{"id":12002,"date":"2024-09-10T15:12:00","date_gmt":"2024-09-10T10:12:00","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12002"},"modified":"2024-09-10T15:12:02","modified_gmt":"2024-09-10T10:12:02","slug":"rahbarning-xizmatdan-tashqari-vaqtdagi-odob-qoidalariga-rioya-etishi-mavzusidagi-maqola-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12002","title":{"rendered":"&laquo;Rahbarning xizmatdan tashqari vaqtdagi odob qoidalariga rioya etishi&raquo; mavzusidagi maqola chop etildi"},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-group is-vertical is-content-justification-center is-layout-flex wp-container-core-group-layout-2 wp-block-group-is-layout-flex\">\n<div class=\"wp-block-group is-layout-constrained wp-block-group-is-layout-constrained\"><div class=\"wp-block-group__inner-container\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"alignleft size-full is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"591\" height=\"787\" src=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/photo_2024-09-10_14-53-32-1.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-12004\" style=\"width:254px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/photo_2024-09-10_14-53-32-1.jpg 591w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/photo_2024-09-10_14-53-32-1-225x300.jpg 225w\" sizes=\"(max-width: 591px) 100vw, 591px\" \/><\/figure><\/div><\/div><\/div>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading has-text-align-left\"><strong>RAHBARNING XIZMATDAN TASHQARI VAQTDAGI<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading has-text-align-center\"><strong>ODOB QOIDALARIGA RIOYA ETISHI<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>\u201cTanqidiy tahlil, qat\u2019iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik \u2013 har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo\u2019lishi kerak\u201d.<\/strong><\/p>\n<\/div>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; S<\/strong><strong>h<\/strong><strong>vkat Mirziyo<\/strong><strong>y<\/strong><strong>ev<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Har qanday davlatning xalqaro maydondagi mavqei ushbu davlatda qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi qay darajada ta\u044cminlanganligiga qarab belgilanadi. Shu sababli mamlakatimizda ushbu sohani xalqaro standartlarga muvofiq tarzda rivojlantirishga strategik ahamiyatga ega vazifa sifatida qaralmoqda. Sudyaning mustaqilligi, daxlsizligi, ular faoliyatiga aralashishga yo\u2019l qo\u2019yilmasligi davlat tomonidan kafolatlangan, shu bilan birga moddiy va ijtimoiy ta\u2019minot darajasining yuqoriligi odil sudlovga erishish \u2013 qonuniy, asoslangan&nbsp; va adolatli sud qarorlarini chiqarilishining asosiy omillaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mamlakatimizda sud-huquq sohasida bosqichma-bochqich olib borilayotgan islohotlardan ko\u2019zlangan bosh maqsad sudlarning chinakam mustaqilligini ta\u2019minlash, ko\u2019rilayotgan ishlarning sifatini oshirish, tizimda xolis, adolatli, qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishish orqali xalqimizning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirishga qaratilganligi barchamizga yaxshi ma\u2019lum. Zotan, odamlarning davlatga nisbatan ishonchi eng avvalo sudlarga ishonchi ortishi bilan shakllanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi bevosita odil sudlov, ya\u2019ni suddagi adolat tushunchasi haqida so\u2019z yuritsak. Bilamizki, sud qarori faqat va faqat qonunga asoslangan holda, hech qanday hissiyotga berilmasdan, beg\u2019araz va xolislik bilan qabul qilingandagina adolatli qaror hisoblanadi. Shu bilan birga, yana bir jihat borki, sud qarorining adolatli bo\u2019lishi bevosita sudyaning ma\u2019naviyatiga ham chambarchas bog\u2019liq. Chunki adolat va ma\u2019naviyat tushunchalari hamisha yonma-yon yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bois ham keyingi yillarda sudyalarni lavozimga tayinlashda ulardan nainki bilim va hayotiy tajriba, balki yuksak ma\u2019naviyat, jumladan, jamiyatda tutgan o\u2019rni, odob-axloq, vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, benuqson obro\u2019-e\u2019tibor, dunyoqarashi kengligi kabi jihatlar ham bo\u2019lishi ham talab etilayotir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, bugungi kunda sud idoralariga rahbarlik qilayotgan shaxslarning xizmatdan tashqari vaqtdagi odob qoidalariga og\u2019ishmay rioya etishi muhim masalaga aylangan. Aslida ham, nafaqat sudlarda, balki boshqa sohalarda ham rahbarlarda ko\u2019plab ma\u2019naviy fazilatlar bo\u2019lishi zarurligini bugun hayotning o\u2019zi ham taqozo etmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Har qaysi makonda, har qaysi zamonda sudyalik kasbi doimo jamiyat e\u2019tiborida bo\u2019lib kelgan va uning ma\u2019naviy-axloqiy sifatiga nisbatan qat\u2019iy talablar qo\u2019yilib kelingan. Sudyaning kasbiy odob-axloqi yuridik odob-axloqning bir qismi bo\u2019lib, u sudya va protsess ishtirokchilarining ish jarayonida va ishdan tashqari vaqtlaridagi ma\u2019naviy-axloqiy, kasbiy munosabatlariga doir masalalarni o\u2019rganish va rivojlantirish bilan shug\u2019ullanadi. Sudya o\u2019z faoliyatini sudyalar odob-axloqi talablarini bajarmasdan amalga oshira olmaydi, chunki ushbu faoliyat asosini jamiyatda tarixan shakllangan ma\u2019naviy va huquqiy talablar tashkil etadi. SHu bilan birga sudyalar odob-axloqining o\u2019ziga xos tomoni shundaki, unga ixtisoslashuvidan qat\u2019i nazar tuman(shahar) sudyalari, viloyat sudi sudyalari, Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud sudyalari rioya qilishlari shart va majburiydir.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi yillarda sudyalarni lavozimga tayinlashda ulardan nainki bilim va hayotiy tajriba, balki yuksak ma\u2019naviyat, jumladan, jamiyatda tutgan o\u2019rni, odob-axloq, vatanparvarlik, fidoyilik, halollik, benuqson obro\u2019-e\u2019tibor, dunyoqarashi kengligi kabi jihatlar ham bo\u2019lishi ham talab etilayotir.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda sud idoralariga rahbarlik qilayotgan shaxslarning xizmatdan tashqari vaqtdagi odob qoidalariga og\u2019ishmay rioya etishi muhim masalaga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aslida ham, nafaqat sudlarda, balki boshqa sohalarda ham rahbarlarda ko\u2019plab ma\u2019naviy fazilatlar bo\u2019lishi zarurligini bugun hayotning o\u2019zi ham taqozo etayotir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudyaning odil sudlovni amalga oshirish davomida o\u2019z fikrini erkin ifodalash huquqidan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Ammo shu o\u2019rinda ta\u2019kidlash kerakki, sudyaning fikr erkinligi huquqi cheksiz emas, ya\u2019ni har bir rahbar sudya bu borada sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligiga putur yetkazib qo\u2019yishdan ehtiyotkor bo\u2019lishi shart.<\/p>\n\n\n\n<p>Sir emas, mentalitetimizda qarindosh-urug\u2019chilik, oshna-og\u2019aynigarchilik, tanish-bilishchilik kabi jihatlar chuqur ildizlarga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Xususan, yaqin qarindosh, qadrdon, do\u2019st yoki tanish-bilishlarga mehr-oqibat ko\u2019rsatish, turli noqulay vaziyatlarda yordam qo\u2019lini cho\u2019zish, odamgarchilik qilish jamiyatimizda ajoyib fazilat hisoblanadi. Albatta, nainki yaqin qarindosh yoki do\u2019stlarga, balki o\u2019zgalarga ham yaxshilik ulashish, oqibat ko\u2019rsatish yaxshi xislat.