{"id":748,"date":"2020-12-02T11:40:29","date_gmt":"2020-12-02T06:40:29","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=748"},"modified":"2020-12-02T11:40:29","modified_gmt":"2020-12-02T06:40:29","slug":"pedagog-xodimning-maqomi-togrisidagi-qonun-loyihasi-muhokamaga-qoyildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=748","title":{"rendered":"Pedagog xodimning maqomi  to&#8217;g&#8217;risidagi\u201d qonun loyihasi muhokamaga qo&#8217;yildi."},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>O&#8217;zbekiston Respublikasi Qonuni Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risida<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong> QL-1037\/20-3<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<p><strong>1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu Qonunning maqsadi pedagog xodimning maqomiga oid munosabatlarni tartibga solishdan iborat.<\/p>\n<p><strong>2-modda. Ushbu Qonunning qo&#8217;llanilish sohasi<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu Qonun O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat ta&#8217;lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta&#8217;lim tashkilotlari deb yuritiladi) pedagog xodimiga nisbatan tatbiq etiladi.<\/p>\n<p><strong><em>Ushbu Qonunning amal qilishi:<\/em><\/strong><\/p>\n<p>asosiy ish faoliyatidan tashqari pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanuvchi shaxslarga;<\/p>\n<p>harbiy ta&#8217;lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanuvchi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.<\/p>\n<p><strong>3-modda. Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjatlari<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.<\/p>\n<p>Agar O&#8217;zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O&#8217;zbekiston Respublikasining pedagog xodim maqomi to&#8217;g&#8217;risidagi hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo&#8217;lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n<p><strong>4-modda. Asosiy tushunchalar<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo&#8217;llaniladi:<\/p>\n<ul>\n<li>o&#8217;qituvchi-murabbiylik \u2013 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim tashkilotida ilk bor faoliyat boshlayotgan shaxslarni kasbiy moslashtirish bo&#8217;yicha amaliy yordam ko&#8217;rsatuvchi pedagog xodim faoliyati;<\/li>\n<li>pedagogik faoliyat \u2013 pedagog xodim va ta&#8217;lim oluvchining o&#8217;zaro hamkorligiga asoslangan ta&#8217;lim oluvchini o&#8217;qitish va tarbiyalashga yo&#8217;naltirilgan ta&#8217;lim jarayoni;<\/li>\n<li>pedagog xodim \u2013 tegishli hujjat bilan tasdiqlangan malakasiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanuvchi jismoniy shaxs;<\/li>\n<li>pedagog xodim maqomi \u2013 O&#8217;zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida pedagog xodim uchun belgilangan huquqlar va majburiyatlar, shu jumladan mehnat huquqlari, ijtimoiy kafolatlar, imtiyozlar, cheklovlar va javobgarliklar tizimi;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim oluvchi \u2013 ta&#8217;lim tashkilotlarida muayyan davlat ta&#8217;lim standartlari yoki davlat ta&#8217;lim talablari (o&#8217;quv dasturlari) asosida pedagog xodim yordamida bilim, uquv va ko&#8217;nikmalarni o&#8217;zlashtirayotgan, tarbiyalanuvchi, o&#8217;quvchi, talaba, doktorant, tinglovchi yoki boshqa maqomga ega bo&#8217;lgan jismoniy shaxs.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>5-modda. Pedagog xodim maqomi bo&#8217;yicha davlat siyosatining asosiy yo&#8217;nalishlari<\/strong><\/p>\n<p>Quyidagilar pedagog xodim maqomini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo&#8217;nalishlari hisoblanadi:<\/p>\n<ul>\n<li>zamonaviy bilim, qobiliyat, mahorat va ko&#8217;nikmalarga ega bo&#8217;lgan pedagog kadrlarni tayyorlash;<\/li>\n<li>pedagog xodimning ijtimoiy va kasbiy mavqeini oshirish;<\/li>\n<li>jamiyatda ta&#8217;lim va tarbiyani hamda shaxsni rivojlantirishda pedagog xodimning hal qiluvchi rolini tan olish;<\/li>\n<li>pedagog xodimni davlat tomonidan moddiy va ijtimoiy ta&#8217;minotini, huquqlari hamda sha&#8217;ni va qadr-qimmati muhofaza qilinishini kafolatlash;<\/li>\n<li>pedagog xodimning ijodiy va samarali mehnat qilishi, kasbiy rivojlanishi, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>6-modda. Pedagogik faoliyatning asosiy printsiplari<\/p>\n<p>Quyidagilar pedagogik faoliyatning asosiy printsiplari hisoblanadi:<\/p>\n<ul>\n<li>pedagogik faoliyatda shaxsga yo&#8217;naltirilgan ta&#8217;lim va tarbiya berishni ta&#8217;minlash;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim va tarbiyaning insonparvarlik xususiyati;<\/li>\n<li>professional va oliy ta&#8217;limda ta&#8217;lim oluvchilarda zarur malakalar va kasbiy kompetentsiyalar shakllantirishning ustuvorligi;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim oluvchining huquq va erkinliklariga, milliy madaniy an&#8217;analarga hurmat bilan qarash;<\/li>\n<li>professionallik va layoqatlilik;<\/li>\n<li>ochiqlik va shaffoflik;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim oluvchilarni Vatanga muhabbat, xalqlar va millatlar o&#8217;rtasidagi do&#8217;stona munosabatlar ruhida o&#8217;qitish va tarbiyalash;<\/li>\n<li>umuminsoniy va axloqiy qadriyatlarga rioya qilinishi;<\/li>\n<li>pedagog xodim tomonidan fan, texnika va texnologiyaning so&#8217;nggi yutuqlari asosida o&#8217;z bilim, malaka va ko&#8217;nikmalarini oshirib borishi;<\/li>\n<li>mustaqil ta&#8217;limni tashkil etish hamda ta&#8217;lim oluvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>2-bob. Pedagog xodim maqomining huquqiy asoslari<\/strong><\/p>\n<p><strong>7-modda. Pedagog xodim maqomiga ega bo&#8217;lish va uni yo&#8217;qotish<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog kadr u bilan ta&#8217;lim tashkiloti o&#8217;rtasida mehnat shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab pedagog xodim maqomiga ega bo&#8217;ladi va mehnat shartnomasi bekor qilinganda ushbu maqomni yo&#8217;qotadi.