{"id":1112,"date":"2020-12-28T11:24:04","date_gmt":"2020-12-28T06:24:04","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1112"},"modified":"2020-12-28T11:26:04","modified_gmt":"2020-12-28T06:26:04","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-yoshlari-forumida-sozlagan-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1112","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING O&#8217;ZBEKISTON YOSHLARI FORUMIDA SO&#8217;ZLAGAN NUTQI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING O&#8217;ZBEKISTON YOSHLARI FORUMIDA SO&#8217;ZLAGAN NUTQI<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>26.12.2020<\/strong><strong> yil<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari! Qadrli yoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sizlar bilan bugun mamlakatimizda birinchi bor o&#8217;tkazilayotgan O&#8217;zbekiston yoshlari forumida uchrashib turganimdan g&#8217;oyat xursandman.<\/p>\n<p>Ushbu muhtasham zalda to&#8217;plangan, shuningdek, shahar va tumanlardagi studiyalarda o&#8217;tirgan faol va tashabbuskor o&#8217;g&#8217;il-qizlarimizni, butun mamlakatimiz yoshlarini bugungi anjuman bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning g&#8217;ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko&#8217;nglim tog&#8217;day ko&#8217;tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O&#8217;zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman.<\/p>\n<p>Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo&#8217;l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g&#8217;ayratingiz va azmu shijoatingizga suyanamiz.<\/p>\n<p>Barchangiz yaxshi bilasiz, biz bugun o&#8217;z oldimizga ulkan marralarni qo&#8217;yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik.<\/p>\n<p>Biz oila, maktabgacha ta&#8217;lim, maktab va oliy ta&#8217;limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo&#8217;lg&#8217;usi Renessansning eng muhim bo&#8217;g&#8217;inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli, ushbu sohalarda tub islohotlarni izchil amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo&#8217;shadilar.<\/p>\n<p>Barchangizga ayonki, bugun dunyo shiddat bilan o&#8217;zgarmoqda. Har kuni, yangi-yangi muammo va vazifalar paydo bo&#8217;lmoqda. Ayniqsa, yakunlanib borayotgan yilimiz insoniyat uchun juda og&#8217;ir va sinovli bo&#8217;ldi. Koronavirus pandemiyasidan millionlab odamlar aziyat chekdi.<\/p>\n<p>Shunday murakkab davrda mard va fidoyi yoshlarimizning oldingi saflarda turganiga hammamiz guvoh bo&#8217;ldik.<\/p>\n<p>El boshiga ish tushganda, yoshlarimiz, kerak bo&#8217;lsa, aziz jonlarini garovga qo&#8217;yib, xalqimiz dardiga darmon bo&#8217;ldilar. Sizlarning tengdoshlaringiz uyma-uy yurib, karantin davrida qiynalgan oilalarga amaliy yordam berdilar. Ayniqsa, \u201cSaxovat va ko&#8217;mak\u201d umumxalq harakatida minglab o&#8217;g&#8217;il-qizlarimiz ko&#8217;ngilli sifatida faoliyat olib borganini bugun alohida ta&#8217;kidlab o&#8217;tmoqchiman.<\/p>\n<p>Yuragida ezgulik va mehr-oqibat tuyg&#8217;ulari jo&#8217;sh urgan ana shunday yoshlarimizga, ularga ta&#8217;lim-tarbiya bergan ota-onalari va ustoz-murabbiylariga bugun yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz farzandlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Xabaringiz bor, yaqinda yoshlar bilan ishlash bo&#8217;yicha Toshkent shahri namunasi yaratildi. Ushbu tajriba doirasida poytaxtimizda o&#8217;tkazilgan \u201cYoshlar oyligi\u201dda o&#8217;g&#8217;il-qizlarimizning muammolari, taklif va istaklari \u201cmahallabay\u201d o&#8217;rganildi. Ularning yechimlari bo&#8217;yicha manzilli dasturlar ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Bu ezgu tashabbus mamlakatimiz bo&#8217;ylab keng qanot yozdi. Shuningdek, barcha shahar va tumanlarda Yoshlar festivallari bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Ko&#8217;pchiligingiz ushbu tadbirlar doirasida qator vazirlar, hokimlar, bankirlar va boshqa mutasaddilar bilan ochiq muloqot qildingiz.<\/p>\n<p>Men ham mazkur jarayonlarni televidenie orqali har kuni kuzatib bordim. Yoshlarimizning dolzarb masalalarni dadil ko&#8217;tarib chiqishi, tashabbuslari va shijoati menga juda ma&#8217;qul bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Dunyoqarashi keng, jonkuyar, ilg&#8217;or fikrli farzandlarimiz ko&#8217;pligini ko&#8217;rib, to&#8217;g&#8217;risi, nihoyatda quvondim.<\/p>\n<p>Endi biz Toshkent shahri tajribasini butun mamlakat bo&#8217;ylab keng joriy qilamiz. Bu borada Toshkent, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida allaqachon amaliy ishlar boshlab yuborilgan.<\/p>\n<p>Yoshlarga doir siyosatimizni samarali amalga oshirish, ularning ijtimoiy muammolarini tizimli o&#8217;rganish va muvofiqlashtirish vazifasi mutasaddi tashkilotlarga yuklatildi.