{"id":9299,"date":"2022-02-26T14:48:06","date_gmt":"2022-02-26T09:48:06","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9299"},"modified":"2022-02-26T14:50:14","modified_gmt":"2022-02-26T09:50:14","slug":"intellektual-mulk-himoyasi-rivojlangan-mamlakatlar-tajribasida-mavzusidagi-maqola","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9299","title":{"rendered":"&laquo;Intellektual mulk himoyasi rivojlangan mamlakatlar tajribasida&raquo; mavzusidagi maqola"},"content":{"rendered":"<h3><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-9300 alignleft\" src=\"http:\/\/fyut.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/55.jpg\" alt=\"\" width=\"202\" height=\"242\" \/>\u00a0Intellektual mulk himoyasi rivojlangan mamlakatlar tajribasida<\/strong><\/h3>\n<p>Intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanib, o\u02bbz navbatida iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir.<br \/>\nMisol uchun, hozirda butun dunyoda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning barchasida intellektual mulk rivojlangan bo\u02bblib, ushbu davlatlarda intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi yuqoridir. Xususan, ko\u02bbrsatkichlarga e\u02bctibor bersak, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etishini ko\u02bbrish mumkin.<br \/>\nBundan tashqari, Intellektual mulkning iqtisodiyotga keltiradigan foydasi juda katta bo\u02bblib, quyidagi misol orqali buni ko\u02bbrish mumkin. Jumladan, 1837-yilda tashkil etilgan \u201cProcter&amp;Gamble\u201d kompaniyasi brend boshqaruvi tizimini yaratuvchisi hisoblanib, kompaniya bugungi kunda 43 ta brendga egalik qiladi. Ulardan 23 tasi 1 mlrd. AQSH dollardan ortiq tovar aylanmasiga ega, qolgan 20 ta brend esa 500 mln. AQSH dollari sotuvga ega. Aynan mazkur brendlar kompaniya rivojlanishi lokomotivi hisoblanadi va yiliga mahsulot sotuvi o\u02bbsishini 10 foizga ta\u02bcminlaydi.<br \/>\nStatistik ko\u02bbrsatkichlarga e\u02bctibor beradigan bo\u02bblsak, jahonda jami 8.000.000 ta patent ro\u02bbyxatga olingan bo\u02bblib shundan 4.000.000 tasi AQSHga tegishlidir. Har yili esa yana 600 &#8211; 700 ming patent qo\u02bbshilib boradi. Ixtirochilik daromadli biznes bo\u02bblib, patentlar va nou-xaular bo\u02bbyicha litsenzion ajratmalarning umumiy summasi yiliga 250 mlrd dollarni tashkil etadi.<br \/>\nShuningdek, jahonning rivojlangan mamlakatlarida aholi ixtirochilik faolligining eng yuqori koeffitsiyenti 2011-2015-yillarda Yaponiyada 10 ming aholiga 28,5\u201330,5 talabnomani, Koreya Respublikasida 15,5\u201325,1 talabnomani, AQSH da 6,2\u20137,0 talabnomani, Germaniyada 5,9\u20136,4 talabnomani, Finlyandiyada 3,5\u20134,6 talabnomani, Daniyada 3,1\u20133,4 talabnomani, Buyuk Britaniyada 2,9\u20133,4 talabnomani, Rossiyada 1,65-2,5 talabnomani tashkil etishi kuzatilgan bo\u02bblib, O\u02bbzbekistonda esa 2011-2015-yillarda 0,09-0,21 talabnomani tashkil etishini ko\u02bbrish mumkin.<br \/>\nHozirgik kunda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4168-sonli \u201cIntellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d qarori, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4380 -sonli \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d qarori hamda O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O\u02bbzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to\u02bbg\u02bbrisidagi nizomni tasdiqlash to\u02bbg\u02bbrisida&raquo;gi 609 -sonli qaroriga hamda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4965-sonli Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisidagi qaroriga muvofiq hozirgi kunda intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida mamlakatimizda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.<br \/>\nXususan, 2019-yilda Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligining tizimiga o\u02bbtkazildi hamda vazirlik tomonidan aynan mazkur sohada keng ko\u02bblamli islohotlar o\u02bbtkazib kelinmoqda hamda mazkur tizimli islohotlarni amalga oshirilishi natijasida intellektual mulk muhofazasi va rivojiga e\u02bctibor kuchaytirildi.<br \/>\nJumladan, intellektual mulk sohasiga korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari joriy etilib, Agentlik amaliy tajribaga ega bo\u02bblgan kadrlar bilan to\u02bbldirildi va ularni moddiy rag\u02bbbatlantirish choralari kuchaytirildi. Intellektual mulkni davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazishda talabnomalarni qabul qilish jarayoni to\u02bbliq elektron shaklga o\u02bbtkazildi, bu esa o\u02bbz navbatida mamlakatimizda ochiqlik va shaffoflikni ta\u02bcminlashga xizmat qilmoqda.<br \/>\nShuni alohida ta\u02bckidlash lozimki, Adliya vazirligi tomonidan qisqa muddat ichida qilingan ushbu ishlar intellektual mulk sohasini har tomonlama rivojlantirish va obyektlarining ishonchli huquqiy himoya qilishga xizmat qilib kelmoqda.