{"id":9972,"date":"2022-09-15T14:41:15","date_gmt":"2022-09-15T09:41:15","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9972"},"modified":"2022-09-19T18:42:37","modified_gmt":"2022-09-19T13:42:37","slug":"9972","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9972","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<div class=\"inner__article\">\n<div class=\"inner__article-info border\">\n<h1><b>Shavkat Mirziyoyev \u201cIpak yo\u2018li durdonasi\u201d XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo\u2018lladi<\/b><\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"default__section border\">\n<p>Shavkat Mirziyoyev \u201cIpak yo\u2018li durdonasi\u201d XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo\u2018lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5512\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Tabrik matni quyida to\u2018liq keltiriladi.<\/p>\n<blockquote><p>Hurmatli kinofestival qatnashchilari! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!Avvalo, siz, azizlarni dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mashhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar hamda kinoshunos olimlar, atoqli madaniyat va san\u2019at arboblarini \u201cIpak yo\u2018li durdonasi\u201d XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.<\/p>\n<p>\u201cTinchlik, ma\u2019rifat va taraqqiyot uchun\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida o\u2018tkazilayotgan mazkur anjumanda jahonning 35 davlatidan 300 dan ziyod kino ustalari ishtirok etayotgani yarim asrdan ortiq tarixga ega bo\u2018lgan Toshkent xalqaro kinofestivali bugun\u00a0\u2014 Yangi O\u2018zbekiston sharoitida yangicha mazmun va qiyofaga ega bo\u2018lib, san\u2019at olamida yanada munosib obro\u2018-e\u2019tibor topib borayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, so\u2018nggi yillarda mamlakatimizda kino san\u2019atini zamon talablari asosida rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Dunyodagi nufuzli kinokompaniyalar bilan aloqalar yo\u2018lga qo\u2018yilib, 30 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlikda badiiy filmlar yaratish bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi. Milliy va xorijiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida kinoshaharchalar bunyod etilmoqda. O\u2018zbekistonda film suratga olishni istagan chet el kompaniyalari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Sizlar festival kunlari kino sohasidagi islohotlarimiz bilan tanishib, bu boradagi ishlarimiz samarasini oshirish bo\u2018yicha foydali takliflaringizni bildirasiz, deb umid qilaman. Bugun o\u2018z ishini boshlayotgan kinofestival samimiy uchrashuv va muloqotlar, qizg\u2018in bahs-munozaralar, ko\u2018plab yangi badiiy asarlar taqdimoti bilan barcha ishtirokchilar faoliyatida, O\u2018zbekiston madaniyati va san\u2019ati rivojida munosib iz qoldirishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Siz, azizlarni XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan yana bir bor tabriklab, ushbu ulkan san\u2019at bayrami unutilmas lahzalarga boy bo\u2018lishi, kino olamida yangi nom va iste\u2019dodlarni kashf etib berishini tilab qolaman. Barchangizga mustahkam sog\u2018lik, ijodiy yutuqlar, kinofestival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,\u00a0<\/strong><strong>O\u2018zbekiston prezidenti<\/strong><\/p><\/blockquote>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev \u201cIpak yo\u2018li durdonasi\u201d XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo\u2018lladi Shavkat Mirziyoyev \u201cIpak yo\u2018li durdonasi\u201d XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo\u2018lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati\u00a0xabar berdi. Tabrik matni quyida to\u2018liq keltiriladi. Hurmatli kinofestival qatnashchilari! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!Avvalo, siz, azizlarni dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mashhur aktyor va rejissyorlar, operator [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9973,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9972"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9972"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9972\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9974,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9972\/revisions\/9974"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9973"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9972"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9972"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9972"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}