab2016 yilgi Prezident saylovidan so\u2018ng O\u2018zbekistonning Afg\u2018onistonga nisbatan siyosati yangicha ko\u2018rinish oldi. U yaxlit yondashuvga asoslangani bilan ahamiyatli. Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg\u2018oniston xavfsizligi O\u2018zbekiston uchun ham xavfsizlik masalasi ekani, Afg\u2018onistondagi tinchlik jarayoni mintaqaviy va global kun tartibida yanada muhim ahamiyat kasb etishini angladi\u00bb, deyiladi maqolada bu xususda.<\/p>\n<p>Maqolada O\u2018zbekiston Afg\u2018onistonga iqtisodiy ko\u2018mak ko\u2018rsatayotgani ham ta&#8217;kidlangan. Jumladan, mamlakat qo\u2018shni davlatni elektr energiyasi bilan ta&#8217;minlamoqda, Termiz va Afg\u2018oniston shimolidagi Mozori Sharif o\u2018rtasidagi temir yo\u2018l aloqasini kengaytirishda ishtirok etib, yangi temir yo\u2018l tarmoqlari qurilishini to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlayapti.<\/p>\n<p>Nashr O\u2018zbekiston rahbarining tashabbuslari Germaniyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raisligi davrida qabul qilingan YeI Markaziy Osiyo strategiyasining maqsad va vazifalariga mos kelishini qayd etgan. Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy islohotlari boshlangandan buyon Yevropa Ittifoqiga a&#8217;zo davlatlar, shu jumladan Germaniya O\u2018zbekistonning muhim sheriklari ekani ta&#8217;kidlangan.<\/p>\n<p>Shu nuqtayi nazardan, 2019 yil yanvar oyida O\u2018zbekiston rahbarining GFRga muvaffaqiyatli tashrifi, shuningdek, Germaniya prezidenti Frank-Valter\u00a0Shtaynmayyerning o\u2018sha yil may oyida O\u2018zbekistonga javob tashrifi samarali bo\u2018lgani eslanadi.<\/p>\n<p>\u00abPrezident va hukumatning o\u2018zbek jamiyati manfaatlari yo\u2018lidagi istiqbolli islohotlari Germaniya tuzilmalari tomonidan qat&#8217;iy qo\u2018llab-quvvatlanmoqda\u00bb, deyiladi bu haqda.<\/p>\n<p>Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan yangi xalqaro tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, respublikaning BMT Inson huquqlari bo\u2018yicha kengashiga saylangani alohida qayd etilgan.<\/p>\n<p>\u00abShavkat Mirziyoyev to\u2018rt yil avval prezident etib saylanganidan buyon O\u2018zbekistonning tashqi va mintaqaviy siyosati sezilarli darajada o\u2018zgardi. Muhim islohotlar boshlandi, mamlakat ochildi va xalqaro tashkilotlar doirasida muntazam ravishda muhim tashabbuslar va siyosiy takliflarni ilgari surmoqda\u00bb, deb xulosa qiladi Mattias Dornfeld.<\/p>\n<p>Muallif G\u2018arbda prezident Shavkat Mirziyoyev MDH makonidagi qat&#8217;iy islohotchi sifatida qabul qilinadi va\u00a0ayniqsa\u00a0iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqida gap ketganda, kutilgan mehmon sifatida e&#8217;tirof etiladi, deb ta&#8217;kidlagan.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumot uchun, \u00abBerliner Telegraph\u00bb (\u00abBerlin telegrafi\u00bb) jurnali 2014 yildan buyon nemis va rus tillarida chop etiladi. 30 ming tirajda tarqatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Berliner Telegraph\u00bb: Shavkat Mirziyoyev \u2013 qat&#8217;iy islohotchi Germaniyada chop etiladigan \u00abBerliner Telegraph\u00bb jurnalining dekabr oyidagi sonida O\u2018zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bag\u2018ishlangan tahliliy maqola e&#8217;lon qilindi. Maqolada O\u2018zbekiston Yevroosiyoning markazi va Markaziy Osiyodagi eng ko\u2018p aholi yashaydigan davlat sifatida mintaqaviy hamkorlikda yetakchi mavqega ega ekani ta&#8217;kidlangan. \u00abMarkaziy Osiyodagi eng ko\u2018p aholi istiqomat qiladigan davlat rahbari mintaqaviy hamkorlikda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1107,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1104"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1104"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1104\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1106,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1104\/revisions\/1106"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1107"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1104"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1104"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1104"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}