{"id":9342,"date":"2022-03-08T18:16:12","date_gmt":"2022-03-08T13:16:12","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9342"},"modified":"2022-03-08T19:18:33","modified_gmt":"2022-03-08T14:18:33","slug":"e%ca%bctirofga-munosib-ayol-rukni-ostida-farg%ca%bbona-viloyati-adliya-boshqarmasi-boshlig%ca%bbi-o%ca%bbrinbosari-farg%ca%bbona-viloyati-yuridik-texnikumi-direktori-toshmatova-mahbuba-yursunova","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9342","title":{"rendered":"&laquo;E\u02bctirofga munosib ayol&raquo; rukni ostida Farg\u02bbona viloyati adliya boshqarmasi boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari &#8211; Farg\u02bbona viloyati yuridik texnikumi direktori Toshmatova Mahbuba Yursunova haqida maqola chop etildi."},"content":{"rendered":"<h2 data-anchor=\"aayS\" data-align=\"center\" data-node-id=\"4\">E\u02bctirofga munosib ayol<\/h2>\n<p data-anchor=\"wuxS\" data-node-id=\"5\"><a name=\"wuxS\"><\/a>Mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo\u02bbyicha olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida yurtimizda barcha sohalarda mehnat qilayotgan ilg\u02bbor xotin-qizlarimiz, faol va tashabbuskor opa-singillarimiz talaygina.<\/p>\n<p data-anchor=\"GWRx\" data-node-id=\"6\"><a name=\"GWRx\"><\/a>Ana shunday mas\u02bcul lavozimlarda mehnat qilib kelayotgan rahbar ayollardan biri farg\u02bbonalik Mahbubaxon opa Toshmatova hisoblanadi. Ayni paytda u Farg\u02bbona viloyati adliya boshqarmasi boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari hamda Farg\u02bbona viloyati yuridik texnikumi direktori bo\u02bblib samarali faoliyat yuritib kelmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"v7VO\" data-node-id=\"7\"><a name=\"v7VO\"><\/a>Mahbubaxon opa Toshmatova bilan suhbat qilgan inson uning samimiy va falsafaga boy gap so\u02bbzlarini tinglab, ko\u02bbp yillik tajribalari va hayotiy xulosalari inson kamolotida tarbiyaviy ahamiyatga molik ekanligini his etadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"a6oi\" data-node-id=\"8\"><a name=\"a6oi\"><\/a>Uning ibratli hayot yo\u02bbli, namunali mehnat faoliyati ham bunga yaqqol misoldir. 1973 yili xizmatchilar oilasida tug\u02bbilib, kamolga yetgan Mahbubaxon opa yetuk huquqshunos bo\u02bblish maqsadida astoydil harakat qildi, o\u02bbqidi, izlandi, bilimini oshirdi. O\u02bbz o\u02bbrnida uning bu sa\u02bcy-harakatlari besamar ketmadi. 1991 yilda talabalik baxti nasib etib, Farg\u02bbona davlat unversitetining huquqshunoslik fakultetiga o\u02bbqishga kirdi. Oliygohda o\u02bbz kasbining ustasi bo\u02bblgan mohir pedagog ustoz va murabbiylardan huquqshunoslik kasbining hayotiy ahamiyatini mukammal o\u02bbrgandi. Doimo faol va bilimdon talabalar qatorida bo\u02bbldi.<\/p>\n<p data-anchor=\"RgmP\" data-node-id=\"9\"><a name=\"RgmP\"><\/a>1996 yilda unversitetni tamomlab, ish faoliyatini Farg\u02bbona shahridagi respublika huquq litseyida (hozirgi Farg\u02bbona viloyati yuridik texnikumi) \u201cHuquq asoslari\u201d fani o\u02bbqituvchisi sifatida boshladi. Mehnat faoliyatining dastlabki yillaridanoq ustoz sifatida o\u02bbquvchilar qalbiga yo\u02bbl topdi. Yosh avlodni ilm-ma\u02bcrifatga oshno etdi. Murg\u02bbak qalb bolalar ongu shuurida chin insoniylik hislatlarini shakllantirishga hissa qo\u02bbshdi.<\/p>\n<p data-anchor=\"yDQ7\" data-node-id=\"10\"><a name=\"yDQ7\"><\/a>Mehnat jamoasida mehnatsevarligi, faol va tashabbuskorligi bilan boshqalardan ajralib turdi. Aynan shunday hislatlari bilan Mahbuba opa rahbarlar e\u02bctiboriga tushdi. 