<\/p>\n<p>Bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlar va boshqa mas&#8217;ul rahbarlar joylarda yoshlar bilan uchrashuvlarni doimiy ravishda tashkil etib boradilar. Hokimlar va sektor rahbarlari yoshlar muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy \u201cyo&#8217;l xaritalari\u201dni ishlab chiqib, ijrosini ta&#8217;minlaydilar. Shu masala bo&#8217;yicha har 6 oyda mahalliy kengashlarga hisobot beradilar va kelgusi yarim yillik uchun aniq rejalarni belgilab oladilar.<\/p>\n<p>Savdo-sanoat palatasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda \u201cYoshlar: 1+1\u201d dasturi doirasida palataning hududiy o&#8217;quv markazlarida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o&#8217;qitishni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Kuni kecha Savdo-sanoat palatasi yig&#8217;ilishida \u201cHar bir tadbirkor \u2013 yoshlarga madadkor\u201d tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish yuzasidan xayrli tashabbus e&#8217;lon qilindi. Bu tashabbus ko&#8217;plab tadbirkorlarimiz tomonidan qizg&#8217;in qo&#8217;llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda kamida 500 ming yoshga ish joyi yaratishi mumkin bo&#8217;lgan ushbu harakatni biz ham albatta ma&#8217;qullaymiz.<\/p>\n<p>\u201cHunarli kishi xor bo&#8217;lmas\u201d, deydi xalqimiz. Ammo keyingi paytlarda farzandlarimizning usta hunarmandlar qo&#8217;lida kasb-hunar o&#8217;rganishiga yetarli e&#8217;tibor bermay qo&#8217;ydik. Vaholanki, ustoz ko&#8217;rgan o&#8217;g&#8217;il-qizlarimiz domlasiga munosib bo&#8217;lishga intiladi, hayotda ularning ko&#8217;magi bilan o&#8217;z o&#8217;rnini topadi. Shu bois, hududlarda \u201custoz-shogird\u201d an&#8217;anasini yanada kuchaytirsak, o&#8217;ylaymanki, nur ustiga a&#8217;lo nur bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Bu ezgu ishga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka ko&#8217;maklashish jamg&#8217;armasidan moddiy rag&#8217;batlantirish tizimi joriy etiladi. Bu muhim vazifalarni joylarda amalga oshirish uchun<\/p>\n<p>Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari shaxsan mas&#8217;ul bo&#8217;ladilar.<\/p>\n<p>Barchangizga yaxshi ma&#8217;lumki, ayni paytda yurtimizda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tezkor rivojlantirish bo&#8217;yicha yetarli tajriba to&#8217;plandi. Endi, orttirgan tajribamiz asosida respublikamizning barcha shahar va tumanlarida \u201cYoshlar kichik sanoat zonalari\u201d tashkil etiladi. Ushbu sanoat zonalarida yoshlar loyihalarini amalga oshirishga ko&#8217;maklashish uchun zarur bo&#8217;ladigan barcha infratuzilma ob&#8217;ektlari joylashtiriladi.<\/p>\n<p>Tijorat banklarining hududlarda faoliyat boshlagan \u201cLoyihalar fabrika\u201dlari yoshlarimizning ilg&#8217;or g&#8217;oyalari asosida loyihaviy taklif va biznes rejalarini tayyorlab beradi.<\/p>\n<p>Yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg&#8217;arma tashkil etilib, ushbu jamg&#8217;armaga 100 million dollar mablag&#8217; ajratiladi. Ushbu jamg&#8217;arma yoshlarning loyihalariga qulay shartlarda va past foizlarda kredit beradi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi.<\/p>\n<p>Joylarda \u201cYoshlar kichik sanoat zonalari\u201dni tashkil etish bo&#8217;yicha Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir hafta muddatda taklif kiritadilar. Yoshlar loyihalarini qo&#8217;llab-quvvatlashda soliq va boshqa imtiyozlarni berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig&#8217;ilish qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;rni kelganda ta&#8217;kidlash kerakki, yoshlarimiz muammolarini tizimli hal etish borasida ko&#8217;plab kamchiliklar haligacha saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Albatta, bugun o&#8217;z tengdoshlariga ibrat bo&#8217;layotgan, jamiyatdagi o&#8217;zgarishlarda faol ishtirok etib kelayotgan g&#8217;ayratli yoshlar juda ko&#8217;p. Lekin, hayotda o&#8217;z o&#8217;rnini topishga qiynalayotgan, yo&#8217;ldan adashgan, ko&#8217;makka muhtoj yoshlar ham, afsuski, yo&#8217;q emas.<\/p>\n<p>Shuning uchun, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birga, yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas&#8217;ullar o&#8217;rtasida to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri muloqot o&#8217;rnatishga xizmat qiluvchi \u201cYoshlar murojaati\u201d elektron platformasini yaratishi kerak bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Yaqinda o&#8217;tkazilgan ijtimoiy so&#8217;rovlar aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini ko&#8217;rsatdi. Demak, ularga tadbirkorlik asoslarini o&#8217;rgatishga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz lozim.