{"id":9968,"date":"2022-09-14T16:37:57","date_gmt":"2022-09-14T11:37:57","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9968"},"modified":"2022-09-19T18:40:19","modified_gmt":"2022-09-19T13:40:19","slug":"9968","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9968","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<div class=\"inner__article\">\n<div class=\"inner__article-info border\">\n<h1><b>\u201cTarixiy tashrif\u201d: Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan qator sohalar bo\u2018yicha hamkorlikni muhokama qildi<\/b><\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"default__section border\">\n<p>Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilayotgani haqida\u00a0<a href=\"https:\/\/daryo.uz\/2022\/09\/14\/shavkat-mirziyoyev-va-eron-prezidenti-hamkorlikni-kengaytirish-masalalarini-muhokama-qilmoqda\/\">xabar berilgandi<\/a>. Prezident matbuot\u00a0xizmatining ma\u2019lum qilishicha,\u00a0O\u2018zbekiston va Eron prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5508\">ko\u2018rib chiqdi<\/a>.<\/p>\n<figure>\n<div id=\"native_network171491343505\" class=\"intext_adf\"><\/div>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/4-22-1280x852.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/4-22-1280x852.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Samarqanddagi Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo\u2018lib turgan Eron Islom prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Davlat rahbari Eron prezidentining ushbu tashrifini tarixiy deya baholadi hamda mamlakatlar o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi bilan qutladi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda O\u2018zbekiston\u2013Eron munosabatlari yangi sur\u2019at bilan rivojlanib borayotgani ta\u2019kidlandi. Muzokaralarda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/5-15-1280x852.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/5-15-1280x852.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption>Savdo va transport sohalaridagi sheriklikka, ikki mamlakat hududlari o\u2018rtasidagi hamkorlikka alohida e\u2019tibor qaratildi. Tomonlar keyingi yillarda o\u2018zaro muloqot va almashinuvlar faollashganini qayd etdi. Savdo ko\u2018rsatkichlari va kooperatsiya loyihalari soni oshib bormoqda. O\u2018tgan yilda tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshdi.<\/figure>\n<div id=\"native_network160417304286\" class=\"intext_adf\"><\/div>\n<p>Joriy yilda hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig\u2018ilishi, biznes va fan-innovatsiya forumlari o\u2018tkazildi, Qo\u2018shma investitsiya qo\u2018mitasi ta\u2019sis etildi. Ikki tomonlama savdoni yanada ko\u2018paytirish, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi. Shu maqsadda tegishli \u201cyo\u2018l xarita\u201dsi ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, imtiyozli savdo to\u2018g\u2018risida bitim imzolash ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/6-20-1280x852.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/6-20-1280x852.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption>Qishloq xo\u2018jaligi, farmatsevtika, neft-gaz, qurilish materiallari va metall mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlarida, fan va innovatsiyalar sohasida boshlangan va ishlab chiqilayotgan kooperatsiya loyihalari qayd etildi. Qo\u2018shma sanoat klasterlarini yaratish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ko\u2018rib chiqildi.<\/figure>\n<p>Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e\u2019tibor qaratildi. O\u2018zbekiston\u2013Turkmaniston\u2013Eron yo\u2018li orqali avtotransportda yuk tashishni yo\u2018lga qo\u2018yish, \u201cChobahor\u201d porti salohiyatidan samarali foydalanish, yuklar olib kirilishi va tranziti sharoitlarini yengillashtirish bu boradagi imkoniyatlarning kengayishiga xizmat qilishi aytib o\u2018tildi. Ikki mamlakat hududlari o\u2018rtasidagi iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<div class=\"adfox-block-container\">\n<div id=\"adfox_165121960321637882\"><\/div>\n<\/div>\n<p>Afg\u2018oniston mavzusi yuzasidan ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy O\u2018zbekiston prezidentini o\u2018zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi.<\/p>\n<p>Oliy darajadagi O\u2018zbekiston\u2013Eron muzokaralari samarali va amaliy ruhda o\u2018tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 18 ta hujjat\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5509\">imzolandi<\/a>.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy qo\u2018shma bayonot imzoladi. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan hamda ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi uzoq muddatli vazifalar belgilangan.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitim va memorandumlar imzolandi. Bular:<\/p>\n<ul>\n<li>ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to\u2018g\u2018risida bitim;<\/li>\n<li>diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to\u2018g\u2018risida bitim;<\/li>\n<li>2022-2025-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;<\/li>\n<li>fan, texnika va innovatsiya sohalarida o\u2018zaro anglashuv to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati to\u2018g\u2018risida elektron bojxona axborotini almashish to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>E-TIRga oid elektron axborotni almashish to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>fan, tadqiqotlar, ta\u2019lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>qishloq xo\u2018jaligi vazirliklari o\u2018rtasidagi bitim;<\/li>\n<li>sog\u2018liqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar o\u2018tkazish, ta\u2019lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>sport sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>\u201cChobahor\u201d porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish to\u2018g\u2018risida memorandum;<\/li>\n<li>2022-2024-yillarda tashqi ishlar vazirliklari o\u2018rtasidagi hamkorlik dasturi;<\/li>\n<li>bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo\u2018yicha memorandum.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Shuningdek, Abu Rayhon nomidagi O\u2018zbekiston Sharqshunoslik instituti hamda Eron Arxiv tashkiloti va Milliy kutubxonasi o\u2018rtasida, ikki mamlakatning Ibn Sino fondlari o\u2018rtasida hujjatlar imzolandi.<\/p><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cTarixiy tashrif\u201d: Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan qator sohalar bo\u2018yicha hamkorlikni muhokama qildi Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilayotgani haqida\u00a0xabar berilgandi. Prezident matbuot\u00a0xizmatining ma\u2019lum qilishicha,\u00a0O\u2018zbekiston va Eron prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini\u00a0ko\u2018rib chiqdi. Samarqanddagi Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo\u2018lib turgan Eron Islom prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9966,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9968"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9968"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9968\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9971,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9968\/revisions\/9971"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9966"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9968"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9968"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9968"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}