2006 yilda yosh pedagog o\u02bbzi o\u02bbqituvchi bo\u02bblib ishlayotgan mazkur Farg\u02bbona shahar respublika huquq litseyiga o\u02bbquv ishlari bo\u02bbyicha direktor o\u02bbrinbosari etib tayinlandi. Shu tariqa yillar davomida qator ma\u02bcsuliyatli lavozimlarda ishladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"rPCs\" data-node-id=\"11\"><a name=\"rPCs\"><\/a>Xususan, u Farg\u02bbona shahar Respublika huquq litseyi o\u02bbquv ishlari bo\u02bbyicha direktor o\u02bbrinbosari, Farg\u02bbona shahar huquqshunoslik kolleji direktorining kasbiy ta\u02bclim buyicha o\u02bbrinbosari, Farg\u02bbona viloyati yuridik kolleji direktori vazifasini bajaruvchisi, mazkur kollej direktorining o\u02bbquv ishlab chiqarish ishlari bo\u02bbyicha o\u02bbrinbosari, kollej direktorining o\u02bbquv ishlari bo\u02bbyicha birinchi o\u02bbrinbosari, Farg\u02bbona viloyati yuridik texnikumi direktorining o\u02bbquv ishlari bo\u02bbyicha birinchi o\u02bbrinbosari va 2021 yildan boshlab hozirgacha Farg\u02bbona viloyati adliya boshqarmasi boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari- yuridik texnikumi direktori sifatida namunali faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"QEdO\" data-node-id=\"12\"><a name=\"QEdO\"><\/a>-Halol mehnat ma\u02bcnaviy yuksalish garovi, &#8211; deydi Farg\u02bbona viloyati Yuridik texnikumi direktori Mahbuba opa Toshmatova. -Buni men ta\u02bclim tizimida ishlab, o\u02bbz mehnatlarim misolida ko\u02bbproq anglab borayabman. Bilim dargohimiz mehnat jamoasida fidoyi o\u02bbqituvchilarimiz ko\u02bbp. Ular o\u02bbquvchilarimizning ertangi taqdiriga befarq emaslar.<\/p>\n<p data-anchor=\"CLJJ\" data-node-id=\"13\"><a name=\"CLJJ\"><\/a>Darhaqiqat, bugun kattagina mehnat jamoaning rahbari sifatida Mahbuba opaning zimmasidagi mas\u02bculiyat zalvori yanada ortgan. Shunday bo\u02bblsada u jamoaga rahbar bo\u02bblibgina emas, sirdosh, hamdard do\u02bbstday tutadi o\u02bbzini. Hamkasblari bilan munosabatda biriga opa, biriga singil, dugonadek munosabatda bo\u02bbladi. O\u02bbquvchilar bilan esa sirdosh, yaqin do\u02bbst, meribon onadek muomila qiladi. Mehnat jamoasi va ta\u02bclim-tarbiya olayotgan o\u02bbquvchiilarning ishlash, o\u02bbqish, izlanish imkoniyatlari bilan yaqindan qiziqib boradi. Ularni ham ma\u02bcnan, ham ruhan qo\u02bbllab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"EE8i\" data-node-id=\"14\"><a name=\"EE8i\"><\/a>O\u02bbqituvchilarga talabalarning pedagogik va psixologik imkoniyatlariga qarab dars jarayonlarini olib borishlari, bu esa ta\u02bclim-tarbiya olayotgan talabalarni dars mashg\u02bbulotlarida faolligini yanada oshirishga sabab bo\u02bblishini ta\u02bckidlaydi.<\/p>\n<p data-anchor=\"OsFx\" data-node-id=\"15\"><a name=\"OsFx\"><\/a>Har bir inson kishilik jamiyatida yashab mukammal shaxs sifatida shakllanib borarkan, uning davlat oldidagi o\u02bbz huquqlari va majburiyatlarini anglab borishlarida sud-huquq tizimida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarining mehnatlari e\u02bctirofga molik.<\/p>\n<p data-anchor=\"V4v4\" data-node-id=\"16\"><a name=\"V4v4\"><\/a>Yuridik texnikumi talabalari bo\u02bblg\u02bbusi huquqshunoslar, desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi. Shu bois bugun ustoz Mahbubaxon opa Toshmatova boshliq texnikumda ta\u02bclim olayotgan yosh shogirdlari yuridik sohalarda allaqachon o\u02bbz o\u02bbrinlarini topib ulguryabdilar. Ular nafaqat notarius yordamchisi, balki fuqarolik xolatlari bo\u02bbyicha dalolatnomalarni yozish bo\u02bblimi inspektorlari, davlat xizmatlari markazlarida mutaxassislari, qolaversa sudya, sudya yordamchilari va davlat ijrochisi kabi yuridik tizimida faoliyat yuritayotgan el-yurt nazariga tushgan yosh kadrlardir.<\/p>\n<p data-anchor=\"39BA\" data-node-id=\"17\"><a name=\"39BA\"><\/a>O\u02bbz o\u02bbrnida Mahbuba opaning kelajagimiz egalari ertasi yo\u02bblidagi bu kabi mehnatlari e\u02bctirofga, e\u02bctiborga munosib. Uning mehnat faoliyati bir necha bor respublika hamda viloyat miqyosida e\u02bctirof etilib, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg\u02bbalar bilan taqdirlandi. 