{"id":3555,"date":"2021-12-21T14:57:27","date_gmt":"2021-12-21T09:57:27","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=3555"},"modified":"2021-12-25T11:15:53","modified_gmt":"2021-12-25T06:15:53","slug":"farg%ca%bbona-viloyat-yuridik-texnikumi-2-bosqich-o%ca%bbquvchisi-sarvarbek-foziljonov-maqolasi-chop-etildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=3555","title":{"rendered":"Farg\u02bbona viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich o\u02bbquvchisi Sarvarbek Foziljonov maqolasi chop etildi."},"content":{"rendered":"<h2 data-anchor=\"j97S\" data-align=\"center\" data-node-id=\"4\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-3556 size-large\" src=\"http:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02-1024x1024.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"640\" srcset=\"https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02-150x150.jpg 150w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02-300x300.jpg 300w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02-768x768.jpg 768w, https:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/photo_2021-12-25_11-04-02.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><\/h2>\n<h2 data-anchor=\"j97S\" data-align=\"center\" data-node-id=\"4\">Farg\u02bbona viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich o\u02bbquvchisi Sarvarbek Foziljonov maqolasi chop etildi.<\/h2>\n<p data-anchor=\"6PTL\" data-node-id=\"5\"><a name=\"6PTL\"><\/a>Jamiyat barqarorligi ta\u02bcminlash har qanday rivojlanish uchun tayanch. Ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, tadbirkorlik, investitsiya, texnologiyalar\u2026 tinch jamiyatga ehtiyoj sezadi, uning ichidagina keng taraqqiy etadi. Bu isbot talab qilmaydigan aksioma.<\/p>\n<p data-anchor=\"I05Z\" data-node-id=\"6\"><a name=\"I05Z\"><\/a>Barqarorlik esa ko\u02bbp jihatdan jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan aloqador. Bu jarayonda, umuman, jinoyatchilikni jilovlash va barqaror jamiyat qurishda ichki ishlar xodimlarining xizmati katta. Buni har birimiz yaxshi anglaymiz, anglashimiz ham zarur.<\/p>\n<p data-anchor=\"4oTh\" data-node-id=\"7\"><a name=\"4oTh\"><\/a>Mahallada unda-bunda kuzatilayotgan har bir oilaviy janjal, turli mojaro, umuman, barcha huquqbuzarliklarning oldini olishga profilaktika inspektorlari, xalq tilida aytganda \u201cuchastkavoylar\u201d mas\u02bcul ekanini bilamiz.<\/p>\n<p data-anchor=\"qbbi\" data-node-id=\"8\"><a name=\"qbbi\"><\/a>\u201cUchastkavoylar\u201dning vazifasi \u2013 o\u02bbziga biriktirilgan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning kelib chiqish sabablari bilan kurashish va shu kabi mas\u02bculiyatli ishlar.<\/p>\n<p data-anchor=\"T3ti\" data-node-id=\"9\"><a name=\"T3ti\"><\/a>Shunga qaramay, bugun \u201cuchastkavoylar\u201d tomonidan mahallalardagi turli huquqbuzarliklarni yashirish holatlari ham kuzatilmoqda. Nega bunday bo\u02bblmoqda? Achinarlisi, mazkur holatlarga qonunchilikning o\u02bbzi yo\u02bbl qo\u02bbyib bermoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"BQYc\" data-node-id=\"10\"><a name=\"BQYc\"><\/a>Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi 137-son qarori bilan Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo\u02bbyicha faoliyatini baholash tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi nizom tasdiqlangan.<\/p>\n<p data-anchor=\"3WYt\" data-node-id=\"11\"><a name=\"3WYt\"><\/a>Unga muvofiq, har chorakda \u201cuchastkavoy\u201dlarning ishi tahlil qilib boriladi. Ishi qoniqarsiz deb topilganda lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda pul ushlanadi, ishlari samarali deb topilsa \u2013 50 foizgacha pul mukofoti beriladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"jlrY\" data-node-id=\"12\"><a name=\"jlrY\"><\/a>O\u02bbz-o\u02bbzidan savol tug\u02bbiladi: qanday holatlarda \u201cuchaskavoy\u201dning ishi qoniqarsiz bo\u02bbladi-yu, qay holatlarda samarali? Masalaning ildizi shu yerda.<\/p>\n<p data-anchor=\"vAmG\" data-node-id=\"13\"><a name=\"vAmG\"><\/a>Mahallada bitta qotillik yuz bersa \u201cuchaskavoy\u201dning 10 % oyligi, bitta talonchilik bo\u02bblsa \u2013 5 %, uchta o\u02bbg\u02bbirlik bo\u02bblsa \u2013 yana 10 % oyligi qirqiladi. Nizomda bu ro\u02bbyxat \u201cturnaqator\u201d bo\u02bblib, xuddiki \u201cuchaskavoy\u201d oyligini qirqishga hozirlab qo\u02bbyilgandek.