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq har qanday ish faoliyatida tanish-bilishchilikka yo\u2019l qo\u2019yilishi yaxshilikka xizmat qilmaydi. Qaysi bir rahbar faoliyati davomida qarindoshi, do\u2019sti yoki tanishiga yon bosdimi, o\u2019sha idorada o\u2019rnatilgan adolat tamoyillariga putur yetadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu masalani nega alohida qayta tilga olmoqdaman? Umuman, qarindoshchilik, tanish-bilishchilik kabi tushunchalar rahbarning xizmatdan tashqari vaqtdagi odob qoidalariga og\u2019ishmay rioya etishi bilan bog\u2019liq masalaga qay darajada daxldor?<\/p>\n\n\n\n<p>Aytaylik, sud raisi o\u2019zi boshqarayotgan idoradagi tashkiliy masalalarni hal etish bilan birga taqsimot asosida sud ishlarini ham olib boradi. Uning qo\u2019liga muayyan nizo yuzasidan bir da\u2019vo ariza kelib tushdi. Ish protsessual tartiblar asosida ma\u2019lum kunga sud majlisi tayinlandi. Shunday deylik, da\u2019vogar yoki javobgarning bevosita o\u2019zi, biror yaqin qarindoshi yoki do\u2019sti sudyaga aloqador shaxs bo\u2019lsa, o\u2019rtadagi \u201cmuloqot zanjiri\u201d yaratilib, sudda ko\u2019rilayotgan ishning natijasini u yoki bu tarafga hal etish yuzasidan iltimoslar qilinishi mumkin. Bunday iltimos o\u2019tinch, yalinish shaklida<br>yoki sudyaning yaqin qarindoshi tomonidan bosim, aralashuv ko\u2019rinishida bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Deylik, sud raisining qo\u2019liga o\u2019zining turmush o\u2019rtog\u2019ining xolasi, ammasi, boringki, yaqin dugonasiga oid nizo kelib tushsa, o\u2019rtadagi do\u2019stlik hurmatidan ayol turmush o\u2019rtog\u2019iga \u201cSHu ishni falon shaklda hal etib bersangiz, asakangiz ketarmidi?\u201d qabilida qovoq-tumshuq qilinishi mumkinmi? Bo\u2019lishi mumkin, ayniqsa, bizning jamiyatda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shunday vaziyatlar o\u2019zini hurmat qilgan, sudyalik qasamyodini bir daqiqa bo\u2019lsin, unutmaydigan rahbar uchun haqiqiy \u201cqilko\u2019prikdan o\u2019tishdek\u201d sinovdir. Albatta, bilim va tajribali, ma\u2019naviyatli, kasbiga sadoqatli, jamiyatga obro\u2019-e\u2019tibori baland bo\u2019lgan rahbarning oila a\u2019zolari ongiga ham \u201coila boshlig\u2019ining suddagi ishlariga aralashmaslik\u201d tushunchasiga avval boshdan singdirib boriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qolaversa, turmush o\u2019rtog\u2019ining ishi murakkab ekanligini, kasbining nozik jihatlarini anglagan ma\u2019naviyatli ayol sudyalik lavozimida o\u2019tirgan turmush o\u2019rtog\u2019ini hech qachon bunday vaziyatda qoldirmaydi. Biroq besh barmoq barobar bo\u2019lmaganidek, yuqoridagi kabi holatlar yuzaga kelishi ham mumkin. Axir inson xatolardan holi emas. SHuning uchun ham sudya yuqoridagi kabi vaziyatlar yuzaga kelishiga yo\u2019l qo\u2019ymasligi, mabodo bu holat paydo bo\u2019lgan taqdirda ham shaxsiy munosabatlarni, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug\u2019chilikni ish faoliyatiga, ayniqsa, sud ishlariga aralashtirmasligi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim rahbarlarda uchraydigan yuqoridagidek kamchilik, illat va qusurlar qachon paydo bo\u2019ladi? Hech ikkilanmay aytish mumkinki, bunday holatlarga ko\u2019pincha uning atrofidagi doimiy muloqotda bo\u2019ladigan odamlar, do\u2019st va ulfatlar davralari ta\u2019sir qilishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqning \u201cDo\u2019stingni ayt, senga kimligingni aytib beraman\u201d degan naqli bejiz emas. Shundan kelib chiqilsa, yaxshi o\u2019qib, bir kasbning boshini tutib, xalqqa qayishaman, el xizmatiga kamarbasta bo\u2019laman, nasib bo\u2019lsa, ertaga biror yuqoriroq rahbarlik pog\u2019onasini egallayman, degan odam avvalo tevarak-atrofidagi o\u2019zi gaplashib yuradigan odamlar, xususan, do\u2019stlarining fe\u2019lu atvorini o\u2019rganib qo\u2019ymog\u2019i zarur.