2021 yilda esa mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi ko\u02bbkrak nishoni bilan munosib mukofotlangani unutilmas quvonchli kun bo\u02bbldi.<\/p>\n<p data-anchor=\"OrYM\" data-node-id=\"18\"><a name=\"OrYM\"><\/a>Shu o\u02bbrinda alohida aytib o\u02bbtish kerakki Mahbuba opa faqat ish bilan andarmon bo\u02bblib qolmadi. Turmush o\u02bbrtog\u02bbi Sadir aka bilan yaxshi hayot kechirdi. Yillar bilan yonma-yon ulg\u02bbaygan farzandlari komil inson bo\u02bblib, kamolga yetdilar. Ular xalq xo\u02bbjaligining turli sohalarida o\u02bbz o\u02bbrinlarini topib bormoqdalar.<\/p>\n<p data-anchor=\"XZ2v\" data-node-id=\"19\"><a name=\"XZ2v\"><\/a>Muxtasar qilib aytganda maqolamiz qahramoni bir vaqtning o\u02bbzida ham oilasi, ham kasbiga yetarli vaqt ajrata oldi va jamiyatda o\u02bbz o\u02bbrnini topa bilgan ayol bo\u02bblib, o\u02bbta mas\u02bculiyatli va mashaqqatli yuridika sohasida ish olib bormoqda. Bu esa chinakam matonatdir.<\/p>\n<p data-anchor=\"erA6\" data-node-id=\"20\"><a name=\"erA6\"><\/a>Bugun Farg\u02bbona viloyatining Farg\u02bbona shahrida ayni shu damda zahmatkash inson, fidoyi ayol, deya Mahbubaxon opa Toshmatovani ko\u02bbrsatishadi. Havas qilishadi. Zero, bunday e\u02bctirofga yetishishning o\u02bbzi oson emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-anchor=\"EG8T\" data-align=\"right\" data-node-id=\"21\"><a name=\"EG8T\"><\/a><strong data-node-id=\"22\">Ilhomjon Tojiboyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-anchor=\"pd1L\" data-align=\"right\" data-node-id=\"23\"><a name=\"pd1L\"><\/a><strong data-node-id=\"24\">Farg\u02bbona shahri.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-anchor=\"HxlE\" data-align=\"right\" data-node-id=\"25\"><a name=\"HxlE\"><\/a>Suratda:<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-anchor=\"N1iL\" data-align=\"right\" data-node-id=\"26\"><a name=\"N1iL\"><\/a>Farg\u02bbona viloyati adliya boshqarmasi boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari,<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-anchor=\"Qbwi\" data-align=\"right\" data-node-id=\"27\"><a name=\"Qbwi\"><\/a>Farg\u02bbona viloyati yuridik texnikumi direktori Mahbubaxon opa Toshmatova<\/p>\n<hr data-node-id=\"28\" \/>\n<p data-anchor=\"zAOR\" data-align=\"center\" data-node-id=\"29\"><a name=\"zAOR\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"30\">Telegram<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.facebook.com\/faryurtexnikum\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"31\">Facebook <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"32\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"33\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>E\u02bctirofga munosib ayol Mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo\u02bbyicha olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida yurtimizda barcha sohalarda mehnat qilayotgan ilg\u02bbor xotin-qizlarimiz, faol va tashabbuskor opa-singillarimiz talaygina. Ana shunday mas\u02bcul lavozimlarda mehnat qilib kelayotgan rahbar ayollardan biri farg\u02bbonalik Mahbubaxon opa Toshmatova hisoblanadi. Ayni paytda u Farg\u02bbona viloyati adliya boshqarmasi boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari hamda Farg\u02bbona viloyati yuridik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9343,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9342"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9342"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9342\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9344,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9342\/revisions\/9344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9343"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9342"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9342"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9342"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}