{"id":943,"date":"2020-12-11T17:46:35","date_gmt":"2020-12-11T12:46:35","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=943"},"modified":"2020-12-11T17:47:39","modified_gmt":"2020-12-11T12:47:39","slug":"ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-11-dekabr-kuni-hindiston-bosh-vaziri-narendra-modi-bilan-videoanjuman-shaklida-uchrashuv-otkazdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=943","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o\u2018tkazdi.\u00a0"},"content":{"rendered":"<div class=\"outer-wrapper\">\n<div class=\"wrapper\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"single-layout\">\n<div class=\"single-layout__center\">\n<div class=\"single-header\">\n<h2 class=\"single-header__title\">O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o\u2018tkazdi.<\/h2>\n<\/div>\n<div class=\"single-content\">\n<p>Sammit kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, ta&#8217;lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari o\u2018rin oldi. Shuningdek, jahondagi vaziyat hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/liss\/view\/4002\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">fikr almashildi<\/a>.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini qutlab, ushbu onlayn-tadbir O\u2018zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganining dalili, pandemiya oqibatlarini samarali yengib o\u2018tish uchun maslahatlashib olish va birgalikda yangi o\u2018sish nuqtalarini belgilab olish uchun imkoniyat ekanini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Oliy darajadagi muntazam muloqotlar va amaliy sa&#8217;y-harakatlar tufayli keyingi yillarda ko\u2018p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda katta yutuqlar qo\u2018lga kiritilgani, ushbu sheriklik aniq amaliy mazmun bilan boyigani qayd etildi.<\/p>\n<p>Bosh vazir Narendra Modi davlat rahbarini O\u2018zbekistonning BMT Inson huquqlari bo\u2018yicha kengashiga saylangani bilan tabriklab, ushbu yutuq mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning xalqaro e&#8217;tirofi ekanini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Muzokaralar chog\u2018ida davlat yetakchilari siyosiy sohada tizimli, ishonchga asoslangan muloqotni davom ettirish, jumladan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralarining muntazam maslahatlashuvlarini o\u2018tkazish va ular o\u2018rtasidagi hamkorlikning o\u2018rta muddatli dasturini qabul qilish muhimligini qayd etdilar. Parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish taklifi ilgari surildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/gvssEHG6aEgxQAFuwIoOAdbHkJOzTVbL.jpg\" alt=\"\" width=\"680\" height=\"453\" \/><\/p>\n<p>Savdo-iqtisodiy aloqalarda asosiy maqsad sifatida yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>O\u2018zaro savdoning ortishi uchun qulay sharoitlar yaratish, bu yo\u2018ldagi texnik to\u2018siqlar va cheklovlarni bartaraf etish borasida birgalikda ishlashga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Samarali transport yo\u2018laklari va logistika infratuzilmasini shakllantirish, aviaqatnovlarni tiklash masalalariga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish, jumladan, Hindistonning yetakchi tashkilotlari ilg\u2018or texnologiyalari, texnik ko\u2018magi va imtiyozli moliyaviy resurslarini jalb qilish masalalari ko\u2018rib chiqildi. Qishloq xo\u2018jaligi, innovatsiyalar, muqobil energetika, farmatsevtika va tibbiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kosmik tadqiqotlar ustuvor yo\u2018nalishlar sifatida belgilandi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi, shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtatining muvaffaqiyatli sherikligi misolida hududlararo aloqalarni kengaytirishga kelishib oldi.<\/p>\n<p>Gumanitar sohada tomonlar ta&#8217;lim va kadrlar tayyorlash, kinematografiya, yoshlar tashkilotlari o\u2018rtasidagi almashinuvlarni rivojlantirish, milliy madaniyat va tilni o\u2018rganish, tarixiy meros obektlarini restavratsiya qilish borasidagi qo\u2018shma dasturlarni qo\u2018llab-quvvatlaydilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston hududlarida \u201cAyurveda\u201d hind tabobati an&#8217;anaviy tizimi va telemeditsinani joriy etgan holda zamonaviy tibbiyot markazlarini tashkil etish taklif etildi. Hindiston tomoni O\u2018zbekiston yoga federatsiyasi faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlaydigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/storage.kun.uz\/source\/6\/L8w2rfY9GEOVfLgnd7vvnGXrkVdDOyxW.jpg\" alt=\"\" width=\"681\" height=\"452\" \/><\/p>\n<p>Sammit davomida xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Yaqindan muvofiqlashuv va axborot almashinuvini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar Afg\u2018onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo\u2018l bilan tartibga solish borasidagi xalqaro sa&#8217;y-harakatlarni qo\u2018llab-quvvatlashlarini bildirdi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Narendra Modiga kelgusi yilda O\u2018zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishni yana bir bor taklif etdi.<\/p>\n<p>Sammit yakuni bilan tomonlar O\u2018zbekiston va Hindiston o\u2018rtasidagi yaqin do\u2018stlik va mustahkam sheriklik to\u2018g\u2018risida qo\u2018shma bayonot qabul qildilar.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, uchrashuv doirasida iqtisodiyot, innovatsiyalar, moliyaviy-texnik ko\u2018mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo\u2018shma ilmiy tadqiqotlar o\u2018tkazishga doir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o\u2018tkazdi. Sammit kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, ta&#8217;lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari o\u2018rin oldi. Shuningdek, jahondagi vaziyat hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini qutlab, ushbu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":944,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/943"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=943"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/943\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":945,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/943\/revisions\/945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/944"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=943"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=943"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=943"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}