{"id":1136,"date":"2020-12-29T12:56:37","date_gmt":"2020-12-29T07:56:37","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1136"},"modified":"2020-12-29T12:56:37","modified_gmt":"2020-12-29T07:56:37","slug":"prezident-2021-yil-nomini-elon-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1136","title":{"rendered":"Prezident 2021 yil nomini e&#8217;lon qildi"},"content":{"rendered":"<div class=\"outer-wrapper\">\n<div class=\"wrapper\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"single-layout\">\n<div class=\"single-layout__center\">\n<div class=\"single-header\">\n<div class=\"single-header__title\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga \u201cYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u201d deb nom berishni taklif qildi.<\/strong><\/div>\n<\/div>\n<div class=\"single-content\">\n<div class=\"main-img\">\n<div class=\"main-img__caption\">\u00abBarchangizga ma&#8217;lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O\u2018zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to\u2018ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, \u201cYangi O\u2018zbekistonda erkin va farovon yashaylik!\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida keng bayram qilamiz.<\/div>\n<\/div>\n<p>Bugun kelgusi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida e&#8217;tibor qaratamiz, albatta.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash kerakki, pandemiya barchamizga tibbiyotning birlamchi bo\u2018g\u2018ini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qilish muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan \u201cpandemiyaning navbatdagi to\u2018lqini\u201d va u bilan bog\u2018liq xavf-xatarlar hammamizni yanada hushyor va ogoh bo\u2018lishga undamoqda.<\/p>\n<p>Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining \u201cTiriklik hikmatini sog\u2018liqda, deb bilgin\u201d, degan chuqur ma&#8217;noli so\u2018zlari naqadar to\u2018g\u2018ri ekanini hayotning o\u2018zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.<\/p>\n<p>Shu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilg\u2018or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga ko\u2018tarishimiz zarur.<\/p>\n<p>Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini keng targ\u2018ib etish \u2013 eng ustuvor yo\u2018nalishlardan biri bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta&#8217;minlaydigan yosh avlodning sog\u2018lom va barkamol bo\u2018lib voyaga yetishi hal qiluvchi o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Shu sababli biz islohotlarimiz ko\u2018lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.<\/p>\n<p>Biz o\u2018z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug\u2018 maqsadni qo\u2018ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug\u2018beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.<\/p>\n<p>Bunda, avvalo, ta&#8217;lim va tarbiyani rivojlantirish, sog\u2018lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g\u2018oyamizning asosiy ustunlari bo\u2018lib, xizmat qilishi lozim.<\/p>\n<p>Ushbu maqsad yo\u2018lida yoshlarimiz o\u2018z oldiga katta marralarni qo\u2018yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko\u2018mak berish \u2013 barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo\u2018lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro\u2018yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda, \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2013 maktab ostonasidan, ta&#8217;lim-tarbiya tizimidan boshlanadi\u201d, degan g\u2018oya asosida keng ko\u2018lamli islohotlarni amalga oshiramiz.<\/p>\n<p>Birinchidan, yosh avlodga bog\u2018cha, maktab va oliygohda sifatli ta&#8217;lim-tarbiya berishni yo\u2018lga qo\u2018yamiz, ular jismoniy va ma&#8217;naviy sog\u2018lom, vatanparvar insonlar bo\u2018lib ulg\u2018ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo\u2018lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.<\/p>\n<p>Uchinchidan, o\u2018g\u2018il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo\u2018lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018rgatish, ularda tadbirkorlik ko\u2018nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro\u2018yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta&#8217;minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/T9jQApga_DHr9bCFsDGAKz8538Kp7n49.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"533\" \/><\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda, bola tug\u2018ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo\u2018lgan davrda uni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o\u2018rin topishi uchun ko\u2018mak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.<\/p>\n<p>Dunyo tajribasi shuni ko\u2018rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o\u2018n, yuz barobar ko\u2018p foyda keltiradi.<\/p>\n<p>Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino bundan ming yil oldin, \u201cDovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo\u2018ladigan qiyinchiliklardan qo\u2018rqmaydi\u201d, deb bejiz aytmagan.