{"id":1142,"date":"2020-12-30T17:12:13","date_gmt":"2020-12-30T12:12:13","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1142"},"modified":"2020-12-30T17:13:44","modified_gmt":"2020-12-30T12:13:44","slug":"prezident-qanchalik-qiyin-va-murakkab-bolmasin-demokratik-islohotlar-yolidan-hech-qachon-ortga-qaytmaymiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1142","title":{"rendered":"Prezident: Qanchalik qiyin va murakkab bo&#8217;lmasin, demokratik islohotlar yo&#8217;lidan hech qachon  ortga qaytmaymiz"},"content":{"rendered":"<div class=\"wrapper\">\n<div class=\"inner_wrapper\">\n<div class=\"container nopade\">\n<div class=\"col-md-9\">\n<div id=\"print\" class=\"wrap_in\">\n<div class=\"all_news_list news_detail\">\n<div id=\"speechArea\" class=\"text-justify\">\n<p><span class=\"date\"> 29.12.2020 yil<\/span><\/p>\n<p><strong>Aziz va muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko&#8217;ra, pandemiya xavfi hali uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Demak, insoniyat boshidagi sinovlar yana qancha davom etishi noma&#8217;lum.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkiloti, nufuzli ekspertlar prognoziga ko&#8217;ra, pandemiya butun dunyoda inqirozli holatlar, ijtimoiy keskinlik, qashshoqlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin.<\/p>\n<p>Barchamizga ayonki, pandemiyadan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi albatta o&#8217;zgaradi.<\/p>\n<p>To&#8217;plangan tajriba shuni ko&#8217;rsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga, bir yoqadan bosh chiqarib yashaydigan aholiga ega bo&#8217;lgan davlatlar pandemiyaning keng tarqalish xavfini o&#8217;z vaqtida bartaraf etishga qodir bo&#8217;ladi. Buni O&#8217;zbekistonning pandemiya davridagi kurash tajribasi ham isbotlab turibdi.<br \/>\nLekin erishgan natijalarimizga mahliyo bo&#8217;lmasdan, jahondagi vaziyatga sergaklik bilan qarab, barchamiz \u2013 kim bo&#8217;lishimiz, qaysi vazifada ishlashimizdan qat&#8217;i nazar, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta&#8217;minlash haqida jiddiy o&#8217;ylashimiz zarur.<\/p>\n<p>Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O&#8217;zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo&#8217;lishini ta&#8217;minlash eng asosiy vazifamiz bo&#8217;lishi shart.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/347e7948-994d-d866-c1d4-25a561346f40.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>Ana shu o&#8217;ta muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy talab davlat va jamiyat institutlari o&#8217;rtasida samarali hamkorlikni ta&#8217;minlash, bu jarayonda natijadorlik va sifatni oshirishdan iborat.<\/p>\n<p>2021 yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida yana bir katta siyosiy voqea \u2013 Prezidentlik saylovi bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>\n<p>Markaziy saylov komissiyasi bo&#8217;lajak saylov milliy qonunchiligimiz va umume&#8217;tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e&#8217;tibor qaratishi lozim.<\/p>\n<p>Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a&#8217;zolarini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo&#8217;yicha tizimli o&#8217;qitish kerak.<\/p>\n<p>O&#8217;tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Bu muhim siyosiy kampaniya yangi O&#8217;zbekiston sharoitida saylovchilarimiz, barcha fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Aziz do&#8217;stlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;ylaymanki, bugungi Murojaatnomada o&#8217;rtaga qo&#8217;yilgan ustuvor vazifalar bo&#8217;yicha parlamentimiz, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, ko&#8217;pni ko&#8217;rgan donishmand nuroniylarimiz, tashabbuskor yoshlarimiz \u2013 keng jamoatchilik o&#8217;z fikr-mulohazalarini bildiradi.<\/p>\n<p>Hukumat bir oy muddatda ana shu ustuvor yo&#8217;nalishlar va vazifalar bo&#8217;yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, 2021 yil Davlat dasturini hamda O&#8217;zbekistonning pandemiyadan keyingi taraqqiyot dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.<\/p>\n<p>Shuni ta&#8217;kidlash kerakki, o&#8217;z oldimizga qo&#8217;ygan marralarga erishish uchun bizda tabiiy resurslar ham, kuch va imkoniyatlar ham, salohiyat ham yetarli.<\/p>\n<p>Ortimizda tog&#8217;dek tayanch va suyanch bo&#8217;lib turgan ko&#8217;pmillatli xalqimiz, hayot yo&#8217;llarida to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l<br \/>\nko&#8217;rsatadigan mo&raquo;tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilg&#8217;or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo&#8217;lmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor.<\/p>\n<p>Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag&#8217;rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/af574ff2-f049-ca13-3a0f-5b4d39fe203b.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta&#8217;minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ko&#8217;makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo&#8217;llab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini ro&#8217;yobga chiqarish \u2013 Prezidentdan boshlab, barcha darajadagi rahbarlarning bosh vazifasi bo&#8217;lmog&#8217;i darkor.<\/p>\n<p>Ana shu o&#8217;ta muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy talab \u2013 davlat va jamiyat institutlari o&#8217;rtasida samarali hamkorlikni ta&#8217;minlash, bu jarayonda natijadorlik va sifatni oshirishdan iborat.<\/p>\n<p>2021 yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea \u2013 Prezidentlik saylovi bo&#8217;lib o&#8217;tadi.<\/p>\n<p>Markaziy saylov komissiyasi bo&#8217;lajak saylov milliy qonunchiligimiz va umume&#8217;tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e&#8217;tibor qaratishi lozim.<\/p>\n<p>Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a&#8217;zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo&#8217;yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish kerak.<\/p>\n<p>O&#8217;tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Bu muhim siyosiy kampaniya yangi O&#8217;zbekiston sharoitida saylovchilarimiz, barcha fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib<br \/>\nborayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Aziz do&#8217;stlar!