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 12-oktyabrda o\u02bbtkazilgan yig\u02bbilish davomida intellektual mulk sohasini rivojlantirish sohasida soha mutaxassislariga bir qator ustuvor vazifalar yuklandi. Bunda Intellektual mulk agentligi, barcha tarmoq va sohalar hamda hududlarga intellektual mulk muhitini tubdan yaxshilash, bunda har bir idora, tarmoq va sohaga intellektual mulk obyektlarini kiritish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish, barcha vazirlik va idoralar, oliy o\u02bbquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va hududlar bilan birga, keng muhokamalar asosida intellektual mulk sohasini rivojlantirishning aniq vazifalarini qamrab olgan uch yillik dasturni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.<br \/>\nBundan tashqari, Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksga mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish hamda ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga bo\u02bblgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi, shuningdek, intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma\u02bcmuriy huquqbuzarliklarga belgilangan ma\u02bcmuriy jarimalar miqdori oshirildi.<br \/>\nHisob-kitoblarga ko\u02bbra, 2021-yilda 298 ta ixtiro, 199 ta foydali model va 148 ta sanoat namunasi, 66 ta seleksiya yutuqlari, 4849 ta tovar belgisi ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilganligi yurtimizda tovar belgilariga ega bo\u02bblish talabining oshishini kuzatish mumkin.<br \/>\nAgar 1980-yillarda O\u02bbzbekistonlik talabnoma beruvchilardan ixtirolarga yiliga o\u02bbrtacha 2170 tadan talabnoma topshirilgan bo\u02bblsa, 2021-yilda bu ko\u02bbrsatkich 298 tani tashkil etmoqda.<br \/>\nShuningdek, Agentlik tomonidan 2021-yilda 120 ta taqdimnoma, 600 ta ogoxnoma va 130 ta holat bo\u02bbyicha ma\u02bcmuriy huquqbuzarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan hamda Agentlik ko\u02bbmagida shoirlar Y.Ruziyev va U.Azimlarning mualliflik huquqlarini fuqarolik ishlari bo\u02bbyicha sudlarda himoya qilindi.<br \/>\nBundan tashqari Mualliflik va turdosh huquqlar yo\u02bbnalishida O\u02bbzbekiston Kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi arizasiga muvofiq \u201cOzod yurt to\u02bblqinlari\u201d MCHJ (MY5 telekanali) direktori D. Mamaturdiyev ma\u02bcmuriy javobgarlikka tortilganligi, K. Matyoqubovning arizasi asosida \u201cFan\u201d nashriyoti tomonidan uning \u201cSulton Jaloliddin Manguberdi\u201d asarini tegishli shartnoma qilmasdan chop etilganligi yuzasidan nashriyotga taqdimnoma kiritish orqali K. Matyoqubovga 25 mln. so\u02bbm miqdorida mualliflik haqi to\u02bblanishi ta\u02bcminlanganligi, B.Mirkomilovning arizasi asosida uning mualliflik obyektidan qonunga xilof ravishda foydalangan \u201cMaktabgacha ta\u02bclim metodikasi\u201d MCHJdan 3,5 mln. so\u02bbmlik mualliflik haqi to\u02bblanishi ta\u02bcminlanganligi va boshqalarni misol qilish mumkin.<br \/>\nXulosa qilib aytadigan bo\u02bblsak, jahonda hamda mamlakatimizda intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta\u02bcminlash borasida ham aniq chora-tadbirlar ko\u02bbrilmoqda, bu esa o\u02bbz navbatida intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga barham beradi hamda mazkur sohada iqtisodiyot, innovatsiyalar, madaniyat, adabiyot va san\u02bcatni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga samarali tatbiq etish natijasida mamlakatning iqtisodiy va intellektual salohiyatini yanada oshiradi.<\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Farg\u02bbona viloyat intellektual mulk himoyasi markazi yetakchi mutaxassisi A.Mamadaliyev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0Intellektual mulk himoyasi rivojlangan mamlakatlar tajribasida Intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanib, o\u02bbz navbatida iqtisodiyot rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Misol uchun, hozirda butun dunyoda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning barchasida intellektual mulk rivojlangan bo\u02bblib, ushbu davlatlarda intellektual mulkning ichki yalpi mahsulotdagi ulushi yuqoridir. Xususan, ko\u02bbrsatkichlarga e\u02bctibor bersak, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9299"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9299"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9299\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9304,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9299\/revisions\/9304"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9299"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9299"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9299"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}