{"id":9831,"date":"2022-06-27T17:55:31","date_gmt":"2022-06-27T12:55:31","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9831"},"modified":"2022-06-27T17:55:57","modified_gmt":"2022-06-27T12:55:57","slug":"9831","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9831","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<section data-node-id=\"4\">\n<p data-anchor=\"AUyV\" data-node-id=\"5\">\u00abTHEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF\u00a0RECENT RESEARCH\u00bb ilmiy-uslubiy elektron-onlayn jurnalining 24-iyun 6-sonida texnikumning 1-bosqich \u00abYuridik xizmat\u00bb yo\u2018nalishi 13-21 guruh o\u2018quvchisi Sultonov Murtozoxon Muzaffarxon o\u02bbg\u02bblining \u00abHuquqiy ong va\u00a0huquqiy madaniyatning ta\u2019lim tarbiyadagi o\u2018rni\u00bb nomli maqolasi chop etildi.<\/p>\n<\/section>\n<p data-anchor=\"79a9\" data-align=\"center\" data-node-id=\"6\"><a name=\"79a9\"><\/a><strong data-node-id=\"7\">Huquqiy ong va\u00a0huquqiy madaniyatning ta\u2019lim tarbiyadagi o\u2018rni<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"gLge\" data-node-id=\"8\"><a name=\"gLge\"><\/a>Alohida e\u2019tirof etish kerakki, mamlakatimiz ta\u2019lim tizimida tub islohatlar amalga<br \/>\noshirilmoqda. Bu bejizga emas. Chunki shiddatkor davr bizdan shuni talab etmoqda\u2013<br \/>\numumiy, o\u2018rta maxsus, oliy ta\u2019lim tizimidagi o\u2018zgarish va yangiliklar davr talabi asosida yuzaga kelmoqda. 2020-yilning 23-sentabrida qabul qilingan \u201cTa\u2019lim to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun mana shu o\u2018zgarish va yangiliklarni o\u2018zida aks ettirdi. Yangi qonunning asosiy farqlari shundan iboratki, avvalo ta\u2019lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi. Ya\u2019ni, ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); nazariy \u2013 ta\u2019lim tashkiloti negizida, amaliy \u2013 ta\u2019lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta\u2019lim; oilada ta\u2019lim olish va mustaqil ta\u2019lim olish; katta yoshdagilarni o\u2018qitish va ularga ta\u2019lim berish; jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo\u2018lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta\u2019lim; eksternat tartibidagi ta\u2019lim \u2013 o\u2018quv dasturlarini mustaqil ravishda o\u2018zlashtirishni o\u2018z ichiga olib, uning yakunlari bo\u2018yicha ta\u2019lim oluvchilardan davlat ta\u2019lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o\u2018tish; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash yo\u2018nalishlari ham shakllantirilishi mumkinligi belgilandi. Bundan tashqari, o\u2018rta maxsus ta\u2019lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o\u2018rta ta\u2019lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshirilishi o\u2018quvchining kasb-hunarli bo\u2018lishida alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"kgg0\" data-node-id=\"9\"><a name=\"kgg0\"><\/a>Jamiyatning asosiy bo\u2018g\u2018ini o\u2018quvchilar va talabalar ekanligini hisobga olsak<br \/>\nhukumat tomonidan chiqarilayotgan qonunchilikdagi har qanday hujjatlarni o\u2018qib<br \/>\ntushunish, uning mazmun mohiyatini boshqalarga ham tushuntira olish insonning<br \/>\nhuquqiy ong va huquqiy madaniyati qay darajada ekanligiga bog\u2018liq. O\u2018zbekiston<br \/>\nRespublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son \u201cJamiyatda huquqiy<br \/>\nong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish<br \/>\nto\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoni bu borada o\u2018z vaqtida chiqarildi.<\/p>\n<p data-anchor=\"kXl9\" data-node-id=\"10\"><a name=\"kXl9\"><\/a>Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirmasdan turib rivojlanishga erishib bo\u2018lmaydi. Farmonning asosiy vazifasi \u201cJamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish \u2012 demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!\u201d degan hayotiy g\u2018oyani mustahkamlash, \u201cYuksak huquqiy madaniyat \u2014 mamlakat taraqqiyoti kafolati\u201d degan konseptual g\u2018oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo\u2018lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo\u2018llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ\u2018ibot tadbirlarini tashkil qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish \u201cshaxs -oila &#8211; mahalla &#8211; ta\u2019lim muassasasi &#8211; tashkilot &#8211; jamiyat\u201d prinsipi bo\u2018yicha tizimli va uzviylikni tashkil etish.