{"id":11917,"date":"2024-05-30T15:29:06","date_gmt":"2024-05-30T10:29:06","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11917"},"modified":"2024-05-30T15:29:07","modified_gmt":"2024-05-30T10:29:07","slug":"qonun-ustuvorligini-taminlash-va-qonuniylikni-mustahkamlashga-qaratilgan-muhim-eksperiment-mavzusida-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11917","title":{"rendered":"\u201cQonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhim eksperiment\u201d mavzusida maqola."},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img1.teletype.in\/files\/0a\/6e\/0a6e7fe6-6245-4c3e-95da-26e8a7b329ca.jpeg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p><a><\/a>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>\ud83d\udd38 Jumladan texnikumning \u201cMutaxassislik fanlari\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi Oxunova Zilolaxon Xasanovnaning \u201c<strong>Qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhim eksperiment<\/strong>\u201d mavzusidagi maqolasi e\u2019lon qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote\">\n<p><a><\/a><strong>Qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhim eksperiment.<\/strong><\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekistonda Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish Prezident SHavkat Mirziyoev 2016-yilda hokimiyatga kelganidan keyin boshlangan muhim jarayondir. Islohotlar doirasida davlat boshqaruvining turli sohalarida, jumladan, ma\u2019muriy islohotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, huquqiy tizimni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar amalga oshirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ma\u2019muriy islohotlar davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va davlat hokimiyati organlari samaradorligini oshirishda muhim rol o\u2018ynaydi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi 269-sonli &laquo;Yangi O\u2018zbekistonda ma\u2019muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida&raquo; gi Farmoni mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mazkur Qaror bilan ixcham, professional boshqaruv tamoyillariga asoslangan va samaradorlikka yo\u2018naltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qo\u2018mitalar, agentliklar va inspektsiyalarni o\u2018z ichiga oladigan yaxlit tizimini shakllantirilgan bo\u2018lib, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo\u2018naltirilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023 yildagi \u201cRespublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo\u2018lga qo\u2018yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201d gi PF-14-sonli farmoni bilan belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bunday islohotlar tartib-taomillarni soddalashtirish, byurokratik jarayonlarni optimallashtirish, davlat hokimiyati organlarining shaffofligi va mas\u2019uliyatini oshirish, shuningdek ko\u2018rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirishni o\u2018z maqsadi qilib qo\u2018ygan. Ushbu chora-tadbirlar qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, iqtisodiyotni rivojlantirish va fuqarolarning qoniqish darajasini oshirishga qaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>So\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ma\u2019muriy islohotlar amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Rejalashtirilgan isloxotlarning asosiy maqsadi qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlash bo\u2018lgan. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga qaratilgan isloxotlarning huquqiy asoslarini shakllantirish davom etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta\u2019lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmaganligi bir necha bor yurtboshimiz tomonidan taqidlab o\u2018tilgan bo\u2018lib, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg\u2018otish ishiga kompleks tarzda yondashilmaganligi e\u2019tirof etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF\u201280-son \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoni huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta\u2019lim va tarbiya borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga, yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan huquqiy asos hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli farmoni bilan Adliya organlariga qo\u2018shimcha 4 ta yangi faoliyat yo\u2018nalishlari belgilangan, 6-ta yangi vazifa yuklatilgan hamda aholi va tadbirkorlik sub\u2019ektlariga davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish sohasida qo\u2018shimcha qulayliklar yaratilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Bu Farmonda belgilangan va kiritilgan yangiliklardan biri davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish sohasidagi noqonuniy ma\u2019muriy hujjatlarini sudgacha ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha huquqiy eksperiment o\u2018tkazilishidir.