{"id":12034,"date":"2024-09-20T15:07:42","date_gmt":"2024-09-20T10:07:42","guid":{"rendered":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12034"},"modified":"2024-09-20T15:07:45","modified_gmt":"2024-09-20T10:07:45","slug":"proporsional-saylov-tizimi-nima-mavzusida-maqolasi-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=12034","title":{"rendered":"\u201cProporsional saylov tizimi nima?\u201d mavzusida maqolasi chop etildi."},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq jarayonlar yuzasidan texnikum ARM rahbari O.Xojiraxmatova \u201cProporsional saylov tizimi nima?\u201d mavzusida maqolasi chop etildi.<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylovlar demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo\u2018lib, mamlakatning kelgusida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi taraqqiyotining ko\u2018rsatib beradigan siyosiy jarayondir.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangi demokratik hamda erkin mamlakatni yaratishga qaratilgan keng qamrovli va izchil islohotlar doirasida xalq hokimiyatchiligi konstitutsiyaviy tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta\u02bcminlash, saylov qonunchiligini takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Aynan demokratik va adolatli saylovlar \u2013 bu demokratiyaning juda muhim va zarur shartlaridan hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligiga o\u2018zgartirishlar kiritish hamda takomillashtirish borasida dastlabki qadamlar Yurtboshimiz tomonidan ilgari surildi. Jumladan, O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 6-mart kuni deputatlar bilan uchrashuvda siyosiy partiyalarning rolini oshirish maqsadida aralash saylov tizimiga o\u2018tishni taklif qildi. Mazkur masalalar O\u2018zbekiston Prezidentining 2024-yil 8-may kuni imzolangan \u201cYangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"https:\/\/yuz.uz\/news\/yangi-tahrirdagi-ozbekiston-respublikasi-konstitutsiyasini-amalga-oshirish-boyicha-birinchi-navbatdagi-chora-tadbirlar-togrisida\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">farmonida<\/a> o\u2018z ifodasini topgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Shu o\u2018rinda proporsional saylov tizimi mohiyatini nimadan iborat ekanligi xususida qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tishni maqsadga muvofiq deb o\u2018ylaymiz. Proportsional saylov tizimiko\u2018p mamlakatlarda qo\u2018llaniladigan <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Saylov\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">saylov <\/a>tizizmining bir turi bo\u2018lib, davlat hokimiyati <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/w\/index.php?title=Vakillik_organlari&amp;action=edit&amp;redlink=1\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">vakillik organlari<\/a> hududiy yagona saylov <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Okrug\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">okrugi<\/a> deb e\u2018lon qilinadi. Siyosiy partiyalar va harakatlar, ularning ittifoqlari o\u2018z nomzodlari ro\u2018yxatini ilgari surishadi. Saylovchi siyosiy partiya, harakatlar ularning rahbarlari va a\u2018zolariga bo\u2018lingan munosabatlardan kelib chiqqan holda, shunday ro\u2018yxatlarning biriga ovoz beradi. Bunday holatda g\u2018alaba qozonish saylov uyushmalaring taqdim etgan ro\u2018yxati uchun berilgan ovoz soniga qarab proportsional bo\u2018ladi, ammo ovozlarni hisoblash 5 <em>foiz<\/em> ko\u2018p ovoz yiqqan ro\u2018yxat bo\u2018yicha olib boriladi. <em>(Masalan Rossiyada 5 foiz, Shvetsiyada 4 foiz, Argentinada 3 foiz, Daniyada 2 foiz, Isroilda 1 foizni tashkil qiladi )<\/em>. Saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozining umumiy soni proportsional saylov tizimi bo\u2018yicha deputatlar mandatining umumiy soniga bo\u2018linadi va buning natijasida xususiy saylov degan ma\u2018no hosil bo\u2018ladi. So\u2018ng, har bir nomzod uchun berilgan ovozlar soni xususiy saylovga bo\u2018linadi. Shunday qilib, partiyalar, harakatlar vakillik organida qancha o\u2018rin olganliklarini bilib oladilar. Ro\u2018yxat ichidagi o\u2018rinlarni (mandatni) nomzodlar birinchisidan boshlab navbatga ko\u2018ra oladilar. Agarda ro\u2018yxat <em>markaziy<\/em>qism va <em>mintaqaviy<\/em> guruhlarga taqsimlangan bo\u2018lsa, unda birinchi bo\u2018lib parlamentga markaziy qism nomzodlari o\u2018tishadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mintaqaviy guruhlardan nomzodlar tegishli mintaqada mazkur ro\u2018yxat uchun saylovchilar bergan ovorlarga proportsional bo\u2018lgan holatda o\u2018rinlarni(mandatni) olishadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Proportsional saylov tizimining ijobiy tomonishundaki, saylovchilarning ovozlari yo\u2018qolmaydi, proportsional holatda partiya va harakatlar (faqat 5 foizli yoki boshqa o\u2018rnatilgan chegaralardan o\u2018ta olmaganlar tashqari) vakillik organida mandatga ega bo\u2018ladilar. Bir qator mamlakatlar umumiy nomzodlar ro\u2018yxatiga ovoz berish tizimidan voz kechib, erkin nomzodlar ro\u2018yxatini saylashga o\u2018tganlar. Ushbu tizimda saylovchi partiyalar, harakatlar ro\u2018yxatidan o\u2018zlari xohlagan nomzodni saylash huquqiga va hattoki ro\u2018yxatni to\u2018ldirish huquqiga ega bo\u2018ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mamlakatimizda saylov qonunchiligida amalga oshirilgan islohotlar