<\/p>\n<p>Quyidagi shaxslar uzluksiz ta&#8217;lim tizimida (maktabgacha ta&#8217;lim va tarbiya tizimi bundan mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanishi mumkin emas:<\/p>\n<ul>\n<li>sud tomonidan muayyan muddatga pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxslar;<\/li>\n<li>muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;<\/li>\n<li>qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;<\/li>\n<li>pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to&#8217;sqinlik qiladigan kasalliklari bo&#8217;lgan shaxslar;<\/li>\n<li>tegishli ma&#8217;lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma&#8217;naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo&#8217;lmagan shaxslar.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Maktabgacha ta&#8217;lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar \u201cMaktabgacha ta&#8217;lim va tarbiya to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi O&#8217;zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>8-modda. Pedagogik faoliyatga oid lavozimlar<\/strong><\/p>\n<p>Uzluksiz ta&#8217;lim tizimida quyidagi lavozimda mehnat faoliyatini olib borayotgan shaxslar pedagog xodim maqomiga ega bo&#8217;ladilar:<\/p>\n<ul>\n<li>maktabgacha ta&#8217;lim va tarbiyada \u2013 tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi (enaga), psixolog, logoped-o&#8217;qituvchi, o&#8217;qituvchi-defektolog, til o&#8217;qituvchisi, musiqa rahbari, musiqa xodimi, xoreograf, jismoniy tarbiya yo&#8217;riqchisi, metodist, defektolog, logoped, maktabgacha ta&#8217;lim tashkiloti rahbari;<\/li>\n<li>umumiy o&#8217;rta va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;limda \u2013 o&#8217;qituvchi, ta&#8217;lim tashkiloti rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari, psixolog, tarbiyachi, yetakchi, to&#8217;garak rahbari, metodist, uslubchi, mutaxassislar, bo&#8217;lim boshliqlari, sho&raquo;ba mudirlari, xarbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari;<\/li>\n<li>professional ta&#8217;limda \u2013 o&#8217;qituvchi (katta, yetakchi, bosh), oliy ma&#8217;lumotli o&#8217;qituvchi, o&#8217;rta maxsus ma&#8217;lumotli o&#8217;qituvchi, ishlab chiqarish ta&#8217;limi ustasi, kafedra mudiri, harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tarbiya rahbari, psixolog, uslubchi, bo&#8217;lim boshlig&#8217;i, katta usta, professional ta&#8217;lim tashkiloti rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari;<\/li>\n<li>oliy ta&#8217;limda \u2013 professor, dotsent, katta o&#8217;qituvchi, o&#8217;qituvchi, assistent, kafedra mudiri, fakul`tet dekani va uning o&#8217;rinbosarlari, o&#8217;quv, ilmiy va ma&#8217;naviyat bo&#8217;limi rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari, bo&#8217;lim uslubchilari, tarbiyachi-pedagoglar, oliy ta&#8217;lim tashkiloti rektori (filial direktori) va prorektorlari (filial direktori o&#8217;rinbosarlari);<\/li>\n<li>oliy ta&#8217;limdan keyingi ta&#8217;limda \u2013 dissertantlarning ilmiy rahbarlari va maslahatchilari (murabbiylari);<\/li>\n<li>kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida \u2013 professor, dotsent, katta o&#8217;qituvchi, o&#8217;qituvchi, kafedra mudiri, fakul`tet dekani va uning o&#8217;rinbosarlari, o&#8217;quv, ilmiy va ma&#8217;naviyat bo&#8217;limi rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasi rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari;<\/li>\n<li>maktabdan tashqari ta&#8217;limda \u2013 o&#8217;qituvchi, murabbiy, trener murabbiy, trener-o&#8217;qituvchi, o&#8217;qituvchi-defektolog, t`yutor, metodist, to&#8217;garak rahbari, tarbiyachi, maktabdan tashqari ta&#8217;lim muassasasi rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari, bo&#8217;lim boshliqlari va sho&raquo;ba mudirlari, uslubchi, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi, mutaxassislar, tashkilotchilar, ekskursovod.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Qonun hujjatlarida uzluksiz ta&#8217;lim tizimiga kiritilgan yangi lavozimlar pedagog xodim maqomiga egaligi qayd etilishi mumkin.<\/p>\n<p>Pedagog xodim maqomiga ega shaxslarga ko&#8217;krak nishoni va guvohnoma beriladi. Pedagog xodim maqomi yo&#8217;qotilganda ko&#8217;krak nishoni va guvohnoma ta&#8217;lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga qaytarilishi lozim.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning ko&#8217;krak nishoni va guvohnomasini berish tartibi va uning namunaviy shakli O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>9-modda. Pedagog xodimning kasbiy faoliyati<\/strong><\/p>\n<p>Tegishli ma&#8217;lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo&#8217;lgan va ma&#8217;naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Uzluksiz ta&#8217;lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimning ta&#8217;lim yo&#8217;nalishi (mutaxassisligi) va darajasiga qo&#8217;yiladigan talablar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida belgilanadi.