{"id":9760,"date":"2022-06-07T18:02:52","date_gmt":"2022-06-07T13:02:52","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9760"},"modified":"2022-06-07T18:02:52","modified_gmt":"2022-06-07T13:02:52","slug":"9760","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9760","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<section data-anchor=\"nAtY\" data-node-id=\"4\">\n<p data-anchor=\"izNj\" data-align=\"center\" data-node-id=\"5\"><strong data-node-id=\"6\">Fan, ta\u2019lim, madaniyat va innovatsiya elektron-onlayn jurnalining 3-sonida texnikumning 1-bosqich \u201cDavlat-huquqiy faoliyati\u201d yo\u2018nalishi 12-21 guruh o\u2018quvchisi Ahmadjonov Abrorjon Adhamjon o\u02bbg\u02bbli \u201cTil millat ko\u2019zgusi\u201d nomli maqolasi chop etildi.<\/strong><\/p>\n<\/section>\n<p data-anchor=\"qnzw\" data-align=\"center\" data-node-id=\"7\"><a name=\"qnzw\"><\/a><strong data-node-id=\"8\">TIL MILLAT KO\u2019ZGUSI<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"SEoV\" data-node-id=\"9\"><a name=\"SEoV\"><\/a><em data-node-id=\"10\">ANNOTATION: Bu maqolada o`zbek tilining rivojlanish tarixi,birligi va sofligi masalasi haqida hamda bugungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo`lidagi ba\u2019zi bir xil muammolar haqida, bu muammolarning yechimi haqida fikrlar bildirilgan.<\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"gNtd\" data-node-id=\"11\"><a name=\"gNtd\"><\/a><em data-node-id=\"12\">Keywords: Soflik, millat, tamaddun, Abu al-Andalusiy, Qoshg`ariy, Navoiy, omonim, paronim, forsiy til, Zamaxshariy, ensklopediya, millat ko`zgusi,kelajak avlod.<\/em><\/p>\n<p data-anchor=\"iFQc\" data-node-id=\"13\"><a name=\"iFQc\"><\/a>Til har bir millatning ko\u02bbzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.<\/p>\n<p data-anchor=\"uoti\" data-node-id=\"14\"><a name=\"uoti\"><\/a>Tilni onaga qiyoslanishi bejiz emas. Inson o\u02bbz onasini ko\u02bbrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.<\/p>\n<p data-anchor=\"0rpH\" data-node-id=\"15\"><a name=\"0rpH\"><\/a>1989-yil 21-oktabrda o\u02bbzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Aynan shu kunda o\u02bbzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. O\u02bbzbek millati uchun dunyoga katta yo\u2018l ochildi.<\/p>\n<p data-anchor=\"Xnl2\" data-node-id=\"16\"><a name=\"Xnl2\"><\/a>Ta\u02bckidlab o\u02bbtish joizki, O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o\u02bbzbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlangan. O\u02bbzbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so\u02bbng barcha davlat hujjatlari o\u02bbzbek tilida yuritila boshlandi, gazeta va jurnallarning o\u02bbzbek tilida chop etilishi yo\u02bblga qo\u02bbyildi. 1993yil 2-sentabrda \u201cLotin tiliga asoslangan o\u02bbzbek alifbosini tuzish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun qabul qilinganidan so\u02bbng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o\u02bbrin egallashiga yo\u02bbl ochdi. Shu o\u02bbrinda statistik ma\u02bclumotlarga e\u02bctibor qaratsak 5600 dan ortiq tillar mavjud bo\u02bblib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida: dunyoda o\u02bbzbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma\u02bcno va jozibadorligining yorqin dalilidir.<\/p>\n<p data-anchor=\"3pdC\" data-node-id=\"17\"><a name=\"3pdC\"><\/a>Shuni ta&#8217;kidlash kerakki, o\u2018zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo\u2018lidagi muhim qadamlaridan biri bo\u2018lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo\u2018lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o\u2018zgarishlar yuz berdi. O\u2018zbek tilining xalqaro miqyosda obro\u2018si oshdi. \u201cDavlat tili haqida\u201dgi qonun ona tilimizning bor go\u2018zalligi va jozibasini to\u2018la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug\u2018atlar, darslik va o\u2018quv qo\u2018llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so\u2018z va so\u2018z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo\u2018llaniladigan so\u2018zlarni o\u2018z ichiga olgan besh jildlik \u201cO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u201d bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir.<\/p>\n<p data-anchor=\"nUd6\" data-node-id=\"18\"><a name=\"nUd6\"><\/a>Til \u2013 millat qiyofasining bir bo\u2018lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o\u2018zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog\u2018liq. Mutaxassislarning so\u2018zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo\u2018qolib bormoqda. Bu o\u2018z navbatida o\u2018sha tilda so\u2018zlashuvchi xalqlarning yo\u2018qolishini anglatadi. YuNeSKO vakillarining so\u2018zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so\u2018zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo\u2018lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo\u2018lib, ularning 90 foizi yo\u2018qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so\u2018zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo\u2018lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so\u2018zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o\u2018z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta&#8217;lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo\u2018q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo\u2018ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o\u2018z tillaridan ko\u2018ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo\u2018lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to\u2018g\u2018ri keladi. To\u2018g\u2018ri, avvallari ham tillar paydo bo\u2018lgan, muammolada bo\u2018lib, ma&#8217;lum vaqtdan so\u2018ng yo\u2018q bo\u2018lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo\u2018qolishi tarixda kuzatilmagan. Yo\u2018qolib ketish havfida bo\u2018lgan tillarning saqlab qolish yo\u2018lida amalga oshirilayotgan sa&#8217;y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta&#8217;minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o\u2018tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilshunoslar yo\u2018qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari hozircha qo\u2018ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta&#8217;lim tizimida keng foydalanishni yo\u2018lga qo\u2018yish kerak.<\/p>\n<p data-anchor=\"gJYe\" data-node-id=\"19\"><a name=\"gJYe\"><\/a>Til \u2013 millatning ma&#8217;naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi \u2013 balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o\u2018z navbatida o\u2018zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo\u2018llabquvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o\u2018z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"2tGG\" data-node-id=\"20\"><a name=\"2tGG\"><\/a>Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so\u2018ng xozir muamolada bo\u2018lgan tillarning o\u2018ntasidan bittasi saqlanib qolar ekan.<\/p>\n<p data-anchor=\"aSU4\" data-node-id=\"21\"><a name=\"aSU4\"><\/a>Bugungi kunda dunyoda 6809 ta til mavjud bo\u2018lib, ularning teng yarmi sakkizta davlat \u2013 Meksika, Indoneziya, Kamerun, Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh va Rossiya xissasiga to\u2018g\u2018ri keladi. Eng ko\u2018p tilli mamlakat sifatida Hindiston tan olinadi. Bu mamlakatda axoli 845 til va laxjada so\u2018zlashadi. Ikkinchi o\u2018rinda esa 600ta til va shevada so\u2018zlashuvchi Papua \u2014 Yangi Gvineya turadi. Sayyoramizda eng ko\u2018p aholi so\u2018zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o\u2018nlikka hindi, bengal, arab, portugal, nemets, rus va yapon tillari ham kiritilgan. Jaxon tillarining atigi 4 foizi Yevropa qitasiga to\u2018g\u2018ri kelsa-da, eng ko\u2018p so\u2018zlashuvchi tillarning teng yarmi \u201cko\u2018hna qita\u201dda ekani ma&#8217;lum bo\u2018ldi. 341 million kishi ingliz tilini ona tili sifatida tan oladi, biroq yana 350 million kishi bu tilni ikkinchi ona tili sifatida ko\u2018rishini ma&#8217;lum qilgan. Taxlilchilar xitoy va ingliz tillari foydalanish bo\u2018yicha o\u2018z mavqeini oshirib borayotganini aytishadi. Vaziyatni o\u2018rganayotgan kuzatuvchilarning fikricha, foydalanuvchilar soni bo\u2018yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan bo\u2018lsa, XXI asr o\u2018rtalariga borib, xitoy tili asosiy til bo\u2018lib olishi mumkin.