{"id":11919,"date":"2024-05-31T11:45:21","date_gmt":"2024-05-31T06:45:21","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=11919"},"modified":"2024-05-31T13:57:56","modified_gmt":"2024-05-31T08:57:56","slug":"fuqarolarning-huquqiy-himoyasi-davr-talabi-mavzusidagi-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11919","title":{"rendered":"\u201cFuqarolarning huquqiy himoyasi \u2013 davr talabi\u201d mavzusidagi maqola"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img1.teletype.in\/files\/4f\/46\/4f4679d2-86cd-48fd-bc68-08470da181a3.jpeg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p><a><\/a>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>\ud83d\udd38 Jumladan texnikumning \u201cMutaxassislik fanlari\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi Usmonova Odinaxon Habibjonovnaning \u201c<strong>Fuqarolarning huquqiy himoyasi \u2013 davr talabi<\/strong>\u201d mavzusidagi maqolasi e\u2019lon qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote\">\n<p><a><\/a><strong>Fuqarolarning huquqiy himoyasi \u2013 davr talabi<\/strong><\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p>Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning aholi huquqiy himoyasini oshirishdagi ahamiyati beqiyos. Bu, birinchi navbatda, insonlarning adolat, tenglik, va farovon turmushga ega bo\u2018lishi uchun zarurdir. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy himoyasini ta\u2019minlash, huquqiy bilimlarni o\u2018rgatish, va insonlarning qonuniy va adolatli jamiyatda yashash huquqini ta\u2019minlash bilan bog\u2018liq.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltish, insonlarning qonuniy huquqlaridan foydalanishlarini ta\u2019minlaydi va ularni muhofaza qiladi. Bu, jamiyatda barqarorlik va adolatni kuchaytiradi. Aholi huquqiy himoyasini oshirish, odamlarning ma\u2019naviy va jismoniy xavfsizligini ta\u2019minlashga yordam beradi. Bu esa, o\u2018zgaruvchan dunyodagi o\u2018zgaruvchan muhitda, insonlarning hayot sifatini oshiradi va tinchlik hamda hotirjamlik hissiyotini kuchaytiradi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltish, demokratik jamiyatni rivojlantirish va insoniy g\u2018oyalarini himoya qilishda muhim vazifalardan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Aynan shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2024- yil 24- mayda qabul qilingan Prezident farmoni O\u02bbzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining faoliyatini yanada rivojlantirish, ma\u02bcmuriy islohotlarni amalga oshirish va ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu farmonda bir qator muhim yo\u02bbnalishlar va tadbirlar ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmondagi muhim yo\u02bbnalishlar adliya tizimining yanada rivojlantirilishi va huquqiy muammolarga qaratilgan samarador javobgarlikni ta\u02bcminlashni nazarda tutadi. Bu tadbirlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga muhim ta\u2019sir ko\u2018rsatadi, chunki huquqiy muammolar va adliya sohasidagi yangiliklar davlatning barqarorligi va fuqarolarning adolatli xizmatlardan foydalanishi uchun muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda Adliya vazirligining qo\u02bbshimcha faoliyat yo\u02bbnalishlari belgilangan bo\u2018lib, bu quyidagilarda namoyon bo\u2018ladi. Jumladan, aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish ko\u2018zda tutilgan bo\u2018lib, bu aholining huquqiy bilimlarini oshirish va ularning muammolarini bartaraf etish uchun muhimdir. Bu tadbirlar adliya tizimining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Tizimli muammolarni bartaraf etishning qonunchilik hujjatlari loyihalari muammolarni aniqlash va yechim topishda qonunchilik tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bepul yuridik yordam ko\u02bbrsatish tizimini joriy etish orqali fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishga yordam berish yanada takomillashtiriladi. Yagona huquqni qo\u02bbllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko\u02bbrsatish orqali davlat organlariga va mahalliy hayotda yagona huquqni qo\u02bbllash amaliyotini ko\u02bbrsatish joriy etiladi. Bu aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda adliya bo\u02bblimlariga yangi vazifalar yuklatilgan bo\u2018lib, bu quyidagilarda namoyon bo\u2018ladi:<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>1. \u201cAdliya kuni\u201d tadbirlarini o\u02bbtkazish. Bunday tadbirlarni tashkil etish aholining huquqiy bilimlarini oshirish va muammolarni hal etishga yordam