<\/p>\n<p>Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo&#8217;lsa, pedagogik oliy ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o&#8217;tganidan keyin ta&#8217;lim tashkilotlarida (bundan oliy ta&#8217;lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanish huquqi beriladi.<\/p>\n<p>Ishlab chiqarish ta&#8217;limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o&#8217;tmasdan professional ta&#8217;lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug&#8217;ullanishga haqli.<\/p>\n<p>Zarurat bo&#8217;lganda professional ta&#8217;lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta&#8217;limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko&#8217;nikmalarga ega bo&#8217;lgan, oliy ma&#8217;lumoti bo&#8217;lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo&#8217;shimcha mashg&#8217;ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.<\/p>\n<ul>\n<li>10-modda. Pedagog xodim faoliyatining kafolatlari<\/li>\n<\/ul>\n<p>Pedagog xodimning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo&#8217;llab-quvvatlanadi, o&#8217;z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro&#8217;sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o&#8217;z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning huquqlari, sha&#8217;ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro&#8217;si davlat himoyasi ostida bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodim bilan mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuziladi. Bunda, ta&#8217;lim tashkilotining rahbari va uning o&#8217;rinbosarlari bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin. Muddatli mehnat shartnomasi tuzilishiga faqat pedagog xodimning tashabbusiga ko&#8217;ra yo&#8217;l qo&#8217;yiladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodim faoliyati yuzasidan akademik erkinlik kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta&#8217;lim oluvchilarning bilimlarini to&#8217;g&#8217;ri va xolis baholashga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to&#8217;sqinlik qilishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi.<\/p>\n<p>Ilmiy-pedagogik adabiyotlar, darsliklar va o&#8217;quv-uslubiy qo&#8217;llanmalar yozish uchun pedagog xodimga ijodiy ta&#8217;til berish davlat tomonidan kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlari tugatilganda davlat tomonidan pedagog xodimga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishi kafolatlanadi.<\/p>\n<p><strong>11-modda. Pedagog xodimning lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan boshqa ishlarga jalb etishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan ishlarga, yig&#8217;ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimni majburiy mehnatga jalb qilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida o&#8217;rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.<\/p>\n<p><strong>12-modda. O&#8217;qituvchi-murabbiylik<\/strong><\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o&#8217;quv yili davriga o&#8217;qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi.<\/p>\n<p>O&#8217;qituvchi-murabbiylikni amalga oshirganligi uchun pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida har oylik qo&#8217;shimcha haq to&#8217;lanadi.<\/p>\n<p>O&#8217;qituvchi-murabbiylik faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog xodimga qo&#8217;yiladigan talablar va uning faoliyatini tashkil etish tartibi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>3-bob. Pedagog xodimning huquq va majburiyatlari, ta&#8217;lim tashkilotlari rahbar xodimlariga nisbatan qo&#8217;yiladigan talablar<\/strong><\/p>\n<p><strong>13-modda. Pedagog xodimning huquqlari<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodim quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\n<ul>\n<li>o&#8217;z sha&#8217;ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro&#8217;sini himoya qilish;<\/li>\n<li>o&#8217;quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o&#8217;qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o&#8217;quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko&#8217;rsatish;<\/li>\n<li>zamonaviy pedagogik shakllarni, o&#8217;qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;<\/li>\n<li>kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;<\/li>\n<li>o&#8217;quv, ilmiy va uslubiy yo&#8217;nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;<\/li>\n<li>davlat ta&#8217;lim standartlarini, davlat ta&#8217;lim talablarini, malaka talablarini, o&#8217;quv rejalari va o&#8217;quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;<\/li>\n<li>ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta&#8217;lim tashkilotining faoliyati bilan bog&#8217;liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;<\/li>\n<li>kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a&#8217;zosi bo&#8217;lish, xodimlarining vakillari bo&#8217;lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;<\/li>\n<li>o&#8217;z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;<\/li>\n<li>o&#8217;z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;<\/li>\n<li>davlat sog&#8217;liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tish (davlat ta&#8217;lim muassasalari va tashkilotlari uchun);<\/li>\n<li>ta&#8217;lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.