{"id":858,"date":"2020-12-08T15:45:05","date_gmt":"2020-12-08T10:45:05","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=858"},"modified":"2020-12-08T15:46:00","modified_gmt":"2020-12-08T10:46:00","slug":"shavkat-mirziyoyev-ozbekiston-xalqini-konstitutsiya-qabul-qilinganining-28-yilligi-bilan-tabrikladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=858","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi bilan tabrikladi"},"content":{"rendered":"<div id=\"mainWrap\">\n<div id=\"content\">\n<div class=\"mainContainer\">\n<div class=\"article\">\n<div class=\"articleCont\">\n<div class=\"articleContHead\">\n<h2 class=\"title-1 without-author\" style=\"text-align: center;\">Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi bilan tabrikladi<\/h2>\n<\/div>\n<div class=\"postContent\">\n<blockquote><p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni ulug\u2018 ayyom \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Dunyo miqyosida avj olgan koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil Konstitutsiya kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda o\u2018tkazishning, afsuski, imkoni bo\u2018lmayapti. Lekin, shunga qaramasdan, bu bayramning ruhi va shukuhi qalblarimizda, yuraklarimizda davom etmoqda. Bu ayyom yurtimizning mehnat jamoalari, ta\u2019lim maskanlari, mahallalarda shod-u xurramlik bilan nishonlanmoqda.<\/p>\n<p>Konstitutsiyamizning qoida va tamoyillaridan kelib chiqib, biz bundan to\u2018rt yil oldin Harakatlar strategiyasini qabul qildik hamda keng ko\u2018lamli va shiddatli demokratik islohotlarni boshladik. Ularning huquqiy asosini Konstitutsiyamizga 7-marta kiritilgan o\u2018zgartirishlar, qabul qilingan 5 ta kodeks va 250 ga yaqin qonunlar tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqarashi butunlay o\u2018zgargani, har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2018shayotgani Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot \u2014 yangi O\u2018zbekistonni barpo etish yo\u2018lida fidokorona mehnat qilmoqda.<\/p>\n<p><strong>\u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilinmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bo\u2018lgan bunday yutuq va natijalar barchamizga albatta yuksak g\u2018urur va iftixor bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u201cXalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir\u201d\u00a0<\/strong>degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustun bo\u2018lgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Ana shunday konstitutsiyaviy poydevorga asoslangan ushbu tizim dunyo shiddat bilan o\u2018zgarib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda turli tahdid va sinovlar, jumladan, global pandemiyaga qarshi kurashda, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishda o\u2018zini to\u2018la oqladi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini ta\u2019minlash bo\u2018yicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Avvalo asosiy qonunimizda kafolatlangan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va kuchli ijtimoiy himoyani ta\u2019minlash bo\u2018yicha har bir insonning huquqlarini qo\u2018llab-quvvatlash va amalga oshirishda barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.<\/p>\n<p>Pandemiya davrida aholi sog\u2018lig\u2018ini saqlash, ishsiz qolgan fuqarolarga yordam berishga, tadbirkorlarga birinchi darajali e\u2019tibor qaratilmoqda. Jumladan, 10 trillion so\u2018m fondga ega bo\u2018lgan Inqirozga qarshi kurashish jamg\u2018armasi tashkil etilib, uning mablag\u2018lari sog\u2018liqni saqlash, ijtimoiy infratuzilmalar, aholi va korxonalarni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Yil davomida 500 mingdan ortiq tadbirkor va 8 milliondan ziyod fuqaro uchun 34 trillion so\u2018mga yaqin imtiyozlar berildi, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va bandlikni oshirishga 2,6 trillion so\u2018m qo\u2018shimcha mablag\u2018 ajratildi.<\/p>\n<p>O\u2018tkir ijtimoiy muammo bo\u2018lib kelayotgan aholini arzon uy-joylar bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha davlat dasturi doirasida faqat joriy yilning o\u2018zida 13 mingdan ziyod yurtdoshlarimizga yangi uylarning kaliti topshirildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Sardoba tumanida ofatdan zarar ko\u2018rgan xonadonlar uchun ko\u2018p qavatli yangi uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini o\u2018z ichiga olgan go\u2018zal va zamonaviy shaharcha bunyod etildi.<\/p>\n<p>Og\u2018ir turmush sharoitida yashayotgan mingdan ortiq xotin-qizlarga uy-joy bo\u2018yicha boshlang\u2018ich badallar to\u2018lab berilgani ham ana shunday ezgu ishlarimiz qatoriga kiradi.<\/p>\n<p>Faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy mavqeyini mustahkamlash bo\u2018yicha jadal ishlar davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Bularning barchasi pandemiya va uning oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy inqirozning salbiy ta\u2019sirini yumshatish imkonini bermoqda va xalqimizning ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Konstitutsiyamizda o\u2018z ifodasini topgan adolat prinsipini amalda ta\u2019minlash bo\u2018yicha ham katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kambag\u2018allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etilmoqda.