beradi. Aholi va adliya organlari o\u2018rtasidagi ayrim to\u2018siqlarni bartaraf etilishini ta\u2019minlaydi va bu orqali jamiyat taraqqiyotiga to\u2018siq bo\u2018layotgan ba\u2019zi qonun buzilishlar barham topadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>2. Uyma-uy yurish va \u201cHuquqiy ko\u02bbmak\u201d aksiyalari. Uyma-uy yurish va &laquo;Huquqiy ko\u2018mak&raquo; aksiyalari orqali fuqarolarning huquqiy muammolari bartaraf etilishiliga yordam beriladi. Aholining huquqiy ongi yetarli bo\u2018lmagan qatlamining muammolari o\u2018rnida o\u2018rganiladi va bartaraf etilishi ta\u2019minlanadi. Shu bilan bir qatorda bunday aholi qatlamiga kerakli huquqiy maslahatlar berish orqali ularning huquqiy ongini o\u2018stirishga erishiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ushbu farmondagi tadbirlar O\u02bbzbekiston Respublikasi adliya tizimini yanada rivojlantirish va huquqiy muammolarni bartaraf etishda samarali ishlarni amalga oshirishni ta\u2019minlaydi. Bu esa davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir, chunki huquqiy muammolar va adliya sohasidagi yangiliklar davlatning barqarorligi va fuqarolarning adolatli xizmatlardan foydalanganligi uchun muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda yoshlar orasida huquqiy immunitetni shakllantirish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratilgan bo\u2018lib, bu orqali yoshlar orasida huquqiy ongni oshirish, qonunlarga hurmatni kuchaytirish va vatanparvarlik hissini uyg\u02bbotish maqsad qilingan. Bu yondashuv yosh avlodning mamlakat kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytiradi. Yuridik ta\u02bclim muassasalari talabalari tomonidan yoshlar o\u02bbrtasida o\u02bbtkaziladigan \u201cTengdoshimga huquqiy yordam\u201d tadbirlari huquqiy bilimlarni oshirish va tengdoshlariga yordam berish imkonini yaratadi. Shuningdek, farmonda onlayn huquqiy savodxonlik maktabi tashkil etish nazarda tutilgan. Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ushbu onlayn maktab yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni qo\u02bbllashga o\u2018rgatadi, huquqiy sohada AKTni qo\u2018llash malakasini shakllantirishga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Adliya vazirligining huquqni qo\u02bbllash amaliyotini o\u02bbrganish va metodik ta\u02bcminlash dasturi va yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid muhim yo\u02bbnalishlar belgilanmoqda. Ushbu yo\u2018nalishlarning huquqiy muammolarni bartaraf etish va adliya tizimini rivojlantirishdagi roli katta.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqni qo\u02bbllashdagi muammolarni bartaraf etish uchun har yili o\u02bbrganish va metodik ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha manzilli va tematik tahliliy o\u02bbrganishlar dasturi ishlab chiqiladi. Bu, huquqni qo\u02bbllashdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda yordam beradi, shuningdek, adliya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish uchun juda muhimdir. Mazkur masalaga oid uslubiy qo\u02bbllanmalar ishlab chiqish va Lex.uz sayti faoliyatini takomillashtrirish muhim ahamiyatga ega. Farmonga muvofiq uslubiy qo\u02bbllanmalar ishlab chiqilib, Lex.uz saytiga joylashtiriladi, bu esa davlat organlari xodimlariga metodik yordam ko\u02bbrsatishda samarali vosita hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Shu bilan bir qatorda davlat organlarining funksiyalari maqbullashtirilib, ularga ichki hujjatlarning namunalarini tayyorlab berish va xodimlarining malakasini oshirish bo\u02bbyicha chora-tadbirlar ko\u02bbriladi. Bu adliya tizimini samaraliroq qilish uchun muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida urg\u2018u berilgan. Buning uchun malaka oshirish markazlarini birlashtirish belgilanmoqda. Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning malaka oshirish markazlari birlashtirilib, faoliyat doirasi kengaytiriladi, bu esa yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta\u02bcminlashda samaraliroq bo\u02bbladi. TDYU va Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati takomillashtiriladi. Bu muassasalar adliya faoliyati sohalarini ilmiy-metodik va konsultativ jihatdan ta\u02bcminlash bilan shug\u02bbullanadi. Bu yuridik kadrlarnngi o\u2018z sohasi bo\u2018yicha yetuk mutaxassis bo\u02bblishi uchun muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mazkur farmonning yana bir ahamiyatga molik jihati shundaki, huquqni qo\u02bbllash sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar o\u02bbtkazish va