<\/p>\n<p>Shuni inobatga olib, \u201cMikrokreditbank\u201d kasb-hunar va tadbirkorlikka o&#8217;qib, sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratish choralarini ko&#8217;rsin. Bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga beriladi. Bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi orqali har bir viloyatga yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 100 milliard so&#8217;mdan kredit mablag&#8217;lari yo&#8217;naltiriladi.<\/p>\n<p>Ushbu dasturlar orqali yoshlarning biznes loyihalari samarali amalga oshirilishiga joylarda hokimlar va sektor rahbarlari shaxsan mas&#8217;ul bo&#8217;ladilar.<\/p>\n<p>Bugun o&#8217;g&#8217;il-qizlarimizni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri \u2013 o&#8217;qishni tamomlagan yoshlar bandligini ta&#8217;minlashdir. Ko&#8217;plab maktab va kollej bitiruvchilari, ba&#8217;zan oliy ma&#8217;lumotli yigit-qizlar ham ish topishda qiyinchilikka uchramoqdalar.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, bu yildan Andijon, Farg&#8217;ona va Namangan viloyatlarida 7-11 sinf o&#8217;quvchilariga maktabda ta&#8217;lim berish bilan birga, ularni kasbga o&#8217;rgatish tizimi joriy etildi.<\/p>\n<p>O&#8217;quvchi 11-sinfga o&#8217;tdimi, u tuman yoki shahar hokimligining bevosita nazoratida bo&#8217;lishi lozim.<\/p>\n<p>Agar bola oliy o&#8217;quv yurtiga kira olmasa, mahalliy rahbarlar uni albatta ish bilan ta&#8217;minlashi shart. Buning uchun ish beruvchilar yosh mutaxassisni o&#8217;z jamoasiga qabul qilishdan manfaatdor bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n<p>Shu sababli, Vazirlar Mahkamasiga ish beruvchilarga yosh kadrlarni ishlatgan davri uchun tegishli imtiyozlar taqdim etish masalasini ko&#8217;rib chiqish vazifasi topshiriladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qadrli yoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo&#8217;llab-quvvatlash, yosh oilalarni uy-joy bilan ta&#8217;minlash ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi.<\/p>\n<p>O&#8217;tgan uch yilda respublikamizda 5 mingdan ortiq yosh oilalar uchun arzon uy-joylar qurildi va ularga 200 milliard so&#8217;m miqdoridagi boshlang&#8217;ich badal pullari to&#8217;lab berildi. Mana shunday ezgu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida, 2021-2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturi amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli o&#8217;g&#8217;il qizlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni doimo asrab-avaylab keladi. Oila qanchalik mustahkam bo&#8217;lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Bir narsani unutmasligimiz lozim: xonadonlarimizdagi tinchlik-totuvlik, avvalo, oiladagi sog&#8217;lom muhit, mustaqil hayot ostonasida turgan qizlarimizni oilaviy turmushga tayyorlash bilan bevosita bog&#8217;liq.<\/p>\n<p>Afsuski, bu muhim masalaga loqaydlik va e&#8217;tiborsizligimiz natijasida joriy yilning o&#8217;tgan 11 oyida yosh oilalar o&#8217;rtasida 25 ming ajrimlar qayd etilgan. Bu salbiy holat barchamizni jiddiy bezovta qilishi va qattiq tashvishga solishi kerak.<\/p>\n<p>Axir, o&#8217;zingiz o&#8217;ylang, 25 ming ajrim \u2013 agar har bir oilaning kamida uch nafar a&#8217;zosi bo&#8217;lsa, bu \u2013 100 ming odam hayotining barbod bo&#8217;lgani emasmi?! Buning oqibatida qanchadan qancha begunoh bolalar tirik yetim bo&#8217;lib qoladi. Qancha insonning taqdiri izdan chiqib, sarson-sargardon bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Nega mana shu oilalarni saqlab qolish uchun mahallada harakat qilmadik, yoshlarga to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lni ko&#8217;rsatmadik?<\/p>\n<p>Men, bugungi imkoniyatdan foydalanib, keng jamoatchilikka, avvalambor, ko&#8217;pni ko&#8217;rgan o&raquo;tabar nuroniylarimizga, oqila va mehribon onalarimizga murojaat etmoqchiman. Bu og&#8217;riqli masalada bizga yordam beringlar, deb iltimos qilaman.<\/p>\n<p>Oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish borasida siz, aziz yoshlarimiz ham tashabbus va faollik ko&#8217;rsatsangiz, men barchangizdan cheksiz minnatdor bo&#8217;lar edim.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi forum sizlarning kelgusidagi maqsad va rejalaringizni belgilab olish uchun qulay bo&#8217;lgan katta imkoniyatdir.<\/p>\n<p>Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiyning: \u201cSo&#8217;z \u2013 gul, ish \u2013 meva\u201d, degan hikmatli so&#8217;zlari bor.<\/p>\n<p>O&#8217;ylaymanki, bugun belgilab oladigan rejalaringiz qanchalik pishiq-puxta bo&#8217;lsa, ishingiz ham shunchalik yaxshi samara beradi.<\/p>\n<p>Sizlar ko&#8217;p kitob o&#8217;qigan, bilimli avlod vakillari sifatida yurtimiz o&#8217;tmishda jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo&#8217;lganini yaxshi bilasiz.<\/p>\n<p>Siz \u2013 Xorazmiylar, Farg&#8217;oniylar, Beruniy va Ibn Sinolar, Ulug&#8217;bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar va Termiziylar avlodisiz.