<\/li>\n<li>Pedagog xodim o&#8217;z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqishi mumkin bo&#8217;lgan quyidagi holatlar bo&#8217;yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to&#8217;lashdan ozod qilinadi:<\/li>\n<li>pedagog xodimning sha&#8217;ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro&#8217;sini himoya qilish yuzasidan;<\/li>\n<li>pedagog xodimning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g&#8217;ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>14-modda. Pedagog xodimning majburiyatlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>Pedagog xodim:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>ta&#8217;lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha&#8217;ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro&#8217;sini hurmat qilishi;<\/li>\n<li>o&#8217;quv mashg&#8217;ulotlarini sifatli o&#8217;tkazishi;<\/li>\n<li>axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o&#8217;qitish va tarbiyaning ilg&#8217;or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim oluvchilarning psixologik va o&#8217;ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo&#8217;lgan shaxslarni o&#8217;qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e&#8217;tibor qaratishi;<\/li>\n<li>voyaga yetmagan ta&#8217;lim oluvchilar bilan ta&#8217;lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta&#8217;sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;<\/li>\n<li>o&#8217;z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o&#8217;tishi;<\/li>\n<li>tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;z vaqtida o&#8217;tishi shart.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Pedagog xodimning zimmasida qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ta&#8217;lim oluvchi va ta&#8217;lim tashkiloti o&#8217;rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n<p>Pedagog xodimga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.<\/p>\n<p><strong>15-modda. Pedagog xodimning axloq va etika normalari<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimning axloq va etika normalari pedagog xodimning shaxsiga va o&#8217;z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog&#8217;ida uning xulq-atvoriga qo&#8217;yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning kasbga oid axloq va etika normalari ta&#8217;lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli kasaba uyushmalarining birlashmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning kiyim-boshiga doir talablar ta&#8217;lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>16-modda. Pedagog xodim faoliyatiga nisbatan cheklovlar<\/strong><\/p>\n<p><strong>Pedagog xodim:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e&#8217;tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat&#8217;i nazar ta&#8217;lim oluvchilarni kamsitish;<\/li>\n<li>milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo&#8217;zg&#8217;atuvchi axborot tarqatishga qaratilgan faoliyat olib borish;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim tashkilotlarida siyosiy guruhlar tuzish va siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim tashkilotlari ta&#8217;lim oluvchilarini siyosiy harakatlarga jalb qilish;<\/li>\n<li>qonunga muvofiq jinoiy va o&#8217;zga javobgarlikka sabab bo&#8217;ladigan boshqa harakatlarni sodir etish taqiqlanadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>17-modda. Ta&#8217;lim tashkilotlari rahbar xodimlariga nisbatan qo&#8217;yiladigan talablar va ularning asosiy vazifalari<\/strong><\/p>\n<p>Maktabgacha, o&#8217;rta maxsus, professional, oliy, oliy ta&#8217;limdan keyingi va maktabdan tashqari ta&#8217;lim tashkilotlari, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo&#8217;yicha davlat ta&#8217;lim muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;lim sohasida kamida besh yil pedagogik ish staji va umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi ko&#8217;rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo&#8217;yicha o&#8217;z dasturiga ega oliy ma&#8217;lumotli nomzod umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktori lavozimiga tanlovda ishtirok etishi mumkin.<\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktori lavozimiga tanlov xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan o&#8217;tkaziladi va tanlov natijalariga ko&#8217;ra g&#8217;olib deb topilgan nomzod tegishincha Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Xalq ta&#8217;limi vazirligi, viloyatlar boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmasi tomonidan umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktori lavozimiga tayinlanadi.