{"id":12023,"date":"2024-09-17T17:08:56","date_gmt":"2024-09-17T12:08:56","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12023"},"modified":"2024-09-17T17:09:33","modified_gmt":"2024-09-17T12:09:33","slug":"12023","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12023","title":{"rendered":"&laquo;Saylov byulleteni muhim hujjat&raquo; mavzusida maqola chop etildi"},"content":{"rendered":"\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/93\/e0\/93e024a4-a57c-46a5-8ad1-e589dd8de6d8.jpeg\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong><mark style=\"background-color:rgba(0, 0, 0, 0)\" class=\"has-inline-color has-vivid-cyan-blue-color\">Saylov byulleteni muhim hujjat<\/mark><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlar uchun start berilib, jadal sur\u02bcatlar tashkiliy va targ\u2018ibot ishlari olib borilmoqda. Albatta saylovlar davlat va jamiyat hayotida muhim siyosiy voqelik hisoblanadi. Chunki deputatlikka nomzodlar hamda siyosiy partiyalar kelgusida jamiyat hayotining turli sohalarida yechimini kutib turgan masalalar yoki jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan ilg\u2018or dasturlarini ilgari suradilar.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mamlakatimizda saylov jarayonlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan normativ asoslar, huquqiy mexanizmlar yaratilgan bo\u2018lib, takomillashtirib borilmoqda. Mazkur qonunchilik normalari ushbu saylov jarayonlarini shaffof hamda demokratik ruhda tashkil qilinib o\u2018tkazilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov jarayonlarini shaffof va adolatli o\u2018tishida, xalq o\u2018zi munosib ko\u2018rgan nomzod hamda partiyalarga ovoz berishida saylov jarayonining muhim hujjatlaridan biri saylov byulletenlari alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov kodeksida O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a\u02bczolari va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro\u2018yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalari hamda shakllarini, ularni saqlash, saylov byulletenlarini tayyorlash va saylov uchastkalariga yetkazish tartibini belgilab berishi qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan Saylov kodeksining 5-bobi \u201cSaylov byulleteni\u201d deb nomlanib, mazkur bobda saylov byulletenining mazmuni, saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish berish bilan bog\u2018liq normalar o\u2018z aksini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 31-moddasida&nbsp;saylov byulletenining mazmuniga doir qoidalar belgilangan. Unga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug\u2018ilgan yili va uni nomzod etib ko\u2018rsatgan siyosiy partiya ko\u2018rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo\u2018yicha saylovida saylov byulleteniga unda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi, ramziy belgisi ularning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga muvofiq ketma-ketlikda kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov byulletenining o\u2018zida uni to\u2018ldirish tartibi to\u2018g\u2018risidagi tushuntirish bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov kodeksiga muvofiq saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko\u2018pchiligi so\u2018zlashadigan tillarda nashr etilishi belgilangan . Shunga ko\u2018ra, saylov byulletenlari O\u2018zbekistondagi ko\u2018pchilik aholi so\u2018zlashadigan o\u2018zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to\u2018ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 32-moddasi&nbsp;saylov byulletenlarini tayyorlash va yetkazib berish bilan bog\u2018liq qoidalarni ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ushbu modda talablaridan kelib chiqib aytish mumkinki, saylov byulletenlarini uchastka saylov komissiyalari ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini tuman, shahar va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o\u2018rinbosari yoxud kotibi tegishli hujjatda o\u2018z imzosi bilan tasdiqlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Ma\u02bclumki, saylov jarayonlari mamlakatimiz hududidan tashqarida ham o\u2018tkaziladi va bunda vaqtincha xorijda yashayotgan yoki ishlayotgan O\u2018zbekiston fuqarlari ham ishtirok etadilar. Mazkur vaziyatlarda O\u2018zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma\u02bclumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini ta\u02bcminlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo\u2018yicha ro\u2018yxatlarga kiritilgan saylovchilar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo\u2018lishi mumkin emas. Saylov byulleteni o\u2018ng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a\u02bczosi imzo qo\u2018yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib saylov byulleteni saylov jarayonining muhim rasmiy hujjati ekanligi, uni soxtalashtirish yoki foydalanish tartibini buzish qonunbuzilish holatlarini keltirib chiqarishi mumkinligini ta\u02bckidlash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><strong>Meliboyeva Dilnoza Ergashevna<\/strong><\/p>\n\n\n\n<div class=\"wp-block-group is-layout-constrained wp-block-group-is-layout-constrained\"><div class=\"wp-block-group__inner-container\">\n<p class=\"has-text-align-right\">Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi                                                                                                                                \u201cUmumta\u2019lim fanlar\u201d kafedrasi                                                                                                                 o\u2018qituvchisi, 3-darajali yurist.<\/p>\n<\/div><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saylov byulleteni muhim hujjat Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlar uchun start berilib, jadal sur\u02bcatlar tashkiliy va targ\u2018ibot ishlari olib borilmoqda. Albatta saylovlar davlat va jamiyat hayotida muhim siyosiy voqelik hisoblanadi. Chunki deputatlikka nomzodlar hamda siyosiy partiyalar kelgusida jamiyat hayotining turli sohalarida yechimini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12023"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12023"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12023\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12026,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12023\/revisions\/12026"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12023"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12023"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12023"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}