<\/p>\n<p data-anchor=\"8FVd\" data-node-id=\"11\"><a name=\"8FVd\"><\/a>Ushbu farmon asosida \u201cJamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo\u2018lib 14 ta bo\u2018lim va 48 ta moddadan iborat. Konsepsiyada uning asosiy maqsadi va vazifalari, asosiy yo\u2018nalishlari va uni qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar o\u2018rin olgan.<\/p>\n<p data-anchor=\"t3nf\" data-node-id=\"12\"><a name=\"t3nf\"><\/a>Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni kuchaytirish sohasidagi islohotlar bevosita ta\u2018limda huquq sohasining o\u2018qitilishida e\u2019tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Huquqiy ta\u2019lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo&#8217;lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta\u2019lim muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo\u2018lishi, ma\u2019naviy va ba\u2019zi huquqiy normalar to\u2018g\u2018risida boshlangich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 2000-yildan boshlab O\u2018zbekiston Respublikasida maktabgacha ta\u2019lim muassasalari va umumiy o\u2018rta ta\u2019lim maktablaridan boshlab, barcha ta\u2019lim turlarida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p data-anchor=\"wZ3H\" data-node-id=\"13\"><a name=\"wZ3H\"><\/a>Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o&#8217;zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar<br \/>\nnegizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko&#8217;nikma va malakalarni hosil<br \/>\nqilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy<br \/>\nmadaniyatni shakllantirishga yo&#8217;naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs<br \/>\nhuquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta\u2019lim va tarbiya jarayoning muhim<br \/>\nbosqichidir.<\/p>\n<p data-anchor=\"4hSw\" data-node-id=\"14\"><a name=\"4hSw\"><\/a>Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:<br \/>\n&#8211; o&#8217;quvchilarga huquqiy me\u2019yorlar, qonunlar va ijtimoiy- huquqiy munosabatlar<br \/>\nmohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to&#8217;g&#8217;risida ma\u2019tumotlar berish;<br \/>\n&#8211; o&#8217;quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo&#8217;lgan ehtiyojni yuzaga keltirish,<br \/>\nhuquqiy ongni qaror toptirishga erishish;<\/p>\n<p data-anchor=\"3cGJ\" data-node-id=\"15\"><a name=\"3cGJ\"><\/a>&#8211; o&#8217;quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko&#8217;nikma va<br \/>\nmalakalarni hosil qilish;<\/p>\n<p data-anchor=\"fy3K\" data-node-id=\"16\"><a name=\"fy3K\"><\/a>&#8211; ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok,<br \/>\nhuquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas\u2019ullik, huquqiy faollik, huquqiy<br \/>\ne\u2019tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p data-anchor=\"6TkA\" data-node-id=\"17\"><a name=\"6TkA\"><\/a>&#8211; o&#8217;quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me\u2019yorlar, qonunlarning ijtimoiy<br \/>\nhayotdagi ahamiyatini to&#8217;g&#8217;ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo&#8217;lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko&#8217;rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.<\/p>\n<p data-anchor=\"dFIN\" data-node-id=\"18\"><a name=\"dFIN\"><\/a>Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e\u2019tiqodlar, tasavvurlar,<br \/>\nbaholar, his-tuyg&#8217;ular va ma\u2019naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e\u2019tiqodlar tizimi bo\u2018lib, ijtimoiy- psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma\u2019lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya\u2019ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to&#8217;g&#8217;risidagi g\u2018oyalar, qadriyatlarni o&#8217;z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya\u2019ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p data-anchor=\"NsnV\" data-node-id=\"19\"><a name=\"NsnV\"><\/a>Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy<br \/>\nmunosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik<br \/>\nnormalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy<br \/>\nmunosabatlar orqali huquq \u00abyashaydi\u00bb, amal qiladi,<\/p>\n<p data-anchor=\"p6tB\" data-node-id=\"20\"><a name=\"p6tB\"><\/a>Huquqiy faoliyat &#8211; huquqiy me\u2019yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli<br \/>\nyondashish, ularga qat\u2019iy va og\u2018ishmay amal qilish, qonunlami hurmat qilish, ulami<br \/>\nshaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e\u2019tirof etish, huquqiy munosabatlar<br \/>\njarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo&#8217;naltirilgan amaliy xatti-harakatlar<br \/>\nmajmui.