<\/p>\n<p><strong>Quyidagilar umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>ta&#8217;lim tashkilotlari vakolatiga kiradigan masalalar bo&#8217;yicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;<\/li>\n<li>maktab o&#8217;quv-tarbiya jarayonini innovatsion va zamonaviy ta&#8217;lim texnologiyalarini joriy etish orqali tashkil etish va rivojlantirish, ta&#8217;lim sifatini yaxshilashning asosiy yo&#8217;nalishlarini belgilash;<\/li>\n<li>o&#8217;z o&#8217;rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o&#8217;rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;<\/li>\n<li>pedagog xodimlar salohiyatini oshirish va rag&#8217;batlantirish choralarini ko&#8217;rish;<\/li>\n<li>o&#8217;z vakolatlari doirasida ta&#8217;lim tashkilotlarining barcha xodimlari uchun majburiy bo&#8217;lgan buyruqlar chiqaradi va ko&#8217;rsatmalar beradi;<\/li>\n<li>ta&#8217;lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari ko&#8217;rib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, o&#8217;quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta&#8217;minlash va ta&#8217;lim tashkilotlari faoliyatining boshqa masalalari bo&#8217;yicha takliflar kiritadi;<\/li>\n<li>pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim ta&#8217;lim tashkilotlari rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktorining umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi ko&#8217;rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo&#8217;yicha o&#8217;z dasturida ko&#8217;rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi to&#8217;g&#8217;risidagi yil yakunlari bo&#8217;yicha hisoboti xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitiladi.<\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi direktoriga intizomiy jazo qo&#8217;llash va uni ish beruvchining tashabbusiga ko&#8217;ra lavozimidan ozod etish masalalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasining direktori lavozimiga nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tanlov asosida tayinlash va nomzod tomonidan umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim muassasasi ko&#8217;rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo&#8217;yicha o&#8217;z dasturini taqdim etish tartibi va ularning faoliyatini baholash mezonlari O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlari rahbarlariga qo&#8217;yiladigan malaka talablari O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p>Nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlari rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi, shuningdek ularning asosiy vazifalari qonunchilik hujjatlariga, o&#8217;z ustaviga va (yoki) boshqa ta&#8217;sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>4-bob. Pedagog xodimning ijtimoiy ximoyasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>18-modda. Pedagog xodimning mehnatiga haq to&#8217;lash<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimning mehnatiga haq to&#8217;lash mehnat shartnomasida nazarda tutilgan funktsional majburiyatlarni bajarganligi uchun amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimni kasbiy faoliyati bilan bog&#8217;liq boshqa qo&#8217;shimcha ishlar va majburiyatlarni bajarganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qo&#8217;shimcha haq to&#8217;lanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkiloti pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining o&#8217;n baravaridan kam bo&#8217;lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshi ta&#8217;lim sohasi bo&#8217;yicha mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda hisoblanadi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimdan qo&#8217;shimcha pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida sharoitlarida ishlaganlik uchun bazaviy lavozim maoshiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.<\/p>\n<p>Respublikaning olis hududlarida ishlaydigan pedagog xodimlarga ustamalar va imtiyozlar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotining pedagog xodimiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag&#8217;lar doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar, moddiy rag&#8217;batlantirish va kompensatsiyaning boshqa turlari belgilanishi mumkin.<\/p>\n<p>Nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog xodimning mehnatiga haq to&#8217;lash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu tashkilotlarning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>19-modda. Malakali pedagog xodimni rag&#8217;batlantirish<\/strong><\/p>\n<p>Chet tili va fanlarni bilish bo&#8217;yicha imtiyoz beriladigan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo&#8217;lgan tegishli chet tili va fan bo&#8217;yicha ta&#8217;lim beruvchi pedagog xodimlarga, sertifikatning amal qilish muddati davomida bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik ustamalar to&#8217;lanadi.<\/p>\n<p>Ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug&#8217;ullanuvchi pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to&#8217;lanadi:<\/p>\n<p>fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalar) ilmiy darajasiga va (yoki) dotsent ilmiy unvoniga (lavozimga) ega shaxslar uchun \u2013 kamida bazaviy lavozim maoshining 30 foizi;<\/p>\n<p>fan doktori (Doctor of Science) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) ilmiy darajasiga va (yoki) professor ilmiy unvoniga (lavozimga) ega shaxslar uchun \u2013 kamida bazaviy lavozim maoshining 60 foizi.<\/p>\n<p>Malaka toifasi (lavozim)ga ega pedagog xodimlarga quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to&#8217;lanadi:<\/p>\n<p>ikkinchi malaka toifasi (katta o&#8217;qituvchi lavozimi) uchun \u2013 bazaviy lavozim maoshining kamida 20 foizi;<\/p>\n<p>birinchi malaka toifasi (yetakchi o&#8217;qituvchi lavozimi) uchun \u2013 bazaviy lavozim maoshining kamida 30 foizi;<\/p>\n<p>oliy malaka toifasi (bosh o&#8217;qituvchi lavozimi) uchun \u2013 bazaviy lavozim maoshining kamida 50 foizi.