{"id":1154,"date":"2021-01-14T15:58:24","date_gmt":"2021-01-14T10:58:24","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1154"},"modified":"2021-01-14T15:58:24","modified_gmt":"2021-01-14T10:58:24","slug":"shavkat-mirziyoyev-vatan-himoyachilari-kuni-munosabati-bilan-bayram-tabrigi-yolladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1154","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo\u2018lladi"},"content":{"rendered":"<div class=\"outer-wrapper\">\n<div class=\"wrapper\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"single-layout\">\n<div class=\"single-layout__center slc\">\n<div class=\"single-header\">\n<div class=\"single-header__title\"><strong>Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.\u00a0<\/strong><\/div>\n<\/div>\n<div class=\"single-content\">\n<p><strong>Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p>Ushbu qutlug\u2018 ayyom tom ma&#8217;nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo\u2018lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azm-u shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag\u2018rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, ana shunday buyuk ma&#8217;naviy qudrat manbai bor ekan, el-yurtimizning tinch va osoyishta hayoti, Vatanimiz mustaqilligiga hech qanday yovuz kuch raxna sololmaydi, demokratik islohotlarimiz yo\u2018lidan hech qachon ortga qaytara olmaydi.<\/p>\n<p>Biz bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan \u2013 o\u2018zining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko\u2018kda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast o\u2018g\u2018lonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan qo\u2018rqmas va haqiqiy vatanparvar askar va ofitserlarning ota-onalariga, shuningdek, harbiy hayotning butun quvonch va tashvishlarini turmush o\u2018rtoqlari bilan baham ko\u2018rib kelayotgan mehribon va sabr toqatli rafiqalariga ulkan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Biz sizlarning timsolingizda milliy armiyamizga tog\u2018dek tayanch bo\u2018lib turgan buyuk ma&#8217;naviy kuchni ko\u2018ramiz. Bugungi ulug\u2018 ayyomda sizlarning ham Vatanimizning mudofaa qudratini oshirishda munosib hissangiz borligini yana bir bor katta mamnuniyat bilan e&#8217;tirof etamiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz bundan to\u2018rt yil oldin O\u2018zbekistonda harbiy qurilish sohasini tubdan isloh qilish bo\u2018yicha eng muhim va ustuvor yo\u2018nalishlarni belgilab olgan edik. Shu asosda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish uchun keng ko\u2018lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p>O\u2018tgan qisqa davrda yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta ko\u2018rib chiqildi, qo\u2018shinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog\u2018 va texnika vositalari bilan ta&#8217;minlash bo\u2018yicha o\u2018ta muhim loyihalar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Tariximizda birinchi marta o\u2018z mohiyatiga ko\u2018ra noyob tizim \u2013 harbiy-ma&#8217;muriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berdi. Eng muhimi, \u201cArmiya va xalq \u2013 bir tan-u bir jondir\u201d degan ulug\u2018 g\u2018oyani amalda ta&#8217;minlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Ana shunday sa&#8217;y-harakatlarimiz natijasida, bugungi kunda O\u2018zbekiston Qurolli Kuchlari respublikamiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishning chinakam kafolati bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Eng asosiysi, milliy armiyamiz har qanday tahdid va xavf-xatarga qarshi munosib zarba bera oladigan el-yurt tayanchi va suyanchiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik va sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylandi.<\/p>\n<p>Albatta, o\u2018tgan 2020 yil jahondagi barcha davlatlar qatori mamlakatimiz uchun ham jiddiy sinovlar yili bo\u2018ldi. Biz koronavirus pandemiyasining tahdidiga, shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kutilmagan tabiiy va texnogen ofatlarga duch keldik.<\/p>\n<p>Ana shunday g\u2018oyat keskin sharoitda Qurolli Kuchlarimiz sohibqiron Amir Temur bobomizning \u201cMillatning dardiga darmon bo\u2018lmoq \u2013 chin vazifangizdur\u201d, degan ezgu da&#8217;vatini o\u2018ziga shior qilib oldi.<\/p>\n<p>Ular xalqimizga yanada yaqin bo\u2018lib, safarbarlikni oshirib, qisqa muddatlarda o\u2018z oldiga qo\u2018yilgan muhim vazifalarni munosib ado etganini barchamiz cheksiz minnatdorlik bilan qayd etamiz.<\/p>\n<p>Ayniqsa, bu jarayonda harbiy shifokor va xizmatchilarimiz, huquq-tartibot organlari va qutqaruv xizmati xodimlari haqiqiy mardlik va jasorat namunasini, yuqori kasbiy mahoratni namoyon etganlari alohida tahsin va e&#8217;tirofga sazovordir.