{"id":12017,"date":"2024-09-16T14:36:22","date_gmt":"2024-09-16T09:36:22","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12017"},"modified":"2024-09-16T14:36:24","modified_gmt":"2024-09-16T09:36:24","slug":"saylov-jarayoni-bilan-bogliq-umumiy-masalalar-mavzusida-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12017","title":{"rendered":"&laquo;Saylov jarayoni bilan bog\u2018liq umumiy masalalar&raquo; mavzusida maqola"},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-columns is-layout-flex wp-container-core-columns-layout-1 wp-block-columns-is-layout-flex\">\n<div class=\"wp-block-column is-layout-flow wp-block-column-is-layout-flow\" style=\"flex-basis:100%\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"alignleft size-large is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"768\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/\u0423\u0431\u0430\u0439\u0434\u0443\u043b\u043b\u0430\u0435\u0432-\u0418\u043b\u0445\u043e\u043c\u0436\u043e\u043d-768x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-12018\" style=\"width:220px;height:auto\" srcset=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/\u0423\u0431\u0430\u0439\u0434\u0443\u043b\u043b\u0430\u0435\u0432-\u0418\u043b\u0445\u043e\u043c\u0436\u043e\u043d-768x1024.jpg 768w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/\u0423\u0431\u0430\u0439\u0434\u0443\u043b\u043b\u0430\u0435\u0432-\u0418\u043b\u0445\u043e\u043c\u0436\u043e\u043d-225x300.jpg 225w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/\u0423\u0431\u0430\u0439\u0434\u0443\u043b\u043b\u0430\u0435\u0432-\u0418\u043b\u0445\u043e\u043c\u0436\u043e\u043d.jpg 1125w\" sizes=\"(max-width: 768px) 100vw, 768px\" \/><\/figure><\/div>\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\"> <strong>Saylov jarayoni bilan bog\u2018liq umumiy masalalar<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<p>Barchamizga ma\u02bclumki, ayni vaqtda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri, ya\u02bcni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq jarayonlar o\u2018zining qizg\u2018in pallasiga kirgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-left\">Tabiiyki, jamiyat va davlatning taraqqiyoti hamda yorqin kelajagiga befarq bo\u2018lmagan har bir fuqaro o\u2018zining fuqarolik pozitsiyasi mas\u02bculiyatidan kelib chiqib, bu jarayonlarda faol ishtirok etishi, mamlakatimiz va fuqarolarning, yosh avlodning istiqboli uchun deputatlikka munosib nomzodlar hamda partiyalar uchun ovoz berishi muhimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo\u2018lgani kabi davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar hamda bugungi kun talablariga javob beradigan demokratik mexanizmlarni takomillashtirishni ta\u02bcminlashgan qaratilgan juda salmoqli islohotlar amalga oshirildi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n\n\n\n<p>Avvalo, O\u2018zbekiston Respublikasida saylov jarayonlarini tartibga soladigan bir qator qonun hujjatlari takomillashtirilib, yagona kodeks holatiga keltirildi va 2019-yil 25-iyunda O\u2018zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi tahrirda qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII-bobi saylov tizimi deb nomlanib, o\u2018zida saylov tizimi bilan bog\u2018liq konstitutsion normalarni aks ettirgan 128-129-moddalarni o\u2018z ichiga oladi. Yangi O\u2018zbekistonda O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari boshqa har qanday qonun normalardan ustun bo\u2018lib, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri amal qiladi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga asosan O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o\u2018z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saylovlar umumiy, teng va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkaziladi. O\u2018zbekiston Respublikasining o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylanishi mumkin emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og\u2018ir va o\u2018ta og\u2018ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko\u2018ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yoki bilvosita cheklashga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zida bevosita saylov tizimiga oid tartib-qoidalarni aks ettirgan O\u2018zbekiston Respublikasi saylov kodeksining 3-moddasida yuqorida aytib o\u2018tilgan O\u2018zbekiston Respublikasida saylov o\u2018tkazishning asosiy prinsiplari e\u02bctirof etilgan bo\u2018lib, O\u2018zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o\u2018tkaziladi. Mazkur prinsiplarning mazmun-mohiyatini quyidagi qonun normalari orqali izohlash yoki tushunib olish mumkin: ya\u02bcni umumiylik &#8211; O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiy bo\u2018lib, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. O\u2018z navbatida, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e\u02bctiqodi, ijtimoiy mavqei, ma\u02bclumoti, mashg\u2018ulotining turi va xususiyatidan qat\u02bci nazar, teng saylov huquqiga egadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Teng saylov huquqi prinsipi mohiyatini saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo\u2018lishida, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslargina saylanishi mumkin emasligida hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og\u2018ir va o\u2018ta og\u2018ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko\u2018ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkinligida, boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yoki