<\/p>\n<p>Umumiy o&#8217;rta, o&#8217;rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta&#8217;lim tashkilotlarining quyidagi pedagog xodimlariga malaka toifasi (lavozim) to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri (attestatsiyadan o&#8217;tkazilmasdan) beriladi:<\/p>\n<p>xalqaro fan olimpiadalarida g&#8217;oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo&#8217;lga kiritgan o&#8217;quvchilarni tayyorlagan umumta&#8217;lim muassasasining pedagog xodimiga \u2013 oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktabining pedagog xodimiga \u2013 bosh o&#8217;qituvchi malaka toifasi beriladi;<\/p>\n<p>respublika fan olimpiadalarida va ko&#8217;rik-tanlovlarning respublika bosqichida g&#8217;oliblikni qo&#8217;lga kiritgan o&#8217;quvchilarni tayyorlagan o&#8217;qituvchilarning malaka toifasi bir pog&#8217;onaga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>20-modda. Davlat ta&#8217;lim tashkilotlari rahbarlarini rag&#8217;batlantirish.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkiloti rahbarlarini moddiy rag&#8217;batlantirish va qo&#8217;llab-quvvatlash uchun quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to&#8217;lanadi:<\/p>\n<p>rahbarga \u2013 bazaviy lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, rahbar o&#8217;rinbosarlariga \u2013 bazaviy lavozim maoshining 20 foizi miqdorida.<\/p>\n<p>Mazkur Qonunning 19-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan rag&#8217;batlantirish davlat ta&#8217;lim tashkiloti rahbariga 20 foiz, rahbari o&#8217;rinbosarlariga 10 foiz oshirilgan miqdorda qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n<p>Xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalari, fan olimpiadalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi o&#8217;rin sovrindorlarini tayyorlagan ta&#8217;lim tashkilotlarining rahbarlari va pedagog xodimiga qonunchilik hujjatlari bilan ustamalar to&#8217;lanishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>21-modda. Pedagog xodimlarni ijtimoiy himoya qilish<\/strong><\/p>\n<p>Ta&#8217;lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Ta&#8217;lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga quyidagilar kafolatlanadi:<\/p>\n<ul>\n<li>ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to&#8217;lanadigan uzaytirilgan ta&#8217;til;<\/li>\n<li>bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;<\/li>\n<li>uzaytirilgan ta&#8217;til berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog&#8217;lig&#8217;ini tiklash uchun moddiy yordam.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Tabiiy iqlim sharoiti noqulay bo&#8217;lgan hamda respublikaning tog&#8217;li va olis hududlarida, qishloq joylarida ishlaydigan pedagog xodimlarga byudjet mablag&#8217;lari hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda kommunal to&#8217;lovlarni to&#8217;lash uchun kompensatsiya to&#8217;lanadi.<\/p>\n<p>Mazkur qonundagiga nisbatan qo&#8217;shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yo&#8217;sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o&#8217;rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.<\/p>\n<p>Pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshdan besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.<\/p>\n<p><strong>22-modda. Pedagog xodimning ko&#8217;p yillik xizmati uchun ustama to&#8217;lash<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimning ta&#8217;lim sohasidagi ko&#8217;p yillik xizmatlari uchun har oylik bazaviy lavozim maoshiga ustamalar ish stajiga mutanosib ravishda quyidagi miqdorlarda to&#8217;lanadi:<\/p>\n<p>5 yildan 10 yilgacha \u2013 bazaviy lavozim maoshining 15 foizi;<\/p>\n<p>10 yildan 20 yilgacha \u2013 bazaviy lavozim maoshining 30 foizi;<\/p>\n<p>20 yil va undan ortig&#8217;iga \u2013 bazaviy lavozim maoshining 40 foizi.<\/p>\n<p><strong>23-modda. Pedagog xodimlarning sog&#8217;lig&#8217;ini himoya qilish<\/strong><\/p>\n<p>Ta&#8217;lim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigienaga oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog&#8217;liqni saqlash kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog&#8217;liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlarida kamida 15 yil ish stajiga ega pedagog xodimga yilda bir marta tibbiy xulosaga asosan davlat sog&#8217;lomlashtirish muassasalarida sog&#8217;lig&#8217;ini tiklash uchun bepul yo&#8217;llanma berish kafolatlanadi. Sog&#8217;lig&#8217;ini tiklash xarajatlari O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag&#8217;lari hisobidan qoplanadi.<\/p>\n<p>Nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlarida tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish va davolanish bilan bog&#8217;liq imtiyozlar ish beruvchining tashabbusiga binoan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>24-modda. Qo&#8217;shimcha imtiyozlar va rag&#8217;batlantirishlar<\/strong><\/p>\n<p>Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagog xodimlar davlat mukofotlari, faxriy unvonlari va ko&#8217;krak nishonlari bilan taqdirlashga tavsiya etilishi mumkin.<\/p>\n<p>Respublika va xalqaro tanlovlarda g&#8217;oliblikni qo&#8217;lga kiritgan pedagog xodimlar xorijiy davlatlarda malaka oshirish va malakaviy amaliyotga yuborilishida imtiyozli huquqqa ega.<\/p>\n<p>Oliy ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lmagan ammo ta&#8217;lim tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog xodim kirish test sinovlarisiz, to&#8217;lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy ta&#8217;lim muassasasining pedagogika yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha sirtqi, kechki va masofaviy ta&#8217;lim shakliga suhbat asosida o&#8217;qishga qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan pedagog xodimlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.