<\/p>\n<p>Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Chilonzor tumanida bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvlarda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va tashabbuslar meni juda quvontirdi. Ayniqsa, kuni kecha\u00a0 Yoshlar forumida o\u2018g\u2018il-qizlarimizning yonib turgan ko\u2018zlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko\u2018rib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim.<\/p>\n<p>Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoshlar aynan shu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin bo\u2018ldim.<\/p>\n<p>Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko\u2018ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g\u2018ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko\u2018zlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi O\u2018zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.<\/p>\n<p>Ana shu muhim yo\u2018nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko\u2018tarish maqsadida, kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda \u00abYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u00bb, deb nom berishni taklif etaman\u00bb, dedi davlat rahbari.<\/p>\n<p>Taklif bir ovozdan qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<blockquote><p>\u00abUshbu taklifni qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. [Yangi yilga] nom berish juda og\u2018ir&#8230; Kelgusi yilga nom berish bo\u2018yicha ko\u2018pdan beri tayyorgarlik ko\u2018rdik. Yoshlarimizga bo\u2018lgan e&#8217;tiborimiz, joylardagi mahalliy kengashlarda, mahalliy rahbarlar, umuman, butun mana shu muhit yoshlarga e&#8217;tibor qilish zarurligini yana bir marta ko\u2018rsatdi. Ikkinchidan, pandemiya paytida aholi salomatligini mustahkamlash bo\u2018yicha boshlagan katta-katta ishlarimizni agar bugun davom ettirmasak, pandemiya ko\u2018ndalang qo\u2018ygan katta-katta muammolarni bugun hal qilmasak, ertaga kech bo\u2018ladi. Pandemiya paytida uzoq-uzoq qishloqlardagi odamlarimiz \u2013 hammamiz mana shu kamchiliklar, muammolardan qiynaldik. Sarosimaga tushganimiz yo\u2018q, lekin qiynaldik va ko\u2018plab muammolarimiz bilindi&#8230;<\/p>\n<p>Yoshlar bo\u2018yicha forumda ham katta-katta masalalar aytildi. Yoshlarga shunday imkoniyat yaratishimiz kerakki, O\u2018zbekistonning kelajagini buyuk qilish uchun ular hamma narsaga qodir ekaniga hammamiz guvoh bo\u2018lib turibmiz\u00bb, deya ta&#8217;kidlagan Shavkat Mirziyoyev.<\/p><\/blockquote>\n<p>Ma&#8217;lumot uchun, O\u2018zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo\u2018nalishlarini ifoda etadigan nom berish an&#8217;anaga aylangan. 1997\u20142020 yillar oralig\u2018ida yillarga quyidagicha nom berilgan:<\/p>\n<ul>\n<li>2020 yil \u2013 Ilm-ma&#8217;rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili<\/li>\n<li>2019 yil \u2014 Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili<\/li>\n<li>2018 yil \u2014 Faol tadbirkorlik, innovatsion g\u2018oyalar va texnologiyalarni qo\u2018llab-quvvatlash yili<\/li>\n<li>2017 yil \u2014 \u00abXalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili\u00bb<\/li>\n<li>2016 yil \u2014 Sog\u2018lom ona va bola yili<\/li>\n<li>2015 yil \u2014 Keksalarni e&#8217;zozlash yili<\/li>\n<li>2014 yil \u2014 Sog\u2018lom bola yili<\/li>\n<li>2013 yil \u2014 Obod turmush yili<\/li>\n<li>2012 yil \u2014 Mustahkam oila yili<\/li>\n<li>2011 yil \u2014 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili<\/li>\n<li>2010 yil \u2014 Barkamol avlod yili<\/li>\n<li>2009 yil \u2014 Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili<\/li>\n<li>2008 yil \u2014 Yoshlar yili<\/li>\n<li>2007 yil \u2014 Ijtimoiy himoya yili<\/li>\n<li>2006 yil \u2014 Homiylar va shifokorlar yili<\/li>\n<li>2005 yil \u2014 Sihat-salomatlik yili<\/li>\n<li>2004 yil \u2014 Mehr va muruvvat yili<\/li>\n<li>2003 yil \u2014 Obod mahalla yili<\/li>\n<li>2002 yil \u2014 Qariyalarni qadrlash yili<\/li>\n<li>2001 yil \u2014 Onalar va bolalar yili<\/li>\n<li>2000 yil \u2014 Sog\u2018lom avlod yili<\/li>\n<li>1999 yil \u2014 Ayollar yili<\/li>\n<li>1998 yil \u2014 Oila yili<\/li>\n<li>1997 yil \u2014 Inson manfaatlari yili<\/li>\n<\/ul>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga \u201cYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u201d deb nom berishni taklif qildi. \u00abBarchangizga ma&#8217;lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O\u2018zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to\u2018ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, \u201cYangi O\u2018zbekistonda erkin va farovon yashaylik!\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida keng bayram qilamiz. Bugun [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1137,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7,1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1136"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1136"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1136\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1138,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1136\/revisions\/1138"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1137"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1136"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1136"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1136"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}