<\/p>\n<p>Uyma-uy yurib aholi muammolarini o\u2018rganish natijasida 2,5 milliondan ziyod a\u2019zosi bo\u2018lgan 590 mingdan ortiq oilani qo\u2018llab-quvvatlash uchun 840 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratildi. Xususan, har bir xonadondagi ayollar va yoshlarning ehtiyoji, hayotiy muammolari aniqlanib, 300 mingga yaqin oilaning mehnatga layoqatli a\u2019zolari ish bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Eng muhimi, odamlarda erkin mehnat qilish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik hisobidan kambag\u2018allikdan chiqish tajribasi va ko\u2018nikmasi shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Yurt boshiga ish tushgan og\u2018ir kunlarda biznes hamjamiyati, tadbirkor va fermerlarimiz, mehr-oqibatli fuqarolarimiz ishtirokida tashkil etilgan \u201cSaxovat va ko\u2018mak\u201d umumxalq harakati insonparvarlikning yana bir yuksak namoyoni bo\u2018ldi. Umumxalq harakati doirasida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj toifalariga 204 milliard so\u2018mlik yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p><strong>\u201cYangi O\u2018zbekiston \u2014 maktab ostonasidan boshlanadi\u201d,<\/strong>\u00a0degan g\u2018oya asosida umummilliy ta\u2019lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko\u2018rilmagan e\u2019tibor qaratilmoqda. Ilm-fan, madaniyat va san\u2019at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning iste\u2019dod va qobiliyatini ro\u2018yobga chiqarish borasida ham ko\u2018p ishlar qilinmoqda.<\/p>\n<p>Bularning barchasi yurtimizda\u00a0<strong>Uchinchi Renessans<\/strong>\u00a0\u2014 milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yana bir muhim konstitutsiyaviy tamoyil \u2014 inson huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash bo\u2018yicha barcha sohalarda, ayniqsa, sud-huquq tizimida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning tasdig\u2018ini keyingi to\u2018rt yilda 2600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilib, 2400 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingani, 7 ta sud bosqichi 3 bosqichga keltirilib, sud tizimi<strong>\u00a0\u201cbir sud \u2014 bir instansiya\u201d<\/strong>\u00a0tamoyili asosida qayta tashkil etilayotganida ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda Inson huquqlari bo\u2018yicha Milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Afv institutini qo\u2018llash borasidagi ishlarimiz izchil davom ettirilmoqda. Shu yilning o\u2018zida bilib-bilmay jinoyatga qo\u2018l urgan va o\u2018z qilmishidan pushaymon bo\u2018lgan 300 dan ortiq shaxs afv etilib, jazoni o\u2018tash joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning jazo muddatlari qisqartirildi.<\/p>\n<p>Uzoq vaqt fuqarolikka ega bo\u2018lmay kelgan insonlar bugungi kunda o\u2018zlarini to\u2018laqonli O\u2018zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. O\u2018tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bo\u2018lsa, bugungi kunda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bo\u2018lmoqda. Bu esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo\u2018lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig\u2018iga munosib javob bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko\u2018chmas mulk sotib olish bilan bog\u2018liq cheklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini o\u2018z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta\u2019minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e\u2019tirof etilmoqda.<\/p>\n<p>Bu haqda so\u2018z yuritganda, shu yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O\u2018zbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator global va mintaqaviy tashabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda keng qo\u2018llab-quvvatlanganini ta\u2019kidlash o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Oktabr oyida esa mamlakatimiz milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo\u2018lgan Inson huquqlari kengashiga a\u2019zo etib saylandi.<\/p>\n<p><strong>Bu \u2014 biz olib borayotgan ochiq va faol tashqi siyosatning yana bir katta yutug\u2018i, desak, har tomonlama to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi.<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli O\u2018zbekistonning xalqaro reytinglardagi o\u2018rni yil sayin yuksalmoqda.<\/p>\n<p>Pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sababli yuzaga kelgan turli to\u2018siq va muammolarga qaramasdan, tashqi aloqalarimiz to\u2018xtab qolmadi. Qo\u2018shni va hamkor davlatlar bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalar uzluksiz davom etmoqda.<\/p>\n<p>Xorijiy mamlakatlardagi fuqarolarimizning mavjud muammolarini tezkor va ijobiy hal etish, ularga amaliy huquqiy yordam ko\u2018rsatish hamda Vatanimizga qaytarish borasida bu yil aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgani xalqimizga yaxshi ma\u2019lum. Xususan, pandemiya davrida 500 mingdan ziyod O\u2018zbekiston fuqarosi yurtimizga olib kelindi. Chet ellarda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin yurtdoshimizga turli yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Yolg\u2018on va\u2019dalarga aldanib, mamlakatimizdan chiqib ketgan va qurolli mojarolar bo\u2018layotgan Yaqin Sharq mintaqasida og\u2018ir kunlarni boshidan o\u2018tkazayotgan fuqarolarimiz, asosan ayollar va bolalarni mamlakatimizga qaytarib olib kelish bo\u2018yicha insonparvarlik tadbirlari davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan yana bir bor ta\u2019kidlab aytmoqchiman:\u00a0<strong>O\u2018zbekiston fuqarolari hamisha o\u2018z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo\u2018ladi va biz bu tamoyilni bundan buyon ham qat\u2019iy amalga oshiramiz.