<\/p>\n<p>Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham insoniyatga beqiyos xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Bu o&#8217;rinda, qomusiy olim Muhammad Xorazmiy asos solgan ilm \u2013 \u201calgoritm\u201dni eslashning o&#8217;zi kifoya. Bu ulug&#8217; zotning ulkan xizmatlarini butun bashariyat hanuzgacha minnatdorlik bilan eslamoqda. Uning olamshumul kashfiyotlari bugungi axborot texnologiyalarini yaratishda ham mustahkam asos bo&#8217;lmoqda.<\/p>\n<p>Kuni kecha Ispaniyaning Madrid shahridagi Komplutense universitetida alloma bobomizning haykali o&#8217;rnatildi. 500 yillik tarixga ega bu nufuzli universitet mamlakatda birinchi o&#8217;rinda turadigan oliygoh hisoblanadi. Mashhur ajdodimiz xotirasiga ko&#8217;rsatilgan bunday ulkan ehtiromni biz ayni vaqtda xalqimizga, uning qadimiy tarixi va boy ilmiy merosiga ko&#8217;rsatilgan yuksak hurmat ramzi sifatida qabul qilamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Ispaniya hukumatiga, universitet rahbariyati va ilmiy jamoasiga butun el-yurtimiz va yoshlarimiz nomidan samimiy tashakkur bildiraman.<\/p>\n<p>Atoqli shoir Abdulla Oripov yozganiday, Beruniy bobomizning \u201caql mash&#8217;ali\u201d butun bashariyatni haligacha hayratga solib kelayotganini siz, aziz yoshlar yaxshi bilasizlar, albatta.<\/p>\n<p>Eng muhimi, bu ulug&#8217; allomalarimiz o&#8217;zlarining olamshumul kashfiyot va ixtirolarini sizning yoshingizda \u2013 ayni kuchga to&#8217;lgan navqiron chog&#8217;larida amalga oshirganlar. Siz ham buyuk ajdodlardan ibrat olib, hayotda mo&raquo;jizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak.<\/p>\n<p>O&#8217;z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o&#8217;tmasin! Yoshlik \u2013 umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim \u2013 o&#8217;tda yonmaydigan, suvda cho&#8217;kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!<\/p>\n<p>Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz ko&#8217;rgan to&#8217;siq va qiyinchiliklarni ko&#8217;rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib voyaga yetayapsizlar.<\/p>\n<p>Yuksak maqsadlar yo&#8217;lida siz \u2013 yoshlar hal qiluvchi kuch bo&#8217;lishingiz kerak.<\/p>\n<p>Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana shunday ulkan mas&#8217;uliyatni, tom ma&#8217;nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qat&#8217;iy ishonaman.<\/p>\n<p>Sizlar zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashingiz uchun barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solayapmiz.<\/p>\n<p>Men hududlarga borganimda, sizlarning tengdoshlaringiz bilan uchrashib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolarni o&#8217;rganishga alohida vaqt ajrataman.<\/p>\n<p>Dunyoda globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda barcha sohalarda yuksak bilimli kadrlarni tayyorlamasak, taraqqiyotdan ortda qolib ketishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, ta&#8217;lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirayapmiz. Sohada mutlaqo yangi tizim \u2013 Prezident va ijod maktablarini, matematika, ximiya, biologiya fanlari bo&#8217;yicha maxsus maktablarni tashkil etayapmiz. Yoshlarimizga \u201cIT\u201d texnologiyalarni chuqur o&#8217;rgatadigan ta&#8217;lim maskanlarining soni kun sayin ko&#8217;payib bormoqda.<\/p>\n<p>Biz bu ishlarimizning ilk mevalarini ko&#8217;ra boshladik. So&#8217;nggi uch yilda mamlakatimiz yoshlari nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda besh yarim ming sovrinli o&#8217;rinlarni qo&#8217;lga kiritdilar.<\/p>\n<p>Toshkent shahridagi Prezident maktabi o&#8217;quvchisi Firdavs Abduqayumov IELTS dasturi bo&#8217;yicha yuqori ball to&#8217;plab, AQShning Jon Keroll universitetida tahsil olish uchun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylandi.<\/p>\n<p>Firdavs o&#8217;g&#8217;limni, uning ota-onasi va ustozlarini chin dildan tabriklab, ularga sihat-salomatlik tilayman.<\/p>\n<p>Firdavsning izdoshi sifatida, Toshkent shahridagi Prezident maktabidan Temur Sulaymonov grant asosida, Namangandagi maktabdan Mironshoh Inomjonov va Azimjon Alijonov hamda boshqa ko&#8217;plab o&#8217;quvchilar nufuzli xorijiy ilm dargohlariga o&#8217;qishga kirganlar va ularning soni kun sayin oshib bormoqda. Biz bunday iqtidorli yoshlarga o&#8217;z vaqtida har tomonlama e&#8217;tibor qaratib, qo&#8217;llab-quvvatlasak, o&#8217;ylaymanki, ular katta-katta zafarlarni qo&#8217;lga kiritadilar.<\/p>\n<p>Shu sababli, yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliygohlarda tahsil olishi uchun har tomonlama ko&#8217;maklashishga alohida e&#8217;tibor qaratamiz. Jumladan, xalqaro ta&#8217;lim dasturlari bo&#8217;yicha eng yuqori ball to&#8217;plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to&#8217;liq qoplab beriladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun umumxalq harakatiga aylangan besh muhim tashabbusni amalga oshirishda yoshlarimiz faol ishtirok etayotgani bizni cheksiz quvontiradi.