<\/p>\n<p data-anchor=\"q6mr\" data-node-id=\"21\"><a name=\"q6mr\"><\/a>Huquqiy madaniyat &#8211; bu kishilaming huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan<br \/>\nongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat<br \/>\nmurakkab, serqirra hodisa bo\u2018lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi,<br \/>\nya\u2019ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o\u2018zlashtirishni;umumiy madaniy<br \/>\nasoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tarixiy xotira, urfodatlar va an\u2018analarni; aholi tomonidan qonunlami bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular riufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslarning qonunga itoatkorligini talab etadi.<\/p>\n<p data-anchor=\"gcEB\" data-node-id=\"22\"><a name=\"gcEB\"><\/a><strong data-node-id=\"23\">FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/p>\n<p data-anchor=\"tsGp\" data-node-id=\"24\"><a name=\"tsGp\"><\/a>1. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent, 2019, O&#8217;zbekiston NMIU.<\/p>\n<p data-anchor=\"S7pY\" data-node-id=\"25\"><a name=\"S7pY\"><\/a>2. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cJamiyatda huquqiy ong va huquqiy<br \/>\nmadaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmoni PF-<br \/>\n5618-son 2019-yil 9-yanvar.<\/p>\n<p data-anchor=\"0EKz\" data-node-id=\"26\"><a name=\"0EKz\"><\/a>3. O&#8217;zbekiston Respublikasining &laquo;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi Qonuni, 23.09.2020.<\/p>\n<hr \/>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"4ZuX\" data-node-id=\"28\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"4ZuX\" src=\"https:\/\/img4.teletype.in\/files\/37\/57\/375764ee-e131-4104-8e88-e57c15a46d6b.jpeg\" width=\"1024\" height=\"724\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<figure class=\"m_original\" data-anchor=\"Fxyh\" data-node-id=\"30\">\n<div class=\"wrap\"><noscript><\/noscript><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" id=\"Fxyh\" src=\"https:\/\/img2.teletype.in\/files\/9f\/18\/9f18fb0f-fdad-4835-a247-ba17fc6f15c8.jpeg\" width=\"724\" height=\"1024\" \/><\/div>\n<\/figure>\n<hr \/>\n<p data-anchor=\"RwTm\" data-align=\"center\" data-node-id=\"33\"><a name=\"RwTm\"><\/a><a href=\"http:\/\/fyut.uz\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"34\">Telegram<\/a> | <a href=\"http:\/\/facebook.com\/fargonayuridik.kolleji\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"35\">Facebook<\/a> | <a href=\"https:\/\/www.instagram.com\/fsolofficial\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"36\">Instagram <\/a>| <a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/channel\/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\" data-node-id=\"37\">Youtube<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abTHEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF\u00a0RECENT RESEARCH\u00bb ilmiy-uslubiy elektron-onlayn jurnalining 24-iyun 6-sonida texnikumning 1-bosqich \u00abYuridik xizmat\u00bb yo\u2018nalishi 13-21 guruh o\u2018quvchisi Sultonov Murtozoxon Muzaffarxon o\u02bbg\u02bblining \u00abHuquqiy ong va\u00a0huquqiy madaniyatning ta\u2019lim tarbiyadagi o\u2018rni\u00bb nomli maqolasi chop etildi. Huquqiy ong va\u00a0huquqiy madaniyatning ta\u2019lim tarbiyadagi o\u2018rni Alohida e\u2019tirof etish kerakki, mamlakatimiz ta\u2019lim tizimida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu bejizga emas. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9832,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9831"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9831"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9831\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9833,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9831\/revisions\/9833"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9832"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9831"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9831"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9831"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}