huquqiy muammolarni joyiga chiqqan holda ilmiy tadqiq qilish tizimi joriy etiladi. Bu adliya tizimining yangiliklarini o\u02bbrganishda va rivojlantirishda muhim rol o\u02bbynaydi. Shu bilan bir qatorda soha rivojini ta\u2019minlash hamda raqobatbardosh kadrlarga bo\u2018lgan ehtiyojni qondirish maqsadida yuridik litseylar tashkil etish nazarda tutilmoqda. Binobarin, Namangan va Samarqand viloyatlarida yuridik litseylar tashkil etilishi yuridik kadrlarni tayyorlashda qo\u02bbllanilgan resurslarni kengaytiradi. Natijada \u201cMaktab \u2013 litsey \u2013 texnikum \u2013 universitet\u201d tizimi joriy etiladi. \u201cHuquq sinfi\u201d va huquq fanining chuqurlashtirilgan holda o\u02bbqitilishi, yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtiradi va ularga ta\u02bclim berishda samarali faoliyatni ta\u02bcminlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ushbu yo\u02bbnalishlar va tadbirlar adliya tizimini rivojlantirish va huquqni qo\u02bbllash amaliyotini samaraliroq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu huquqiy tizimning barqarorligini ta\u02bcminlash, adolat va huquqni himoya qilishga yo\u02bbl ochadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mazkur farmon ijrosini ta\u2019minlah yuzasidan quyidagicha takliflar berish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>1. Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. Farmon ijrosini ta\u2019minlashda yuridik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish va ularga kengaytirilgan imkoniyatlar berish masalasiga e\u2019tibor qaratish lozim. Bu adliya tizimi mutaxassislarini o\u02bbqitish va soha taraqqiyotini ta\u02bcminlashga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>2. Qonun hujjatlari va ularni qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirish. Farmon ijrosi yuzasidan qonun hujjatlari va ularning qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirishni taqozo etish taklif qilinishi mumkin. Bu huquqni qo\u02bbllashdagi muammolarni bartaraf etish va adliya tizimini rivojlantirishga yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>3. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalasida mahalla fuqarolar yig\u2018ini bilan hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish taklifi kiritilishi mumkin. Bu aholining huquqiy savodxonligini oshirishda yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>4. Yuridik texnikumlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mazkur farmon ijrosini ta\u2019minlash maqsadida \u201cTengdoshimga huquqiy yordam\u201d tadbirlarini texnikum hamda umumta\u2019lim maktablari, kasb-hunar maktablari va litseylar hamkorligida tashkillash yanada samarali natija beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bu takliflar farmon ijrosini ta\u2019minlashda yanada samarali natijaga erishish va fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsadida qo\u02bbllanilishi mumkin<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Xulosa o\u2018rnida aytish mumkinki, ushbu farmon mamlakatda huquqiy madaniyatni oshirish, adliya tizimini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni o\u02bbz ichiga oladi. Bu orqali adliya organlarining samaradorligi oshirilib, aholining huquqiy himoyasi yanada mustahkamlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em><strong>Usmonova Odina Habibovna<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><em><strong>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><em><strong>\u201cMutaxasislik fanlari\u201d kafedrasi o&#8217;qituvchisi,<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em><strong>3-darajali yurist.<\/strong><\/em><\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><a><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda. \ud83d\udd38 Jumladan texnikumning \u201cMutaxassislik fanlari\u201d kafedrasi o\u2018qituvchisi Usmonova Odinaxon Habibjonovnaning \u201cFuqarolarning huquqiy himoyasi \u2013 davr talabi\u201d mavzusidagi maqolasi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11919"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=11919"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11919\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11928,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11919\/revisions\/11928"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=11919"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=11919"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=11919"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}