<\/p>\n<p data-anchor=\"iIBP\" data-node-id=\"22\"><a name=\"iIBP\"><\/a>Mavjud tillarining 90%ning har biridan 100.000 aholi foydalanadi. Mana shuning o\u2018ziyoq bu tillarning kelajagi qorong\u2018uligidan dalolat beradi. Bugungi kunda 357 tilda atigi 50 nafar kishi so\u2018zlashar ekan. 46 tildan esa atigi bir kishining foydalanishi aytiladi. Ularning o\u2018limi bilan bu tillar ham yo\u2018qoladi.<\/p>\n<p data-anchor=\"yIvS\" data-node-id=\"23\"><a name=\"yIvS\"><\/a>Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so\u2018zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O\u2018zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta.<\/p>\n<p data-anchor=\"qP39\" data-node-id=\"24\"><a name=\"qP39\"><\/a>YUNESKO tomonidan nashr qilinadigan \u201cYo\u2018qolib ketish xavfi arafasida turgan jahon tillari atlasi\u201dda Yevropadagi 50ta, Tinch okeani mintaqasida esa 200ta til yo\u2018qolib ketish arafasida ekani ta&#8217;kidlanadi. Afrikadagi 1400ta tildan 600tasi kelajakda, 250tasi esa yaqin orada butunlay yo\u2018qolishi xaqida bong urilmoqda. AQSh hududlariga yevrropaliklar qadam qo\u2018yganlarida bu mintaqada minglab tillar mavjud edi. Ayni damda shimoliy Amerika hindularning kamida 150ta tili saqlanib qolgan. Leyptsig universiteti xodimi Baltazar Bikelyaning so\u2018zlariga qaraganda, Kavkazda atigi 3-4 kishi so\u2018zlashuvchi tillar bor.<\/p>\n<p data-anchor=\"AQSd\" data-node-id=\"25\"><a name=\"AQSd\"><\/a>YUNESKO xomiyligida Leyptsigda bo\u2018lib o\u2018tgan lingvistlarning xalqaro anjumanida kam sonli xalqlarning tillari yo\u2018qolib ketishiga globalizatsiya aybdor ekani aytildi. Biroq ayrim taxlilchilar, tillarning yo\u2018qolishiga globalizatsiyadan tashqari ayrim xukumatlar olib borayotgan siyosat xam aybdor ekanini eslatib o\u2018tishdi. Bu kabi vaziyat asosan Afrika mamlakatlarida uchramoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"54kY\" data-node-id=\"26\"><a name=\"54kY\"><\/a>Olimlar insoniyat tarixida 9000 mingdan ortiq til yo\u2018q bo\u2018lib ketganini aytishadi. Nafaqat bosib olingan xududlardagi xalqlarning tillari, balki fotihlarning tillari xam yo\u2018qolib ketgani tarixdan ma&#8217;lum. Bu borada qadimgi yunon, oromiy, lotin, sanskrit, vediy, assuriy, qadimgi fors tillarini misol sifatida keltirish mumkin. YuNeSKO mutaxassislari o\u2018lib va yo\u2018qolib borayotgan tillarni qutqarib qolish mumkinligini aytishadi. Misol tariqasida o\u2018tgan asrning 80 yillarida atigi 8 kishi so\u2018zlashgan Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi ayn tilini keltirish mumkin. Bugungi kunda tiklangan bu tilda bir necha ming kishi gaplashmoqda. Ikki ming yil davomida o\u2018lik til xisoblanib kelingan ivrit tili xam qayta iste&#8217;molga kiritildi. Bugungi kunda ivrit tilida 9 million kishi suxbatlashadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"f6Sp\" data-node-id=\"27\"><a name=\"f6Sp\"><\/a>Qadimda xalqlar o\u2018z turar joylaridan majburan ko\u2018chirilganlari bois ular boshqa mintaqalarda so\u2018zlashuvchi xalqlar bilan qorishib ketib, ularni tillarini o\u2018zlashtirishga majbur bo\u2018lgan. Lotin Amerikasidagi ayrim xalqlar esa alkogol va giyoxvand moddalar iste&#8217;moli tufayli yo\u2018q bo\u2018lib ketgan.