<\/p>\n<p>Tabiiy iqlim sharoiti noqulay bo&#8217;lgan hamda respublikaning tog&#8217;li va olis hududlarida joylashgan davlat ta&#8217;lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagog xodimga ushbu hududda yangi turar-joy qurish yoki sotib olish uchun davlat tomonidan imtiyozli ipoteka krediti mazkur hududda uzluksiz o&#8217;n yil ishlab berish sharti bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi<br \/>\nVazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar bo&#8217;yicha uning oylik ish haqidan yo&#8217;naltiriladigan mablag&#8217;lar summasi pedagog xodimning daromadi sifatida qaralmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>5-bob. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish<\/strong><\/p>\n<p><strong>25-modda. Pedagog kadrlarni tayyorlash<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog kadrlarni tayyorlash oliy ta&#8217;lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda professional ta&#8217;lim tashkilotlari tomonidan pedagog kadrlar tayyorlanishi mumkin.<\/p>\n<p>Pedagogika mutaxassisligi bo&#8217;yicha talabalarni professional pedagogik ta&#8217;lim muassasalariga qabul qilish davlat buyurtmasi bo&#8217;yicha mutaxassislarni tayyorlash rejasiga ko&#8217;ra tanlov asosida davlat granti hisobidan va to&#8217;lov-kontrakt shaklida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>26-modda. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o&#8217;tkazish<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo&#8217;lgan yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo&#8217;shimcha kasbiy bilim, malaka va ko&#8217;nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n<p>Pedagog kadrlarni malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko&#8217;nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta&#8217;minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta&#8217;lim talablari bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida pedagog xodim o&#8217;zining kasbiy fanlaridan tashqari qo&#8217;shimcha fanlarni (chet tili, axborot texnologiyalar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va boshqalar) ixtiyoriy ravishda o&#8217;zlashtirishi mumkin. Qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan o&#8217;tayotgan pedagog xodimni mazkur fanlarni o&#8217;zlashtirish va bulardan<br \/>\nimtihonlar topshirishga majburlash taqiqlanadi.<\/p>\n<p>O&#8217;quv rejasi va o&#8217;quv dasturining o&#8217;zgarishi (fanni kiritilishi yoki chiqarib tashlanishi) sababli davlat ta&#8217;lim tashkilotining pedagog xodimini yangi turdosh fanni o&#8217;qitishga qayta tayyorlash O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.<\/p>\n<p>Davlat ta&#8217;lim tashkilotlari pedagog xodimining belgilangan muddat va hajmdagi malaka oshirish xarajatlari O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.<\/p>\n<p>Nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malaka oshirishi ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etiladi va moliyalashtiriladi.<\/p>\n<p>Pedagog xodimlarni attestatsiyadan o&#8217;tkazish tartibi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">6-bob. Yakuniy qoidalar<\/p>\n<p><strong>27-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta&#8217;minlash<\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vazirligi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Xalq ta&#8217;limi vazirligi, O&#8217;zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta&#8217;lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo&#8217;mitalari, idoralar va tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o&#8217;rtasida tushuntirilishini ta&#8217;minlasin.<\/p>\n<p><strong>28-modda. O&#8217;zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo&#8217;shimchalar kiritish<\/strong><\/p>\n<p>1) O&#8217;zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan \u201cFuqarolarning davlat pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi 938-XII-sonli Qonuni (O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, \u2116 9, 338-modda; O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, \u2116 12, 269-modda; 1997 yil, \u2116 4-5, 126-modda; 1998 yil, \u2116 9, 181-modda; 1999 yil, \u2116 5, 112-modda; 2001 yil, \u2116 5, 89-modda; 2002 yil, \u2116 4-5, 74-modda; O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, \u2116 5, 152-modda; 2007 yil, \u2116 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, \u2116 12, 640-modda; 2010 yil, \u2116 5, 178-modda, \u2116 9, 334-modda, \u2116 12, 472-modda; 2012 yil, \u2116 1, 4-modda; 2013 yil, \u2116 10, 263-modda; 2014 yil, \u2116 12, 341-modda; 2016 yil, \u2116 4, 125-modda, \u2116 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, \u2116 1, 1-modda, \u2116 10, 676-modda, \u2116 12, 783-modda; 2019 yil, \u2116 5, 265-modda, \u2116 8, 469-modda, \u2116 9, 592-modda) 12-moddasi birinchi qismining \u201ck\u201d kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:<\/p>\n<p>\u201ck) pedagog xodimlar, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o&#8217;qituvchilari \u2013 maxsus ish staji kamida 25 yil bo&#8217;lgan taqdirda (3-sonli ro&#8217;yxat, VII