<\/p>\n<p>Albatta, bu yo&#8217;nalishda ma&#8217;lum natijalarga erishgan bo&#8217;lsak ham, hali qiladigan ishlarimiz judayam ko&#8217;p. Joylardagi madaniyat markazlari, sport zallarini ta&#8217;mirlash va jihozlash, yangilarini qurish haqida bugun jiddiy bosh qotirishimiz kerak.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bir oy muddatda besh muhim tashabbusni amalga oshirish bo&#8217;yicha qaror qabul qilish topshiriladi.<\/p>\n<p>Ushbu qarorlarda joylardagi 459 ta madaniyat markazida zamonaviy sharoitlar tashkil etish, ularni ta&#8217;mirlash va jihozlash ko&#8217;zda tutilishi lozim.<\/p>\n<p>Bu muammoni albatta hal qilamiz. Lekin, meni masalaning boshqa jihati ko&#8217;proq o&#8217;ylantiradi.<\/p>\n<p>Madaniyat va san&#8217;at yo&#8217;nalishida o&#8217;qishni tamomlagan yoshlarimizning ko&#8217;pchiligi poytaxtda qolishni afzal ko&#8217;rayapti. Bu ahvolda katta xarajatlar evaziga joylarda barpo etilayotgan madaniyat va ma&#8217;rifat markazlarida ertaga kim ishlaydi? Qishloqlardagi yosh iqtidor egalarini kim izlab topadi, ularni kim tarbiyalaydi?<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan viloyat hokimlari har qaysi tuman va shahardan 5 nafargacha yoshlarni madaniyat va san&#8217;at oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan o&#8217;qitadi. Kelgusida ularni o&#8217;z hududida uy-joy va mutaxassisligi bo&#8217;yicha ish bilan ta&#8217;minlash choralarini ko&#8217;radi.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi Madaniyat vazirligi, O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at va madaniyat instituti, hudud rahbarlari bilan birgalikda ushbu masala bo&#8217;yicha ikki oy muddatda alohida dastur ishlab chiqadi.<\/p>\n<p>Yana bir muammo \u2013 joylarda iste&#8217;dodli bolalarning aksariyati o&#8217;z qobiliyatini ro&#8217;yobga chiqarish uchun tegishli sharoitga ega emas. Talantli yoshlarni aniqlash, ularni qo&#8217;llab-quvvatlash bo&#8217;yicha<\/p>\n<p>joylardagi ishlar talab darajasida emas.<\/p>\n<p>Misol uchun, qaysi hududdan qancha Zulfiyachi qizlar chiqdi? Nechtasi \u201cNihol\u201d mukofoti sovrindori bo&#8217;ldi? Qaysi yosh shoir yoki yozuvchining kitobi nashr etildi? Qaysi yosh talant respublika yoki xalqaro tanlovlarda, sport musobaqalari va fan olimpiadalarida g&#8217;olib bo&#8217;ldi?<\/p>\n<p>Agar masalaga chuqurroq qaraydigan bo&#8217;lsak, ertaga mana shunday yoshlar tuman yoki shaharning \u201coltin fondi\u201dga aylanadi va ular shu hududning obro&#8217;sini yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shuning uchun har qaysi tuman va shahar hokimiga 10-15 nafar mana shunday iste&#8217;dodli yoshlarni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalash va muntazam rag&#8217;batlantirish tizimini yo&#8217;lga qo&#8217;yish vazifasi topshiriladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Yana bir muhim masala!<\/strong><\/p>\n<p>Xabaringiz bor, yaqinda yangi bir tajribani joriy qildik. Unga ko&#8217;ra, ayni kunlarda hokimlar yil yakuni bo&#8217;yicha o&#8217;z hududlarida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchilik va muammolar hamda<\/p>\n<p>kelgusi rejalari haqida mahalliy kengashlar oldida hisobot berayaptilar.<\/p>\n<p>Afsuski, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolari va yechimlari hali ushbu hisobotlarda o&#8217;z aksini topmayapti. Viloyatlar, tuman va shahar rahbarlari kelgusi yildagi ish rejalarida bu muhim masalaga ustuvor darajada ahamiyat qaratishlari zarur.<\/p>\n<p>Keyingi yilda ham joylarda izlanuvchan yigit-qizlarni qo&#8217;llab-quvvatlash maqsadida \u201cYoshlar texnoparklari\u201d qurilishini davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Joriy yilda yoshlar o&#8217;rtasida eng yaxshi ilmiy ishlanmalar uchun umumiy qiymati 30 milliard so&#8217;mdan ortiq bo&#8217;lgan \u201cYosh olimlar\u201d innovatsion loyihalar tanlovi e&#8217;lon qilingan edi. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi, Xalq ta&#8217;limi vazirligi 2021 yildan boshlab maktab o&#8217;quvchilari va oliy o&#8217;quv yurtlari talabalari o&#8217;rtasida \u201cBo&#8217;lajak olim\u201d tanlovini tashkil qilsin. Bu orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard so&#8217;m mablag&#8217; yo&#8217;naltirilsin.<\/p>\n<p>Bu ishlarni davom ettirgan holda, kelgusi yilda 100 dan ziyod shahar va tumanlarimizda \u201cIT\u201dni chuqur o&#8217;rgatadigan zamonaviy o&#8217;quv markazlarini tashkil qilamiz.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, yangi yildan Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda mazkur yo&#8217;nalishda texnikumlar o&#8217;z faoliyatini boshlaydi.Shuningdek, keyingi yildan yoshlarimizga xalqaro \u201cIT\u201d sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo&#8217;lgan qismi byudjetdan qoplab beriladi.