<\/p>\n<p>Bunday murakkab vaziyatda Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasining tashkil etilgani aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish borasida oldimizga qo\u2018yilgan dolzarb vazifalarni tezkor va samarali hal etish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Mintaqamizda yagona bo\u2018lgan ushbu yangi akademiya harbiy tibbiyot sohasida, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan yuqori malakali va ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Akademiyada jahon andozalariga mos innovatsion ishlanmalar hamda ilg\u2018or texnologiyalarga asoslangan o\u2018quv-laboratoriya xonalari va eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Milliy armiyamizning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish bo\u2018yicha qabul qilingan chora-tadbirlar qo\u2018shinlarning jangovar tayyorgarligi, harbiy qudrati va salohiyatini yanada oshirish imkonini berdi.<\/p>\n<p>Pahlavon va botir o\u2018g\u2018lonlarimiz xalqaro harbiy-o\u2018quv mashg\u2018ulotlari, armiya va sport musobaqalarida dunyodagi yetakchi mamlakatlarning harbiy xizmatchilariga aslo bo\u2018sh kelmasdan, g\u2018alabaga bo\u2018lgan irodasini yaqqol namoyish etib, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanini isbotlamoqdalar.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz global iqtisodiy inqiroz ta&#8217;siriga qaramasdan, harbiy xizmatchilarimiz va ularning oila a&#8217;zolarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, harbiy shaharchalarni obodonlashtirish, ularda zamonaviy infratuzilmalar barpo etish bo\u2018yicha tizimli ishlarimizni izchil davom ettiryapmiz.<\/p>\n<p>Harbiy xizmatchilarning oila a&#8217;zolari uchun qo\u2018shimcha ravishda ko\u2018plab yangi ish o\u2018rinlari yaratildi. 3 mingdan ziyod harbiy pensionerlar ishga joylashtirildi. Harbiy xizmatchilarning mingdan ortiq farzandlariga oliy o\u2018quv yurtlarida ta&#8217;lim olishlari uchun davlat grantlari ajratildi.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, \u201cYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u201dda bu boradagi ishlarimizni yanada kuchaytirib, mutlaqo yangi bosqichga ko\u2018taramiz.<\/p>\n<p>Yaqinda bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston Yoshlari forumida, Oliy Majlis va xalqimizga yo\u2018llagan Murojaatnomamizda ham ushbu yo\u2018nalishdagi chora-tadbirlarni aniq belgilab berdik.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonda yosh avlodni jismoniy va ma&#8217;naviy sog\u2018lom, Ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo\u2018lib ulg\u2018ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatimizni to\u2018liq safarbar etamiz.<\/p>\n<p>Jahonda mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan, axborot makonida turli xavf-xatar va tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitda barchamiz doimiy ogoh va sezgir, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo\u2018lishimiz kerak.<\/p>\n<p>Ayniqsa, adashib, yot g\u2018oyalar ta&#8217;siriga tushgan shaxslar va ularning farzandlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni sog\u2018lom turmush tarziga, to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga qaytarishda harbiy xizmatchilarimiz davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli mard va jasur Vatan himoyachilari!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun dunyoning olis va yaqin mintaqalarida murakkab mojaro va to\u2018qnashuvlar davom etayotgan bir paytda jonajon O\u2018zbekistonimizda tinchlik va xavfsizlikni ta&#8217;minlash borasidagi ishlarimizni yanada samarali tashkil etishimiz shart.<\/p>\n<p>Xususan, mudofaa qobiliyatimizni mustahkamlash, qo\u2018shinlarni zamonaviy qurol-yarog\u2018 va texnikalar bilan ta&#8217;minlash, bo\u2018linmalarni boshqarishda axborot texnologiyalarini keng qo\u2018llash, jangovar tayyorgarlik va kasbiy mahoratni oshirish \u2013 bundan keyin ham ustuvor vazifalarimiz bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, birgalikdagi sa&#8217;y-harakatlarimiz bilan ana shunday ezgu maqsad va marralarga erishishga, xalqimizning tinch mehnati, osoyishta hayotini, yurtimizning musaffo osmonini ko\u2018z qorachig\u2018idek asrab-avaylashga har tomonlama qodirmiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan siz, azizlarni va oila a&#8217;zolaringizni yana bir bor chin yurakdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga mustahkam sog\u2018liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas&#8217;uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.<\/p>\n<p>Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo\u2018lsin!<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.\u00a0 Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar! Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1155,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1154"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1154"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1154\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1156,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1154\/revisions\/1156"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1155"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1154"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1154"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1154"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}