{"id":11912,"date":"2024-05-29T17:46:49","date_gmt":"2024-05-29T12:46:49","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=11912"},"modified":"2024-05-29T17:46:51","modified_gmt":"2024-05-29T12:46:51","slug":"jamiyatda-huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatni-yuksaltirishda-ta%ca%bclim-muassasalarining-orni-mavzusida-maqola-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11912","title":{"rendered":"&laquo;Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ta\u02bclim muassasalarining o\u2018rni&raquo; mavzusida maqola chop etildi."},"content":{"rendered":"\n<h3 class=\"wp-block-heading\"><strong>Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ta\u02bclim muassasalarining o\u2018rni<\/strong><\/h3>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ma\u02bclumki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash va qonuniylikni mustahkamlashning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Biroq, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to\u2018sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar sezilarli darajada saqlanib qolayotganligi sir emas.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, dastavval, huquqiy ta\u02bclim va tarbiya borasidagi ishlarni amalga oshirishda suskashtlikka yo\u2018l qo\u2018ymaslik talab etilmoqda. Zero, ko\u2018p yillar davomida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ba\u02bczi organlarining vazifasi sifatida qarab kelindi hamda bunda oila, mahalla va fuqarolik institutlarining ishtiroki yetarlicha ta\u02bcminlanmadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta\u02bcsir ko\u2018rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg\u2018otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning to\u2018liq ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ hujjatlarga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga ega.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta\u02bcsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o\u2018zgarishlar bilan uyg\u2018un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo\u2018yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida <strong><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cJamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniqabul qilindi<\/em><\/strong> va unda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo\u2018lgan bir qator vazifalar ko\u2018rsatib berildi. Bundan tashqari, kuni kecha, ya\u02bcni <strong><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda qabul qilingan \u201cMa\u02bcmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u02bculiyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u201280-son Farmoni<\/em><\/strong>ni ham bu yo\u2018nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida yangi sifat bosqichidagi ustuvor vazifalar uchun huquqiy asos bo\u2018ldi deyish o\u2018rinlidir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mazkur farmonga muvofiq, kelgusida <strong>\u201cMamlakat kelajagi \u2013 qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan\u201d <\/strong>g\u2018oyasi asosida yoshlarda turli salbiy omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida, yoshlarda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissi kuchaytirish, yuridik ta\u02bclim muassasalari talabalari tomonidan yoshlar o\u2018rtasida \u201cTengdoshimga huquqiy yordam\u201d tadbirlari o\u2018tkazib borish, yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etish bilan vazifalar belgilab berildi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Avvalo, huquqiy ong bu \u2013 ijtimoiy ong shakllaridan biridir, ya\u02bcni bu kishilarning huquq, qonunga bo\u2018lgan munosabatlarini ifodalaydigan qarashlari, g\u2018oyalari yig\u2018indisidir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy madaniyat esa \u2013 shaxsning qonun, davlat tomonidan o\u2018rnatilgan tartib-qoidalarga rioya etishdagi xulqi, munosabatini bildiradi. Huquqiy madaniyat kishi umumiy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanib, huquqiy madaniyatli bo\u2018lish uchun qonunga rioya etish, qonun asosida ish tutish lozim. Huquqiy madaniyatlilik nafaqat o\u2018z haq-huquqlarini bilish, uni anglab yetish, balki el-yurtga fidoyilik, halollik, o\u2018zgalar huquqini hurmat qilish, Vatanga sadoqat va ezgu ishlarni hayotiy tamoyilga aylantirib olinganligini ham bildiradi. Huquqiy madaniyatga ega bo\u2018lishda huquqiy ongning o\u2018rni muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy ta\u02bclim va tarbiya jarayonida muayyan shaxsning hayotiy barkamollik sifatlari shakllanadi, jamiyatda mavjud huquqiy ideallarga nisbatan daxldorlik tuyg\u2018usi shakllanadi. Shaxsni huquqiy tarbiyasi jarayonini tashkil etish unda ma\u02bclum ma\u02bcnaviy, ma\u02bcrifiy, ijtimoiy, madaniy, axloqiy va irodaviy fazilatlarni, xislatlarni qaror toptiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Albatta, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning turli uslub va vositalari ko\u2018p. Bunda eng muhim o\u2018rinni ta\u02bclim muassasalarida olib boriladigan ta\u02bclim jarayonlari tashkil etadi. Maktabgacha ta\u02bclim muassasalarida, maktablar, professional ta\u02bclim muassasalari hamda oliy ta\u02bclim muassasalarida davlat ta\u02bclim talablari va davlat ta\u02bclim standartlaridan kelib chiqib huquqiy bilimlar beriladi, bu jarayonda ularga ularning dunyoqarashlarining shakllanish darajalari doirasida, avvalo, konstitutsiyamizda mustahkamlangan me\u02bcyorlarning mazmun-mohiyatini barcha uchun tushunarli tilda mukammal o\u2018rgatish lozim deb o\u2018ylaymiz. Chunki huquqshunoslik ta\u02bclim muassasalaridan tashqari ta\u02bclim muasssasalarida Respublika qonunchiligi haqida batafsil ta\u02bclim berilmasligini hisobga olsak, konstitutsiyadagi me\u02bcyorlar barcha qonunchilik o\u2018zaklarini tashkil qiladi hamda oddiy fuqarolarda qonunchiligimiz haqida muayyan bilimlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farg\u2018ona viloyat yuridik texnikumida o\u2018quvchi-yoshlarga mutaxassislik fanlarini o\u2018qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, amaliyot hodimlari ishtirokida binar dars mashg\u2018ulotlarini tashkillashtirish barobarida o\u2018quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo\u2018llay olish ko\u2018nikmalarini shakllantirish hamda bilimlarini mustahkamlash uchun maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Xususan, Farg\u2018ona viloyat yuridik texnikumining bilimdon va faol o\u2018quvchilaridan tashkil topgan \u201cAdliya qanotlari\u201d volontyorlik guruhlari yoshlarning, o\u2018z tengdoshlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida targ\u2018ibot ishlari olib borishayotganligi, turli huquqiy mazmunda videoroliklar tayyorlashayotganligi, bevosita Farg\u2018ona viloyat adliya boshqarmasi rahbarligi va ko\u2018magi ostida viloyat miqyosida, ya\u02bcni o\u2018zlari yashaydigan tumanlardagi umumiy o\u2018rta ta\u02bclim maktablari, kasb-hunar maktablari hamda kollejlarda \u201cTengdoshdan tengdoshga\u201d shiori ostida huquqiy bilimlarini oshirishlariga ko\u2018maklashib kelishayotganligi, bundan tashqari yuridik texnikumdagi \u201cYuridik klinika\u201d rahbari boshchiligida hamda \u201cMehr ulashib\u201d dasturi doirasida oddiy fuqarolarga, yoshlarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga turli masalalarda, ayniqsa, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar va sharoitlar borasida huquqiy tushuntirishlar berib kelayotganligi ham davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishga oz bo\u2018lsa-da, o\u2018z hissalarini qo\u2018shishga bo\u2018lgan intilishlaridan dalolatdir va bu e\u02bctiborga loyiq, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><strong><em>Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em>\u201cMutaxassislik fanlari\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi, 2-darajali yurist.<\/em><\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><a><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ta\u02bclim muassasalarining o\u2018rni Ma\u02bclumki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash va qonuniylikni mustahkamlashning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Biroq, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to\u2018sqinlik qiluvchi bir qator muammo [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11913,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11912"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=11912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11914,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11912\/revisions\/11914"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/11913"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=11912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=11912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=11912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}