<\/p>\n<p data-anchor=\"YdVP\" data-node-id=\"28\"><a name=\"YdVP\"><\/a>Endilikda esa kichik bir xalq yoshlarining kelajagi porloq sifatida ko\u2018riladigan ikkinchi xalq tilidan foydalanishga urinayotgani bois tillar yo\u2018qolmoqda.<\/p>\n<p data-anchor=\"q8Ms\" data-node-id=\"29\"><a name=\"q8Ms\"><\/a>Qachonki bolalar o\u2018z ona tillarida o\u2018qishni to\u2018htatar ekan, o\u2018sha til yo\u2018qolib ketish arafasiga kelib qoladi. Tillarni saqlab qolish bu o\u2018sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining saqlanib qolinishini anglatadi. Chunki, xalq taqdiri til taqdiri bilan bevosita bog\u2018liq. Til har bir millat madaniyatining o\u2018zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o\u2018qitadi, urf-odat, ananalarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro\u2018-e&#8217;tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo\u2018shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak.<\/p>\n<p data-anchor=\"t99K\" data-node-id=\"30\"><a name=\"t99K\"><\/a>Foydalanilgan adabiyotlar<\/p>\n<p data-anchor=\"CjHJ\" data-node-id=\"31\"><a name=\"CjHJ\"><\/a>1. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &laquo;Davlat tili&raquo;, &laquo;Kadrlar tayyorlash milliy dasturi&raquo; haqidagi qonunlari. &laquo;Xalq ta\u02bclimi&raquo;.<\/p>\n<p data-anchor=\"RL24\" data-node-id=\"32\"><a name=\"RL24\"><\/a>2. Ne\u02bcmatov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993.23<\/p>\n<p data-anchor=\"AOi6\" data-node-id=\"33\"><a name=\"AOi6\"><\/a>3. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 2007.<\/p>\n<p data-anchor=\"5kbw\" data-node-id=\"34\"><a name=\"5kbw\"><\/a>4. <a href=\"https:\/\/kh-davron.uz\/kutubxona\/uzbek\/zuhriddin-isomiddinov-uch-maqola.html\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"35\">https:\/\/kh-davron.uz\/kutubxona\/uzbek\/zuhriddin-isomiddinov-uch-maqola.html<\/a><\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"sGfH\" data-node-id=\"37\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"sGfH\" src=\"https:\/\/img3.teletype.in\/files\/ee\/56\/ee5647c4-493e-4176-b39e-ec340943f786.jpeg\" width=\"1024\" height=\"724\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"kSxG\" data-node-id=\"39\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"kSxG\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/9e\/92\/9e92d2e5-9d84-436a-8f95-7251fcaaa003.jpeg\" width=\"1024\" height=\"723\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"5NDy\" data-align=\"center\" data-node-id=\"42\"><a name=\"5NDy\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"43\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"44\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"45\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"46\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fan, ta\u2019lim, madaniyat va innovatsiya elektron-onlayn jurnalining 3-sonida texnikumning 1-bosqich \u201cDavlat-huquqiy faoliyati\u201d yo\u2018nalishi 12-21 guruh o\u2018quvchisi Ahmadjonov Abrorjon Adhamjon o\u02bbg\u02bbli \u201cTil millat ko\u2019zgusi\u201d nomli maqolasi chop etildi. TIL MILLAT KO\u2019ZGUSI ANNOTATION: Bu maqolada o`zbek tilining rivojlanish tarixi,birligi va sofligi masalasi haqida hamda bugungi kunda ona tilimizning birligi va rivojlanishi yo`lidagi ba\u2019zi bir xil muammolar haqida, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9761,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9760"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9760"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9760\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9762,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9760\/revisions\/9762"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9761"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9760"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9760"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9760"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}