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonga ko\u2018ra vazirlik va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida apellyatsiya kengashlari tashkil qilinadi, ularga ma\u2019muriy hujjatlarni sudgacha ko\u2018rib chiqib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo\u2018lmagan hujjatlarni o\u2018zgartirish, qisman yoki to\u2018liq bekor qilish to\u2018g\u2018risida qarorlar qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bunday eksperiment o\u2018tkazilishi ma\u2019muriy huquq va ma\u2019muriy sud ish yuritish sohasida muxim axamiyatga ega bo\u2018lgan o\u2018zgarish hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Amaldagi ma\u2019muriy huquq sohasiga oid qonunchilikda ma\u2019muriy xujjatlarni ma\u2019muriy shikoyat tartibida ko\u2018rib chiqish tartibi O\u2018zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 231-moddasining 2024-yil 20-fevralgacha bo\u2018lgan tahririda mavjud bo\u2018lgan va unga ko\u2018ra soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo\u2018yicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin bo\u2018ladi, deb belgilangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Amaldagi O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksning 231-moddasi 1-qismiga muvofiq. soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirililadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Resppublikasining Ma\u2019muriy tartib-taomillar to\u2018g\u2018risidagi qonunning 59-moddasiga ko\u2018ra, ma\u2019muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma\u2019muriy shikoyatiga ko\u2018ra ma\u2019muriy hujjatni qabul qilgan ma\u2019muriy organ, yuqori turuvchi ma\u2019muriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o\u2018zgartirilishi mumkin, deb belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq, har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi deb belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>SHu sababli ham ma\u2019muriy huquq sohasida ma\u2019muriy xujjatlarni ustidan shikoyat berish uchun majburiy ma\u2019muriy tartibni joriy etish fuqarolarni konstitsiyaviy huquqlarini buzadiga degan fikrlar ham mavjud bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Biroq, Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi Prezidentimizning Farmoni bilan eksperiment tariqasida joriy etilgan tartib bilan bunday huquq buzilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>CHunki, noqonuniy ma\u2019muriy hujjatlarini sudgacha ko\u2018rib chiqishda qabul qilingan ma\u2019muriy xujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqi har bir shaxsda saqlanib qoladi va Kosntitutsiyamizning 55-moddasi bilan kafolatlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF-80-sonli farmoni bilan o\u2018tkazilishi belgilangan davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish sohasidagi noqonuniy ma\u2019muriy hujjatlarini sudgacha ko\u2018rib chiqish tartibi birinchi navbatda ma\u2019muriy organlarning mas\u2019uliyatini oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Ikkinchidan, <\/strong>fuqarolarni ortiqcha sansalodirlikdan ozod qiladi. Fuqarolar sudga murojaat qilib uchun ortiqcha xujjat yig\u2018ish bilan ovora bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Uchinchidan, <\/strong>ma\u2019muriy xujjat ustidan shikoyat qilayotgan shaxslarni ortiqcha harajatdan ozod qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>To\u2018rtinchidan, <\/strong>sudga noqonuniy ma\u2019muriy xujjatga nisbatan murojaat qilayotgan shikoyat (ariza) lar soni qisqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Beshinchidan, <\/strong>vazirlik va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida apellyatsiya kengashlari tashkil qilinishi va ma\u2019muriy shikoyatlarni ko\u2018rib chiqish joriy etilishi, apellyatsiya kengashlarini qarorlarini sudda ko\u2018rib chiqilishi davlat hizmatlarini ko\u2018rsatish sohasiga oid qonunchilikni qo\u2018llash bo\u2018yicha yagona amaliyotni shakllantiriradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Eng asosiysi, bu eksperiment nafaqat ma\u2019muriy organlarni mas\u2019uliyatini va faolligini oshiradi, balki, noqonuniy ma\u2019muriy xujjat bo\u2018yicha shikoyat qilgan shaxslarni huquqiy ongi oshiradi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yidagi PF-80-sonli farmoni bilan davlat xizmatlarini ko\u2018rsatish sohasidagi noqonuniy ma\u2019muriy hujjatlarini sudgacha ko\u2018rib chiqish bo\u2018ycha huquqiy eksperimenti natijalari bo\u2018yicha bu tartibni nafaqat davlat hizmatlarini ko\u2018rsatish sohasiga, balki ma\u2019muriy organlarning barcha ma\u2019muriy aktlariga nisbatan qo\u2018llash tartibini joriy etishga asos bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong>\u00abMutaxassislik fanlari\u201dkafedrasi o\u2018qituvchisi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a><strong> Z.X.Oxunova 2-darajali yurist<\/strong><\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><a><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda. \ud83d\udd38 Jumladan texnikumning \u201cMutaxassislik fanlari\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi Oxunova Zilolaxon Xasanovnaning \u201cQonun ustuvorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhim [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11917"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=11917"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11917\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11918,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11917\/revisions\/11918"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=11917"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=11917"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=11917"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}