{"id":1338,"date":"2021-02-04T16:28:46","date_gmt":"2021-02-04T11:28:46","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=1338"},"modified":"2021-02-04T16:28:46","modified_gmt":"2021-02-04T11:28:46","slug":"shavkat-mirziyoyev-har-bir-yosh-haqida-ota-onasi-qanday-qaygursa-men-ham-shunday-qayguraman","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=1338","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: \u201cHar bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg\u2018ursa, men ham shunday qayg\u2018uraman\u201d"},"content":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev qishloq xo\u2018jaligi, hunarmandchilik, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko\u2018zdan kechirish maqsadida 4-fevral kuni Farg\u2018ona viloyatiga jo\u2018nab ketgandi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari ko\u2018zdan kechirgan birinchi manzil Oltiariqdagi uzumchilik kooperatsiyasi bo\u2018ldi.<br \/>\nXabarda aytilishicha, ushbu kooperatsiyaning 6 gektarlik tokzori o\u2018rnida ilgari paxtadan 20, g\u2018alladan 25 sentner hosil olinar edi. 2020-yili bu yerda bog\u2018 yaratilib, \u201cxusayni\u201d, \u201ckelin barmoq\u201d, \u201crizamat\u201d navli uzum ko\u2018chatlari ekilgan. Qator oralarida pomidor, bodring, ko\u2018katlar, qalampir va boshqa sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug\u2018orish tizimi joriy qilingan.<\/p>\n<p>Eng muhimi, bu maydon 51 nafar yoshga, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat muhojirlariga ajratib berilgan. Ular plyonka ostiga sabzavotlar ekib, to\u2018rt martagacha hosil olishi mumkinligini aytishdi.<br \/>\n\u201cHar bir yosh haqida ota-onasi qanday qayg\u2018ursa, men ham shunday qayg\u2018uraman. Yoshlarni tezroq ish bilan ta\u2019minlash uchun katta imkoniyatlarimizdan biri hozircha shu. Hayotda o\u2018rnini topgan insonda o\u2018ziga ishonch, intilish paydo bo\u2018ladi. Bugun yoshlarga daromad manbayi yaratib, ish o\u2018rgatib, tetapoya qilsak, 2\u20143 yildan keyin hech kimga qaram bo\u2018lmaydi \u2014 bankda hisob-raqami bo\u2018ladi, uy oladi, yaxshi yashaydi, bolalarini yaxshi tarbiyalaydi\u201d, \u2014 degan Shavkat Mirziyoyev ular bilan suhbatda.<br \/>\nPrezident yoshlarga o\u2018qib-o\u2018rganib, faoliyatini yaxshilash bo\u2018yicha maslahatlar berdi. Shuningdek, yerlarni ajratib berish orqali Farg\u2018ona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<br \/>\nQayd etilishicha, \u201cFayzli bog\u2018lar sari\u201d uzumchilik kooperatsiyasining umumiy yer maydoni qariyb 130 gektar. Shundan 40 gektar maydonda tokzor, 90 gektar maydonda intensiv bog\u2018 barpo etilgan. Ikki ming tonna sig\u2018imli muzlatkichli ombor, yuk mashinalari bor. Yetishtirilgan mahsulotlarning katta qismini eksport qilish rejalashtirilgan.<br \/>\nShu yerda Farg\u2018ona viloyatida qishloq xo\u2018jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-1340\" src=\"http:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar.jpg 1280w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar-300x200.jpg 300w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar-768x512.jpg 768w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-ishchilar-400x267.jpg 400w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-1341\" src=\"http:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k.jpg 1280w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k-300x200.jpg 300w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k-768x512.jpg 768w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/02\/Prezident-uzumchilik-k-400x267.jpg 400w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev qishloq xo\u2018jaligi, hunarmandchilik, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko\u2018zdan kechirish maqsadida 4-fevral kuni Farg\u2018ona viloyatiga jo\u2018nab ketgandi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbari ko\u2018zdan kechirgan birinchi manzil Oltiariqdagi uzumchilik kooperatsiyasi bo\u2018ldi. Xabarda aytilishicha, ushbu kooperatsiyaning 6 gektarlik tokzori o\u2018rnida ilgari paxtadan 20, g\u2018alladan 25 sentner hosil olinar edi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1339,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1338"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1342,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1338\/revisions\/1342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1339"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}