\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;ylaymanki, bugungi Murojaatnomada o&#8217;rtaga qo&#8217;yilgan ustuvor vazifalar bo&#8217;yicha parlamentimiz, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, ko&#8217;pni ko&#8217;rgan donishmand nuroniylarimiz, tashabbuskor yoshlarimiz \u2013 keng jamoatchilik o&#8217;z fikr-mulohazalarini bildiradi.<\/p>\n<p>Hukumat bir oy muddatda ana shu ustuvor yo&#8217;nalishlar va vazifalar bo&#8217;yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, 2021\u00a0yil Davlat dasturini hamda O&#8217;zbekistonning pandemiyadan keyingi taraqqiyot dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.<\/p>\n<p>Shuni ta&#8217;kidlash kerakki, o&#8217;z oldimizga qo&#8217;ygan marralarga erishish uchun bizda tabiiy resurslar ham, kuch va imkoniyatlar ham, salohiyat ham yetarli.<\/p>\n<p>Ortimizda, tog&#8217;dek tayanch va suyanch bo&#8217;lib turgan ko&#8217;pmillatli xalqimiz \u2013 hayot yo&#8217;llarida to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l ko&#8217;rsatadigan mo&raquo;tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilg&#8217;or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo&#8217;lmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor.<\/p>\n<p>Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag&#8217;rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.<\/p>\n<p>Biz barchamiz \u201cYangi O&#8217;zbekistonda erkin va farovon yashaylik!\u201d degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas&#8217;uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, o&#8217;z orzu-maqsadlarimizga, inshoolloh, erishamiz.<\/p>\n<p>Bugun yaxshi niyatlar bilan juda katta marralarni o&#8217;zimizga belgilab olmoqdamiz. 2021 yilda oldimizda har qachongidan ham zarur, o&#8217;ta muhim vazifalar turibdi.<br \/>\nAlbatta, ularga erishish oson bo&#8217;lmaydi. Hayotimizning turli sohalarida muammo va kamchiliklarimiz ham yetarli. Joylarda ishni to&#8217;g&#8217;ri tashkil etmaslik, ayrim rahbarlarda saviya<br \/>\nva malaka yetishmasligi, byurokratiya, korruptsiya holatlari, loqaydlik va beparvolik kabi nuqsonlar ham borligi sir emas.<\/p>\n<p>Biz bularning barchasini o&#8217;zimizga yaxshi tasavvur etamiz. Yo&#8217;limizda katta g&#8217;ov bo&#8217;lib turgan to&#8217;siqlarni bartaraf etish uchun boshlagan islohotlarimizni og&#8217;ishmasdan davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangi yilda yanada katta safarbarlik ruhida ishlashimizga to&#8217;g&#8217;ri keladi.<\/p>\n<p>Hayot oldimizga yana qancha sinov va muammolarni qo&#8217;yishi mumkin va biz har qanday holatga tayyor turishimiz zarur. Lekin qanchalik qiyin va murakkab bo&#8217;lmasin, demokratik islohotlar yo&#8217;lidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi xalqimiz \u2013 kechagi xalq emas. Bugungi O&#8217;zbekiston ham \u2013 kechagi O&#8217;zbekiston emas.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/0f0d1cf8-b433-ff91-7cef-1fb878333b75.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>El-yurtimiz hozirgi og&#8217;ir sharoitda barcha sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali bo&#8217;lib chiqmoqda. O&#8217;zining hayoti va taqdiri, kelajagi Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas bog&#8217;liq ekanini chuqur his etmoqda.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, o&#8217;z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo&#8217;lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo&#8217;lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo&#8217;lishning o&#8217;zi katta baxt, katta sharafdir.<\/p>\n<p>Barchamizga ana shu ulug&#8217; safda boshqalarga ibrat va namuna bo&#8217;lish, jonajon Vatanimiz,<br \/>\naziz xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish nasib etsin!<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, sizlarni, sizlar orqali barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi \u2013 2021 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, farzandlar, nabiralarning kamolini ko&#8217;rish baxtini tilayman.<\/p>\n<p><strong>Doimo sog&#8217;-omon bo&#8217;ling, katta rahmat sizlarga.<\/strong><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/37f6a7fc-920e-acdc-ab6f-cc3c29fa7960.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/455800a8-0a32-42ed-a799-ef8b13a13daf.jpg\" alt=\"\" \/><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/e6512424-1802-565e-188d-8cd0dcffe4a6.jpg\" alt=\"\" \/><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/5b376b02-f8d7-a4e0-838d-c5e932ee8bc4.jpg\" alt=\"\" \/><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/ea99bde3-d17f-e3e3-5a21-4c52e22e9b98.jpg\" alt=\"\" \/><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/630016aa-56b8-599a-b63a-2ce06079a8e7.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>29.12.2020 yil Aziz va muhtaram vatandoshlar! Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko&#8217;ra, pandemiya xavfi hali uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Demak, insoniyat boshidagi sinovlar yana qancha davom etishi noma&#8217;lum. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog&#8217;liqni saqlash tashkiloti, nufuzli ekspertlar prognoziga ko&#8217;ra, pandemiya butun dunyoda inqirozli holatlar, ijtimoiy keskinlik, qashshoqlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin. Barchamizga ayonki, pandemiyadan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1143,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1142"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1142"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1142\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1147,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1142\/revisions\/1147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1143"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1142"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1142"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1142"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}