qism)\u201d;<\/p>\n<p>2) O&#8217;zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O&#8217;zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, \u2116 2, 65-modda; 1998 yil, \u2116 5-6, 102-modda, \u2116 9, 181-modda; 1999 yil, \u2116 1, 20-modda, \u2116 5, 112, 124-moddalar, \u2116 9, 229-modda; 2001 yil, \u2116 5, 89-modda, \u2116 9-10, 182-modda; 2002 yil, \u2116 1, 20-modda, \u2116 9, 165-modda; O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, \u2116 9, 312-modda; 2009 yil, \u2116 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, \u2116 12, 472-modda; 2012 yil, \u2116 9\/1, 238-modda; 2013 yil, \u2116 4, 98-modda, \u2116 10, 263-modda; 2014 yil, \u2116 1, 2-modda; 2015 yil, \u2116 8, 312-modda; 2016 yil, \u2116 4, 125-modda, \u2116 12, 383-modda; 2017 yil, \u2116 9, 510-modda, \u2116 10, 605-modda; 2018 yil, \u2116 1, 1, 4-moddalar, \u2116 4, 224-modda, \u2116 7, 431-modda, \u2116 10, 677-modda; 2019 yil, \u2116 1, 3-modda, \u2116 2, 47-modda, \u2116 5, 261, 267-moddalar, \u2116 12, 880-modda)<br \/>\n140-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:<\/p>\n<p>\u201cQonun hujjatlari bilan belgilangan ta&#8217;tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas, pedagog xodimlarga beriladigan uzaytirilgan ta&#8217;tillar bundan mustasno.\u201d.<\/p>\n<p>3) O&#8217;zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O&#8217;RQ\u2013599-son Qonuni bilan tasdiqlangan O&#8217;zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Qonun hujjatlari ma&#8217;lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019 y., 02\/19\/SK\/4256-son, 11.03.2020 y., 03\/20\/607\/0279-son, 05.10.2020 y., 03\/20\/640\/1348-son) 369-moddasi ikkinchi qismi quyidagi quyidagi mazmundagi 121-band bilan to&#8217;ldirilsin:<\/p>\n<p>\u201c121) pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar bo&#8217;yicha uning oylik ish haqidan yo&#8217;naltiriladigan to&#8217;lovlar\u201d;<\/p>\n<p>4) O&#8217;zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan \u201cDavlat boji to&#8217;g&#8217;risida\u201dgi O&#8217;RQ\u2013600-sonli Qonuniga (Qonun hujjatlari ma&#8217;lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020 y., 03\/20\/600\/0023-son, 14.03.2020 y., 03\/20\/610\/0299-son, 21.05.2020 y., 03\/20\/619\/0622-son; 05.10.2020 y., 03\/20\/640\/1348-son) quyidagi qo&#8217;shimchalar kiritilsin:<\/p>\n<p>8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 52-band bilan to&#8217;ldirilsin:<\/p>\n<p>\u201c52) da&#8217;vogarlar \u2013 pedagog xodim o&#8217;zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida sha&#8217;ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro&#8217;siga putur yetkazilgan taqdirda ularni himoya qilish to&#8217;g&#8217;risidagi da&#8217;volar yuzasidan\u201d;<\/p>\n<p>10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan to&#8217;ldirilsin:<\/p>\n<p>\u201c16) Pedagog xodimlar \u2013 kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o&#8217;zining huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g&#8217;ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar yuzasidan.\u201d.<\/p>\n<p><strong>29-modda. Nizolarni hal etish<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodim maqomi va uning kasbiy faoliyati bilan bog&#8217;liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.<\/p>\n<p><strong>30-modda. Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik<\/strong><\/p>\n<p>Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p><strong>31-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish<\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:<\/p>\n<p>hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;<\/p>\n<p>davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo&#8217;lgan o&#8217;z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko&#8217;rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta&#8217;minlasin.<\/p>\n<p><strong>32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Ushbu Qonun rasmiy e&#8217;lon qilingan kundan e&#8217;tiboran kuchga kiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">O&#8217;zbekiston Respublikasi<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">Prezidenti SH. Mirziyoyev<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Qonuni Pedagog xodimning maqomi to&#8217;g&#8217;risida QL-1037\/20-3 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi pedagog xodimning maqomiga oid munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ushbu Qonunning qo&#8217;llanilish sohasi Ushbu Qonun O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat ta&#8217;lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta&#8217;lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta&#8217;lim tashkilotlari deb yuritiladi) pedagog [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":749,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/748"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=748"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/748\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":752,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/748\/revisions\/752"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/749"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=748"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=748"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=748"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}