<\/p>\n<p>Yaqin ikki yilda \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasi doirasida 300 ming nafar yoshlar komp`yuter dasturlash asoslariga bepul o&#8217;qitiladi.<\/p>\n<p>Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu loyiha doirasida sohaga qiziqadigan yoshlarni aniqlash, o&#8217;qitish va ish bilan ta&#8217;minlashga qaratilgan dastur ishlab chiqsin.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, o&#8217;rta maktablarda hamda oliy ta&#8217;lim muassasalarida yoshlarning iqtidor va talantlarini to&#8217;la ro&#8217;yobga chiqarish uchun tizimli ishlarni yo&#8217;lga qo&#8217;yish lozim. Bunda yoshlar yetakchilari birinchi navbatda o&#8217;zlari tashabbuskor bo&#8217;lishlari kerak.<\/p>\n<p>Yoshlarimizning liderlik qobiliyatini kuchaytirish, ularning faolligini oshirish, har tomonlama qo&#8217;llab-quvvatlash, ilg&#8217;or ish tajribalarini ommalashtirish uchun \u201cKamalak yulduzlari\u201d, \u201cYilning eng faol yoshlar yetakchisi\u201d, \u201cYil sardori\u201d kabi ko&#8217;rik-tanlovlarni o&#8217;tkazish, o&#8217;ylaymanki, maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi. Shu bilan bir qatorda, oliy o&#8217;quv yurtlari o&#8217;rtasida Talabalar festivali, Intellektual o&#8217;yinlar haftaligi, \u201cYil talabasi\u201d singari ko&#8217;rik-tanlov va musobaqalarni o&#8217;tkazish ularning intellektual salohiyatini va tashkilotchilik qobiliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi, Xalq ta&#8217;limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Rektorlar Oliy Kengashi, Respublika Ma&#8217;naviyat va ma&#8217;rifat markazi birgalikda 2021 yildan e&#8217;tiboran ushbu tanlovlarni tashkil etish va yuqori saviyada o&#8217;tkazish, g&#8217;oliblarni munosib rag&#8217;batlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz yoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarga yana bir muhim yangilikni aytib o&#8217;tmoqchiman. Keyingi yildan oliy ta&#8217;lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to&#8217;plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir o&#8217;quv yili uchun mo&#8217;ljallangan bo&#8217;lsa, ushbu grant talaba o&#8217;qishni bitirguniga qadar, ya&#8217;ni, to&#8217;rt yil davomida to&#8217;lab boriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, kelgusi o&#8217;quv yilidan boshlab, respublikamizdagi xorijiy oliy o&#8217;quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.<\/p>\n<p>Chunki, bunday ta&#8217;lim maskanlarida ta&#8217;lim olayotgan yoshlar ham o&#8217;zimizning farzandlarimiz. Ular ham ertaga yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, ularga bugun g&#8217;amxo&#8217;rlik qilib, iste&#8217;dodini rag&#8217;batlantirsak, o&#8217;ylaymanki, bu ham adolatdan bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Ilm yo&#8217;lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qo&#8217;llab-quvvatlash maqsadida, keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komil albatta, bunday imkoniyat va imtiyozlarga, avvalo, yangi Renessans poydevorining chinakam bunyodkorlari sazovor bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Yana bir dolzarb masala. Yurtimizda bir necha farzandi oliygohlarda tahsil olayotgan ota-onalarning aksariyati, ochig&#8217;ini aytganda, o&#8217;qish xarajatlarini qoplashda qiynaladilar. Shuning uchun ikki va undan ortiq farzandi oliy o&#8217;quv yurtida shartnoma asosida o&#8217;qiyotgan oilalarga imtiyozli ta&#8217;lim krediti berish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda kreditni o&#8217;qish davri tugab, yoshlarimiz ishga joylashgandan so&#8217;ng qaytarish nazarda tutiladi.<\/p>\n<p>Moliya vazirligi tijorat banklariga ushbu arzon kreditlar uchun maqsadli resurslar ajratilishini ta&#8217;minlasin.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli kelajagimiz vorislari!<\/strong><\/p>\n<p>Xabaringiz bor, kelgusi yili buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini sizlar bilan keng nishonlaymiz.<\/p>\n<p>Yoshlarimizga hazrat Navoiy ijodini chuqur o&#8217;rgatishni tizimli yo&#8217;lga qo&#8217;yish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil` ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish kerak. Bu masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o&#8217;zbek tili va adabiyoti universiteti rahbarlari mas&#8217;ul etib belgilanadi.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda, kelgusi yili biz atoqli shoir va adiblarimiz Abdulla Oripov, O&#8217;tkir Hoshimov, buyuk san&#8217;atkor Botir Zokirovning yubiley sanalarini ham keng nishonlaymiz.<\/p>\n<p>Bu borada belgilangan tadbirlarni xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning xotirasida yorqin iz qoldiradigan darajada, chinakam adabiyot va san&#8217;at bayramlari sifatida o&#8217;tkazishimiz kerak. Shu maqsadda, \u201cAbdulla Oripov izdoshlari\u201d, \u201cO&#8217;tkir Hoshimov asarlari bilimdoni\u201d, \u201cBotir Zokirov san&#8217;ati davomchilari\u201d ko&#8217;rik-tanlovlarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etib, g&#8217;oliblarni munosib taqdirlash zarur.