{"id":11933,"date":"2024-06-03T12:47:49","date_gmt":"2024-06-03T07:47:49","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11933"},"modified":"2024-06-03T12:47:51","modified_gmt":"2024-06-03T07:47:51","slug":"yoshlarning-huquqiy-madaniyatini-oshirish-asosiy-vazifamiz-mavzusidagi-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=11933","title":{"rendered":"Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish-asosiy vazifamiz\u201d mavzusidagi maqola"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/d4\/a1\/d4a10219-3d8d-42e2-968f-dc1139f30c13.jpeg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p><a><\/a>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>\ud83d\udd38 Jumladan Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi direktorining o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha birinchi o\u2018rinbosarining Toshmotova Mahbuba Yursunovnaning \u201cYoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish-asosiy vazifamiz\u201d mavzusidagi maqolasi e\u2019lon qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote\">\n<p><a><\/a><strong>Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish-asosiy vazifamiz<\/strong><\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<p><a><\/a>Barchamizga ma\u2019lumki, joriy yilning 24-may kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-son Farmoni qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ushbu hujjat mamlakatda tizimli ravishda olib borilayotgan islohotlarning uzviyligi va mantiqiyligini ta\u2019minlashga, shuningdek avval belgilangan maqsadlarni yanada samaraliroq bo\u2018lishini ta\u2019minlash va ularning ko\u2018lamini kengaytirishga asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda adliya organlarining qo\u2018shimcha faoliyat yo\u2018nalishlari belgilanganligi bilan bir qatorda adliya muassasalariga ham qo\u2018shimcha vazifalar yuklatildi. Bugun O\u2018zbekistonda har tomonlama shakllangan, zamonaviy tafakkurli yosh avlodni kamolga yetkazish asosiy omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Ta\u2019kidlash joizki, hech qachon ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat bilan ta\u2019lim-tarbiya bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o\u2018rnini to\u2018ldirgan holda rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Yoshlar o\u2018rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish har bir adliya muassasasi xodimining asosiy vazifalaridan biridir. Mazkur jabhadagi muhim vazifa esa yoshlarda huquqiy tarbiya tuyg\u2018usini shakllantirish va huquqiy tarbiyani huquqiy ta\u2019limga uyg\u2018unlashtirishdan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Hozirgi globallashuv davrida huquqiy ta\u2019lim va huquqiy tarbiya masalasi nafaqat professor-o\u2018qituvchilar, olim va mutaxassislarni, balki keng jamoatchilikni, hatto har bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Chunki huquqiy ongi va madaniyati yuksak yoshlar xalq farovonligi va yurt taqdirini o\u2018z taqdiri deb biladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bu jihatdan mamlakatimizda 2024-yilni &laquo;Yoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili&raquo; deb nomlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonda belgilanganidek maktablarda huquq fani o\u2018qituvchilarining kasbiy bilim va ko\u2018nikmalarini uzluksiz oshirib borish, o\u2018quvchilar o\u2018rtasida \u201cHuquq bilimdoni\u201d fan olimpiadasining o\u2018tkazilishi, \u201cHuquq sinfi\u201d va huquqiy fanlar chuqurlashtirilgan holda o\u2018qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda \u201cmaktab-litsey-texnikum-universitet\u201d tizimini joriy etilishi ham yoshlarni maktabdanoq huquqiy bilimlarini yuksaltirishga va kelajakda yetuk mutaxassis bo\u2018lishlariga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Eng zamonaviy huquqiy ilmlar bilan qurollangan, bilim va tafakkuri keng yoshlarsiz Yangi O\u2018zbekistonning kelajagini, jahon hamjamiyatidagi mustahkam o\u2018rnini tasavvur etib bo\u2018lmaydi. Shuning uchun ham barkamol avlodni tayyorlashning asosiy vositasi huquqiy ta\u2019lim tizimini isloh etish jarayonida huquqiy tarbiyaning mazmunini yoshlar ongiga singdirishdir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Shu ma\u2019noda, sifatli huquqiy ta\u2019lim jamiyatdan, hozirgi davrda ro\u2018y berayotgan jarayonlardan tashqarida sodir bo\u2018ladigan oddiy hodisa emas. U o\u2018zida bugungi hayotimizning barcha jabhasida ro\u2018y berayotgan yangilanishlarning asosiy xususiyatlarini aks ettiradi. Demak, bu Yangi O\u2018zbekistonni barpo etayotgan va uni har tomonlama mustahkamlashga harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun tarixiy zarurat xisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Huquqiy ta\u2019lim va tarbiya \u2014 bobolarimiz orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillashtiradigan jarayon desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Muxtaram Prezidentimiz o\u2018zining har bir nutqida yoshlarni tarbiyasi odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir so\u2018z bilan aytganda, tarbiyasi bilan bog\u2018liq masala doimo uni o\u2018ylantirib kelayotganligini alohida to\u2018xtalib, jumladan shunday dedi: \u201cMeni doimo o\u2018ylantiradigan, tashvishga soladigan yana bir dolzarb masala bu \u2013yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, madaniy saviyasi, bir so\u2018z bilan aytganda, tarbiyasi bilan bog\u2018liq\u201d. Shunday ekan, huquqiy ta\u2019lim va huquqiy tarbiya jarayonida ishtirok etayotgan barcha shaxslar \u2013 ota-ona, mahalladan tortib tarbiyachilar, muallimlar va professor-o\u2018qituvchilar yoshlarimizning xilma-xil manbalar orqali yot g\u2018oyalarni aynan huquqiy immunitet orqali yengishlarida ko\u2018makchi bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning uyg\u2018unligi jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O\u2018zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, hayotda aniq maqsadga ega bo\u2018lgan, vatanparvar avlodlarni tarbiyalash imkonini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ayrim yoshlarimizning giyohvandlik va jinoyatchilik yo\u2018liga kirib qolayotgani, oilaviy hayotga mas\u2019uliyatsizlik bilan yondashayotgani, ta\u2019lim va tarbiya jarayonida nuqsonlar mavjudligi, o\u2018quv muassasasi, ota-onalar, keng jamoatchilik, yoshlar tarbiyasiga mas\u2019ul tashkilotlar o\u2018rtasida izchil va samarali hamkorlik yaxshi yo\u2018lga qo\u2018yilmaganidan darak beradi. Shuning uchun ham bugun huquqiy ta\u2019lim va huquqiy tarbiyani kuchaytirish, barkamol avlodni tarbiyalash barchaning \u2014 jamiyatning, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Farmonning 6-bandida \u201cMamlakat kelajagi-qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan\u201d g\u2018oyasi ostida yuridik texnikumlarga ham bir qancha vazifalar yuklatildi. Farmon ijrosini ta\u2019minlash yuzasidan yoshlar o\u2018rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish va ularda qonunlarga hurmatni kuchaytirishga qaratilgan huquqiy targ\u2018ibot tadbirlari, \u201cTengdoshimga huquqiy yordam\u201d tadbirlari, bepul huquqiy o\u2018quv kurslarini joriy etish hamda ta\u2019lim muassasalarida \u201cHuquqiy bilimlar oyligi\u201d va turli seminar-trening va tanlovlarni o\u2018tkazish yuzasidan ham chora-tadbirlar belgilab olindi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Hozirgi kunda bu borada Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, o\u2018quv jarayonlarini amaliyot bilan birga olib borishga katta ahamiyat berilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda \u201cTengdosh-tengdoshga\u201d tamoyili doirasida huquqiy targ\u2018ibot tadbirlari muntazam ravishda o\u2018tkazilib kelinmoqda. Bu esa o\u2018quvchilarimizning o\u2018z ustlarida ko\u2018proq ishlashiga va viloyatimizdagi maktab, litsey va texnikumlarda taxsil olayotgan tengdoshlarining huquqiy tarbiyasini, huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><strong><em>Mahbuba Toshmatova<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em>direktorining o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><em>birinchi o\u2018rinbosari, 2-darajali yurist<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2696\ufe0f O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi \u201cMa\u2019muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas\u2019uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-80-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni mohiyatini yoritish yuzasidan Farg\u2018ona viloyati yiridik texnikumi pedagog-xodimlari tomonidan maqolalar tayyorlanmoqda. \ud83d\udd38 Jumladan Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi direktorining o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha birinchi o\u2018rinbosarining Toshmotova Mahbuba Yursunovnaning \u201cYoshlarning huquqiy madaniyatini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11933"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=11933"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11933\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11934,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/11933\/revisions\/11934"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=11933"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=11933"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=11933"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}