<\/p>\n\n\n\n<p>Zotan, odamiylik fazilatlari, xususan, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik, halollik kabi xislatlardan mosuvo bo\u2019lgan odam u bilan doimo birga yurgan do\u2019stini ham kuni kelib jarlik sari yetaklay boshlaydi. Bunday \u201cdo\u2019stlar\u201d esa sud tizimi vakillari, sudyalar, xususan, sud raislari uchun g\u2019oyat xatarli holatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudya xizmatdan tashqari, ya\u2019ni kundalik turmushi davomida ham doimiy ravishda jamoatchilik diqqat- e\u2019tiborida bo\u2019ladi. Ya\u2019ni jamoatchilik boshqa odamlarga nisbatan sudyaning yurish-turishini, xulq-atvorini sinchkovlik bilan kuzatadi va unga baho beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agarda sudyaning xatti-harakatida uning obro\u2019- e\u2019tiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg\u2019arazligiga shubha tug\u2019diradigan holatlar kuzatilsa, o\u2019z-o\u2019zidan ayonki jamoatchilikda sud hokimiyatiga bo\u2019lgan ishonch yo\u2019qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir muayyan ish misolida tanish-bilishchilikka moyillik qilib, xolislik printsipiga amal qilmagan holda, ishning natijasini u yoki bu shaklda hal etish nafaqat sudyaning adolatlilik va halollik mezonlaridan chetga chiqishiga olib keladi, balki adolatsizlikka guvoh&nbsp; bo\u2019lgan sud majlisi ishtirokchisi \u2013 ishdagi taraflardan birining chin ma\u2019noda sudga bo\u2019lgan ishonchiga putur yetkazadi. Xalqning \u201cbirniki mingga, mingniki tumanga\u201d degan naqlidan kelib chiqilsa, bunday holatlar bora-bora jamiyatda, jamoatchilikda tizimga nisbatan ommaviy ishonch sinishiga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>SHu bois ham tizimda o\u2019z o\u2019rniga ega, halolligi va fidoyiligi bilan sudyalik maqomiga har tomonlama munosib bo\u2019lgan ustozlar bu masalada har qachon o\u2019zining printsipial pozitsiyasini mustahkam ushlab turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudning asosiy vazifasi O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to\u2019g\u2019risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo\u2019riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iboratligini har bir sud raisi va sudya unutmasligi lozim, shuningdek, har bir sud raisi va sudya O\u2019zbekiston Respublikasi Sudyalar odobi kodeksida belgilangan odob-axloq qoidalariga qat\u2019iy rioya etishlari va bundan tashqari qarama-qarshi bo\u2019lgan vaziyatlarni vujudga keltirmasligi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Odob qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo\u2019lgan salbiy omillarni kamaytirilishi birinchi navbatda sudning asosiy vazifasi bo\u2019lmish O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to\u2019g\u2019risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo\u2019riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishiga, fuqarolarning sudga nisbatan ishonchi va hurmatini oshishiga, odil sudlovga erishishga katta xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Farg\u2019ona viloyat sudi sudyasi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Ubaydullaev Dilshodjon Muxiddinovich<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>RAHBARNING XIZMATDAN TASHQARI VAQTDAGI ODOB QOIDALARIGA RIOYA ETISHI \u201cTanqidiy tahlil, qat\u2019iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik \u2013 har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo\u2019lishi kerak\u201d. &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Shvkat Mirziyoyev Har qanday davlatning xalqaro maydondagi mavqei ushbu davlatda qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi qay darajada ta\u044cminlanganligiga qarab belgilanadi. Shu sababli mamlakatimizda ushbu sohani xalqaro standartlarga muvofiq tarzda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12002"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12002"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12005,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12002\/revisions\/12005"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}