bilvosita cheklashga yo\u2018l qo\u2018yilmasliga ko\u2018rishimiz mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi prinsipining mohiyatini O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanishini nazarda tutuvchi norma yoritib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yashirin ovoz berish prinsipining mazmuni saylovda erkin va yashirin ovoz berilishi, saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi, yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta\u02bcminlanishini e\u02bctirof etuvchi normalarda e\u02bctirof etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko\u2018rish hamda uni o\u2018tkazish saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 129-moddasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o\u2018tkazish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzilishi belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning yangi taraqqiyot bosqichida saylov qonunchiligi va amaliyotiga joriy etilishi nazarda tutilib, Markaziy saylov komissiyasi boshchilik qiladigan markazlashgan saylov komissiyalarining vertikal tizimini tashkil etishning ahamiyati va zarurati haqida fikr bildirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, saylov komissiyalari tizimi takomillashtirilib, bundan buyon mamlakatimizda saylov komissiyalari tizimini \u2013 Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman (shahar) saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyalari, shuningdek uchastka saylov komissiyalari tashkil etishi hamda ushbu vertikal tizimga Markaziy saylov komissiyasi bevosita boshchilik qilishi belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, o\u2018z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saylov komissiyalari fuqarolarni o\u2018z ishi to\u2018g\u2018risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to\u2018g\u2018risida xabardor etadi, saylovchilarning ro\u2018yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro\u2018yxati bilan tanishtiradi, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to\u2018g\u2018risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma\u02bclumotlarni ma\u02bclum qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ommaviy axborot vositalari tomonidan saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o\u2018tayotganligini yoritib borilishi demokratik muhitning yaratilganligi hamda amal qilishining muhim belgisidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Aytib o\u2018tish o\u2018rinli bo\u2018lgan muhim jihatlardan yana biri, O\u2018zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O\u2018RQ-883-son \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o\u2018tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni bilan Saylov kodeksiga bir qator o\u2018zgartishlar kiritildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Albatta ushbu o\u2018zgartirishlarni kiritish jarayonida xorijiy davlatlar saylov qonunchiligi va amaliyotining ijobiy jihatlari o\u2018rganib chiqildi, jumladan, aralash saylov tizimi (majoritar, proporsional) xususida gap ketganda Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Meksika, Rossiya, Tojikiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston kabi davlatlar parlamentlari aralash saylov tizimi bo\u2018yicha shakllanishini ko\u2018rish mumkin. Ya\u02bcni bunda mamlakatimiz saylov tizimiga aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimini joriy etish va shu orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini yangi tizim asosida o\u2018tkazish, bir mandatli saylov okruglari bo\u2018yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko\u2018pining (mutlaq ko\u2018pchilik) emas, balki boshqa nomzodlarga nisbatan ko\u2018proq (nisbiy ko\u2018pchilik) ovozini olgan nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanishini nazarda tutuvchi muhim va dolzarb yangiliklar taklif etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-left\">So\u2018zimiz yakunida kelgusida yurtimizning har tomonlama taraqqiy etib rivojlangan davlat qatoridan o\u2018rin olishi bugungi kun saylovlarida fuqarolarning faol va sobitqadamlik bilan yondashishiga, saylov qonunchiligining yaxshi bilib amal qilishlariga qanchalik bog\u2018liq ekanligini ta\u02bckidlash o\u2018rinlidir.<br><br><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich<\/strong><br>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi    <br>&laquo;Mutaxassislik fanlari&raquo; kafedrasi o\u2018qituvchisi, 2-darajali yurist.\u00a0\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saylov jarayoni bilan bog\u2018liq umumiy masalalar Barchamizga ma\u02bclumki, ayni vaqtda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri, ya\u02bcni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq jarayonlar o\u2018zining qizg\u2018in pallasiga kirgan. Tabiiyki, jamiyat va davlatning taraqqiyoti hamda yorqin kelajagiga befarq bo\u2018lmagan har bir fuqaro o\u2018zining fuqarolik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12017"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12017"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12017\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12019,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12017\/revisions\/12019"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12017"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12017"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12017"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}