<\/p>\n<p>Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, mahalliy hokimliklar mazkur tadbirlarni yuqori darajada o&#8217;tkazish choralarini ko&#8217;rishi lozim.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli do&#8217;stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Jahon tarixi shundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizatsiya, yangi Uyg&#8217;onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi. Biz ham yangi Renessansning ilk qadami sifatida Toshkent shahrida zamonaviy, muhtasham kutubxona barpo etsak, nima deysizlar?<\/p>\n<p>Bu ma&#8217;rifat saroyi ilm-fanning so&#8217;nggi yutuqlari asosida jihozlanadi. Bu dargohda yurtimiz va jahondagi eng nodir, noyob va bebaho asarlar jamlanadi. U buyuk ajdodlarimizning boy merosi va nomlarini butun dunyoga tarannum etadigan, barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda, siz, qadrli farzandlarimiz uchun chinakam ziyo maskaniga, g&#8217;urur va iftixorimiz ramziga aylanadi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz yoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mana, yaqinda mamlakatimizning sport hayotida quvonchli yangilik bo&#8217;ldi. Osiyo Olimpiya Kengashining qaroriga ko&#8217;ra, 2025 yilda Yoshlar o&#8217;rtasidagi Osiyo o&#8217;yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Bu musobaqada Osiyo qit&#8217;asidagi 45 ta davlat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo&#8217;yicha o&#8217;zaro bellashadilar. Bunday nufuzli xalqaro sport o&#8217;yinlarining O&#8217;zbekistonda birinchi marotaba o&#8217;tkazilishi barchamizga faxr-iftixor bag&#8217;ishlaydi, albatta. Shu bilan birga, u bizga g&#8217;oyat katta mas&#8217;uliyat ham yuklaydi. Mana, sizlar kabi navqiron va azamat yoshlarning o&#8217;z kuch va mahoratini<\/p>\n<p>ko&#8217;rsatib, Vatanimiz bayrog&#8217;ini yuksaklarga ko&#8217;tarishlari uchun yana bir zo&#8217;r imkoniyat!<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan ushbu sport bayramini yuqori saviyada o&#8217;tkazish va unga iqtidorli yoshlarimizni tayyorlashga hozirdanoq kirishishimiz lozim. Shu maqsadda, Osiyo o&#8217;yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo&#8217;yicha tuman, shahar, viloyat va respublika chempionatlari, \u201cHokim kubogi\u201d musobaqalarini tashkil etish kerak.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi ushbu masala bo&#8217;yicha tegishli qaror loyihasini ikki oy muddatda tayyorlab kiritsin.<\/p>\n<p>Yurtimizda yosh avlodning jismoniy va ma&#8217;naviy yetuk bo&#8217;lib ulg&#8217;ayishi, jumladan, ularning bo&#8217;sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida \u201cSog&#8217;lom turmush tarzi\u201d elektron platformasi ishlab chiqilmoqda. Hududlarda piyoda va velosipedda yurishga mo&#8217;ljallangan \u201cSalomatlik yo&#8217;laklari\u201d barpo etilmoqda.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda mahallalarda tashkil etilgan sport maydonchalari yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bu ishlarni yanada rivojlantiramiz. Ayni paytda, maktab sport zallaridan darsdan tashqari vaqtlarda ham unumli foydalanish choralari ko&#8217;riladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab yoshlar o&#8217;rtasida har yili \u201cJismoniy tayyorgarlik darajasi\u201d sport sinovlarini o&#8217;tkazish tizimi yo&#8217;lga qo&#8217;yiladi. Ushbu sinov talablarini bajarganlarga sport razryadlari beriladi, muddatli harbiy xizmatga borish va \u201cTemurbeklar maktabi\u201dga kirishda imtiyozlar joriy etiladi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, mana shunday sinovlarda toblanib, irodasi chiniqqan farzandlarimiz jismoniy va ma&#8217;naviy jihatdan barkamol insonlar bo&#8217;lib voyaga yetadi.<\/p>\n<p>Bir paytlar \u201cVatanparvar\u201d tashkiloti yoshlarga nafaqat harbiy sohada, balki katta hayotda ham zarur bo&#8217;ladigan musobaqa va sport o&#8217;yinlarini tashkil etardi, ularni texnik kasblarga o&#8217;rgatardi. Shu sababli, yigit-qizlarimiz o&#8217;rtasida unga qiziqish yuqori edi. Afsuski, keyingi paytlarda uning faoliyati susayib ketdi. Tashkilotning avvalgi nufuzini tiklashimiz zarur.<\/p>\n<p>Shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlariga, har bir hudud va soha kesimida \u201cVatanparvar\u201d tashkiloti bazasida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo&#8217;lgan kasblarga o&#8217;qitish vazifasi topshiriladi.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz farzandlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda, yana bir muhim masalaga e&#8217;tibor qaratishingizni istardim. Men bu o&#8217;rinda yoshlar ma&#8217;naviyati bilan bog&#8217;liq ayrim muammolarni nazarda tutyapman.