doirasida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o\u2018tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida saylov tizimiga aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimini joriy etish va shu orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini yangi tizim asosida o\u2018tkazish, bir mandatli saylov okruglari bo\u2018yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko\u2018pining (mutlaq ko\u2018pchilik) emas, balki boshqa nomzodlarga nisbatan ko\u2018proq (nisbiy ko\u2018pchilik) ovozini olgan nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanishini nazarda tutuvchi muhim va dolzarb yangiliklar taklif etildi. Keyinchalik mazkur qonun loyihasi O\u2018zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O\u2018RQ-883-son \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o\u2018tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni deb rasmiy qabul qilindi hamda Saylov kodeksiga tegishli o\u2018zgartishlar kiritildi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Saylov kodeksiga kiritilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarga muvofiq, Qonunchilik palatasi 150 ta deputatlarining 50 foizi, ya\u02bcni 75 nafari avvalgidek mojaritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan saylanishi, qolgan 50 foizi, ya\u02bcni 75 nafari proporsional saylov tizimi qoidalariga ko\u2018ra yagona saylov okrugida partiyalar tomonidan ko\u2018rsatilgan deputatlikka nomzodlar ro\u2018yxati, boshqacha aytganda partiya ro\u2018yxati bo\u2018yicha saylanishi belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Biz uchun mojaritar saylov tizimi tushunarli va bu borada yetarli tajribaga egamiz. Bizni ko\u2018proq proporsional saylov tizimi va uning mohiyati ko\u2018proq qiziqtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Shunday qilib, proporsional saylov tizimining joriy etilishi, siyosiy partiyalarning saylovchilar oldidagi mas\u02bculiyatini yana-da oshishiga olib keladi. Ya\u02bcni, avvalo, har bir siyosiy partiya mamlakat butun hududi bo\u2018ylab tuziladigan Qonunchilik palatasining yetmish beshta bir mandatli okruglari bo\u2018yicha mojaritar saylov tizimi bo\u2018yicha o\u2018tkaziladigan saylovlarda imkon qadar ko\u2018proq deputatlik o\u2018rinlarini qo\u2018lga kiritish uchun raqobatga kirishadi. Tabiiyki, saylovchilar bevosita nomzodga ovoz beradilar. Ikkinchidan, tizim bo\u2018yicha o\u2018tkaziladigan saylovda o\u2018z-o\u2018zidan Qonunchilik palatasining qolgan yetmish beshta deputatlik o\u2018rni uchun ham kurash olib boradilar. Bu jarayonda saylovchilar bevosita nomzodga emas, balki deputatlikka nomzodlarning ro\u2018yxatini taqdim etgan siyosiy partiyaga ovoz beradi. Yuqorida qayd etilganidek, o\u2018z navbatida ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizi va undan ko\u2018proq ovozni to\u2018plagan siyosiy partiyalar, o\u2018zlari to\u2018plagan ovozlar foiziga mutanosib ravishda deputatlik o\u2018rinlarini qo\u2018lga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a><\/a>Mazkur saylov tizimi asosida o\u2018tkaziladigan saylovda siyosiy partiya Oliy Majliq Qonunchilik palatasida deputatlik o\u2018rnini qo\u2018lga kiritishi uchun yetti foizlik to\u2018siqning belgilanishi, xorijiy davlatlar amaliyotida samarali qo\u2018llanib kelinayotgan kelib chiqib, bunday tizimdagi saylovda imkon qadar ko\u2018proq deputatlik o\u2018rinlarini egallashga harakat qilayotgan siyosiy partiya aholi bilan munosabatlarini ta\u02bcsirchan va samarali bo\u2018lishiga harakat qilishi talab etiladi. Demak partiyalar o\u2018z dasturlari orqali xalqni ishonchini qozona olsagina ma\u02bclum bir ovozga ega bo\u2018ladi. Ushbu saylov tizimi Qonunchilik palatasini shakllantirishning yangi zamonaviy tizimini yaratadi va jamiyatimizda siyosiy plyuralizm rivojlanishiga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a><strong>Xojiraxmatova Olmaxon Tursunovna<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a>Farg\u2018ona viloyati yuridik texnikumi<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a>Axborot-resurs markazi rahbari,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><a><\/a>2-\u0434\u0430\u0440\u0430\u0436\u0430\u043b\u0438 \u044e\u0440\u0438\u0441\u0442.<\/p>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><a><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noreferrer noopener\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq jarayonlar yuzasidan texnikum ARM rahbari O.Xojiraxmatova \u201cProporsional saylov tizimi nima?\u201d mavzusida maqolasi chop etildi. Saylovlar demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo\u2018lib, mamlakatning kelgusida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalardagi taraqqiyotining ko\u2018rsatib beradigan siyosiy jarayondir. Yurtimizda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12035,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12034"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=12034"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12034\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12036,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/12034\/revisions\/12036"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/12035"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=12034"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=12034"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=12034"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}