<\/strong><\/p>\n<p>Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Keyingi yillarda erishgan ijobiy natijalarimiz biz ko\u2018zlayotgan ulug\u2018vor maqsadlar yo\u2018lidagi dastlabki qadamlar ekanini yaxshi tushunamiz. Bu borada hali\u00a0<strong>oldimizda ulkan vazifalar<\/strong>\u00a0turibdi.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan,<\/strong>\u00a0Konstitutsiya va qonunlarimizni yanada takomillashtirishni bugun hayotning o\u2018zi talab etmoqda. Jumladan, xalqimiz manfaatlariga, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilish, davr talablariga javob bermaydigan qonun hujjatlarini bekor qilib, qonunchilik bazasini ixchamlashtirish, biznes faoliyatini tartibga solish borasidagi ortiqcha normalarni kamaytirish zarur.<\/p>\n<p>Ushbu vazifalarni bajarishda siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol bo\u2018ladilar, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan,<\/strong>\u00a0taraqqiyot kushandasi bo\u2018lgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta\u2019sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.<\/p>\n<p>So\u2018nggi ikki yilda noqonuniy xatti-harakati bilan davlatga 2 trillion so\u2018m zarar yetkazgan 1986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani bu masala naqadar dolzarb ekanini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Mazkur yo\u2018nalishdagi ishlarimizni tizimli va kompleks davom ettirish uchun\u00a0<strong>2021\u20142025-yillarga mo\u2018ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi<\/strong>\u00a0ustida ish olib bormoqdamiz.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda yana bir bor ta\u2019kidlab aytaman: bu masala biz uchun o\u2018ta muhim va ustuvor vazifa bo\u2018lib qoladi. Chunki korrupsiya \u2014 bu davlatimizni ich-ichidan yemirib, milliy xavfsizligimizga raxna soladigan g\u2018oyat xatarli tahdid va unga qarshi murosasiz kurash olib borish \u2014 barchamizning burchimizdir.<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan,<\/strong>\u00a0mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag\u2018rikenglikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash masalalariga yanada kuchli e\u2019tibor qaratishimiz zarur.\u00a0<strong>\u201cQonun \u2014 ustuvor, jinoyatga \u2014 jazo muqarrar\u201d<\/strong>\u00a0degan konstitutsiyaviy tamoyilni amalda ta\u2019minlash uchun huquq-tartibot idoralarining bor kuch va imkoniyatlari safarbar etiladi.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong>\u00a0muhtaram nuroniylarimiz, hurmatli xotin-qizlarimiz, aziz yoshlarimizning hayotiy manfaatlarini ta\u2019minlash, xonadon va mahallalarimizda, yagona va ahil oila bo\u2018lib yashayotgan ko\u2018pmillatli yurtimizda tinchlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash biz uchun bundan buyon ham ustuvor vazifa bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan,<\/strong>\u00a0so\u2018z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta\u2019minlash, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o\u2018rnatishga qaratilgan ishlarimizning ta\u2019sirchanligini yanada oshiramiz.<\/p>\n<p><strong>Bir haqiqat hammamizga ayon bo\u2018lishi kerak: barcha sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, o\u2018zini o\u2018zi tanqid va demokratik yangilanish jarayonlari endi hech qachon ortga qaytmaydi va biz bu yo\u2018lni qat\u2019iy davom ettiramiz.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Aziz va muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qilish, yurtimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, har bir insonga e\u2019tibor va g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatish \u2014 davlatimiz va jamiyatimizning bosh vazifasidir.<\/p>\n<p>Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo\u2018lida keksa-yu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tan-u bir jon bo\u2018lib harakat qiladilar, yangi O\u2018zbekiston bunyodkori bo\u2018lib maydonga chiqadilar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Sizlarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p>Xonadonlarimizni, go\u2018zal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!<\/p>\n<p>Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz ro\u2018yobga chiqsin!<\/p>\n<p>Yaratganning o\u2018zi hammamizni panohida asrasin!<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,\u00a0<\/strong><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p><\/blockquote>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 28 yilligi bilan tabrikladi Muhtaram vatandoshlar! Sizlarni ulug\u2018 ayyom \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o\u2018zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Qadrli do\u2018stlar! Dunyo miqyosida avj olgan koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil Konstitutsiya kuniga bag\u2018ishlangan tantanali marosimlarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":859,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3,1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/858"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=858"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/858\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":860,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/858\/revisions\/860"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/859"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=858"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=858"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=858"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}