<\/p>\n<p data-anchor=\"stl9\" data-node-id=\"14\"><a name=\"stl9\"><\/a>Ular faoliyati samarasi esa ana shu jinoyatlarning yo\u02bbqligi bilan baholanadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"y1pO\" data-node-id=\"15\"><a name=\"y1pO\"><\/a>Endi tasavvur qiling, oilasi, farzandlarining farovon yashashi uchun mehnat qilayotgan bu jonuyarlar shunday holatda qanday yo\u02bbl tutadi? Ham mehnat qilib huquqbuzarlikni fosh etib, ham oyligidan mahrum bo\u02bblish uchun tegishli organlarga xabar beradimi yoki oyligidan \u201cqiyilmasligi\u201d uchun huquqbuzarlikni yashiradimi?<\/p>\n<p data-anchor=\"IW7y\" data-node-id=\"16\"><a name=\"IW7y\"><\/a>Ikkinchi holat ko\u02bbproq haqiqatga mos va jarayonda ko\u02bbp kuzatilmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"M9YF\" data-node-id=\"17\"><a name=\"M9YF\"><\/a>Mahalladagi kimningdir nojo\u02bbya harakati, qing\u02bbir ishlari, qotilligi, o\u02bbg\u02bbriligi profilaktika inspektori uchun \u201cyemagan somsasiga pul to\u02bblash\u201ddek gap.<\/p>\n<p data-anchor=\"xP4W\" data-node-id=\"18\"><a name=\"xP4W\"><\/a>Davlat statistika qo\u02bbmitasi ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, 2018 yilning o\u02bbzida 503 ta qotillik, 860 ta talonchilik va bosqinchilik, 6 662 ta o\u02bbg\u02bbirlik sodir etilgan.<\/p>\n<p data-anchor=\"f3In\" data-node-id=\"19\"><a name=\"f3In\"><\/a>Mazkur jinoyatlar sodir etilgan hududlardagi inspektorlarning holatini endi xayolga keltiravering.<\/p>\n<p data-anchor=\"YLf5\" data-node-id=\"20\"><a name=\"YLf5\"><\/a>Shu o\u02bbrinda yana bir gap: Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida O\u02bbzbekistonda 2019 yilda jinoyatchilik ko\u02bbrsatkichi 2018 yilga nisbatan 3 mingtaga kamaygani haqida bong urilgan edi.<\/p>\n<p data-anchor=\"zXKt\" data-node-id=\"21\"><a name=\"zXKt\"><\/a>Bu kamayish sun\u02bciy yo\u02bbllar bilan, jinoyatchilikni yashirish oqibatidagi raqamlar emasligiga hech kim kafolat bermaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"4KGR\" data-node-id=\"22\"><a name=\"4KGR\"><\/a>Aslida, mazkur tartib huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga shart-sharoit yaratayotgan sabablarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan. Biroq aks ta\u02bcsir holati hisobga olinmagan.<\/p>\n<p data-anchor=\"y87g\" data-node-id=\"23\"><a name=\"y87g\"><\/a>Mazkur tartib natijasida fosh etilmay qolgan jinoyatlar, ulardan jabr ko\u02bbrganlarning taqdiri haqida bosh qotirish vaqti yetdi, nazarimizda. Eng achinarlisi, bu kabi salbiy holatlar fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchsizligini, huquqiy bo\u02bbysunmaslik holatlarini, jamiyatdagi barqarorlikning xavf ostida qolishiga sabab bo\u02bbladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"Kgsb\" data-node-id=\"24\"><a name=\"Kgsb\"><\/a>Kimgadir yaxshi ko\u02bbrinish, quruq statistika uchun jamiyatni xatarga qo\u02bbyish yaramaydi. Yuqoridagi salbiy oqibatlarni o\u02bbz vaqtida anglab yetgan holda, \u201cuchastkavoy\u201dlarning faoliyatiga baho berishda jinoyatchilikning sonini hisobga olish amaliyotiga barham berish zarur. Zero, tinchlik raqamlarda emas, hayotimizda bo\u02bblsin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u02bbona viloyat yuridik texnikumi 2-bosqich o\u02bbquvchisi Sarvarbek Foziljonov maqolasi chop etildi. Jamiyat barqarorligi ta\u02bcminlash har qanday rivojlanish uchun tayanch. Ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, tadbirkorlik, investitsiya, texnologiyalar\u2026 tinch jamiyatga ehtiyoj sezadi, uning ichidagina keng taraqqiy etadi. Bu isbot talab qilmaydigan aksioma. Barqarorlik esa ko\u02bbp jihatdan jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan aloqador. Bu jarayonda, umuman, jinoyatchilikni jilovlash va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3555"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3555"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3557,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3555\/revisions\/3557"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}