<\/p>\n<p>O&#8217;zingiz guvohsiz, jahonning ko&#8217;plab mintaqalarida hamon keskin vaziyat saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Turli nizo va ziddiyatlar avj olmoqda.<\/p>\n<p>Hozir butun dunyoda terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlar Internet makoniga kirib, moslashib olgan. Shuning uchun ularga qarshi kurashish oson kechmayapti.<\/p>\n<p>Afsuski, ba&#8217;zi yoshlarimizda Internetdan to&#8217;g&#8217;ri foydalanish ko&#8217;nikma va madaniyati yetarli emas.<\/p>\n<p>Ayrim yigit-qizlar Internetni axborot, bilim va ma&#8217;rifat manbai deb emas, balki shunchaki ko&#8217;ngilochar vosita deb bilishadi.<\/p>\n<p>Mana shunday mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarimiz sezgir va ogoh bo&#8217;lishi, har bir masalada avvalo Vatan manfaatini o&#8217;ylab ish tutishi zarur.<\/p>\n<p>Ilm-ma&#8217;rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma&#8217;naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, ezgu qadriyatlarga sadoqat kabi fazilatlar azaldan xalqimiz va millatimizning qonida bo&#8217;lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak.<\/p>\n<p>Shu o&#8217;rinda, men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo&#8217;lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da&#8217;vat etaman.<\/p>\n<p>Qanchalik qiyin bo&#8217;lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo&#8217;yicha o&#8217;zimizga xos va ta&#8217;sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg&#8217;unchi va zararli g&#8217;oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma&#8217;naviy qashshoqlik, iste&#8217;molchilik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo&#8217;lishingiz kerak.<\/p>\n<p>Xalqimizning ma&#8217;naviy qudrati va boqiy qadriyatlarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qadrli yosh do&#8217;stlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini to&#8217;laqonli ro&#8217;yobga chiqarish uchun bundan keyin ham barcha resurs va imkoniyatlarni keng safarbar qilamiz. Biz uchun bu borada mayda masalaning o&#8217;zi yo&#8217;q. Sizlarning kelajagingiz bilan bog&#8217;liq har qanday vazifa \u2013 birlamchi ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha \u2013 hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur.<\/p>\n<p>Bundan buyon barcha darajadagi rahbarlar faoliyatiga yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirgan ishlariga qarab baho beriladi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, yana bir bor takrorlayman. Yoshlar tarbiyasi bilan, ularning muammolarini yechish bilan bugun shug&#8217;ullanmasak, ertaga kech bo&#8217;ladi. Bu, avvalo, yosh avlodimizga nisbatan xiyonat bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi: \u201cBugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga yoshlar manfaati uchun yana nimalar qilishim kerak?\u201d degan savollarga javob beradigan, shunday e&#8217;tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi. Yosh avlodimiz hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro&#8217;yobga chiqarish haqida bosh qotirmaydigan, bu masalaga beparvo bo&#8217;lgan rahbarlarning biz bilan yelkadosh va safdosh bo&#8217;lishga haqqi yo&#8217;q.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz farzandlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang!<\/p>\n<p>Yurtning yuksak ishonchi va umidini to&#8217;la oqlash, unga munosib bo&#8217;lish \u2013 dunyodagi eng ulug&#8217; baxtdir.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Shunday sharaf, barchangizga nasib etsin!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Fursatdan foydalanib, Yangi yilda sizlarga sihat-salomatlik, ulkan yutuq va zafarlar tilayman.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hamisha sog&#8217;-omon bo&#8217;ling, aziz bolalarim!<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING O&#8217;ZBEKISTON YOSHLARI FORUMIDA SO&#8217;ZLAGAN NUTQI 26.12.2020 yil Hurmatli forum ishtirokchilari! Qadrli yoshlar! &nbsp; Sizlar bilan bugun mamlakatimizda birinchi bor o&#8217;tkazilayotgan O&#8217;zbekiston yoshlari forumida uchrashib turganimdan g&#8217;oyat xursandman. Ushbu muhtasham zalda to&#8217;plangan, shuningdek, shahar va tumanlardagi studiyalarda o&#8217;tirgan faol va tashabbuskor o&#8217;g&#8217;il-qizlarimizni, butun mamlakatimiz yoshlarini bugungi anjuman bilan chin qalbimdan samimiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1113,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1112"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1112"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1115,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1112\/revisions\/1115"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1113"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}