{"id":9975,"date":"2022-09-15T15:43:58","date_gmt":"2022-09-15T10:43:58","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9975"},"modified":"2022-09-19T18:45:27","modified_gmt":"2022-09-19T13:45:27","slug":"9975","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9975","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<div class=\"inner__article\">\n<div class=\"inner__article-info border\">\n<h1><b>Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralari yakunida 15 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi<\/b><\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"default__section border\">\n<p>15-sentabr kuni Samarqanddagi \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d xalqaro turizm markazining Kongress markazida O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpinning muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/080f2c10-9ced-9adc-e72a-62a9d277e5a2_lists_slider_5518-1280x852.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/080f2c10-9ced-9adc-e72a-62a9d277e5a2_lists_slider_5518-1280x852.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Prezident matbuot xizmatining\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5518\">ma\u2019lum qilishicha<\/a>, uchrashuv avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi va strategik sheriklikning 10 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni uning tashrif arafasida chop etilgan, xalqlar ko\u2018p arslik rishtalar bilan bog\u2018langanini tasdiqlovchi va dasturiy ahamiyatga ega \u201cXitoy\u2014O\u2018zbekiston munosabatlarining yorqin kelajagini birgalikda barpo etish\u201d sarlavhali mualliflik maqolasi uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Xitoy xalqi Si Szinpin rahbarligida erishayotgan ulkan yutuqlarni qayd etib, Xitoy Kommunistik partiyasining bo\u2018lajak yigirmanchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli o\u2018tishini tiladi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/f7d59e88-9dda-2bf5-28a3-4aca1955b272_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/f7d59e88-9dda-2bf5-28a3-4aca1955b272_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Xitoy rahbari, o\u2018z navbatida, Yangi O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida ulkan natijalar berayotganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Yetakchilar O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo\u2018nalishlarini atroflicha ko\u2018rib chiqdi.<\/p>\n<div class=\"adfox-block-container\">\n<div id=\"adfox_165121960321637882\">\n<div>\n<div>\n<div class=\"xurkyJ\">\n<div>\n<div class=\"lx3\">\n<div>\n<div><\/div>\n<\/div>\n<div class=\"exGmjVC\">\n<div>\n<div class=\"Y713kb7H0J\">\n<div>\n<div>\n<div class=\"InteractiveElementsLayout\">\n<div class=\"VideoAvatar\">Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli davlatlar o\u2018rtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani ta\u2019kidlandi.<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/c8de3f0d-24b0-0ea7-f38d-c2a5476a8522_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/c8de3f0d-24b0-0ea7-f38d-c2a5476a8522_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Xususan, o\u2018tgan yilda tovar ayirboshlash rekord ko\u2018rsatkich \u2013 8 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa 30 foizdan ortiq o\u2018sdi. Oxirgi besh yilda O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi. Keng ko\u2018lamli iqtisodiy hamkorlik bo\u2018yicha besh yillik dastur, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo\u2018shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, bunda elektron tijoratni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha, eng avvalo, avtomobilsozlik, \u201cyashil\u201d energetika, qishloq xo\u2018jaligi va infratuzilma kabi sohalarda ilg\u2018or loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Xitoyning kambag\u2018allikka qarshi kurashish, hududlarni rivojlantirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi ilg\u2018or tajribasini o\u2018rganish va joriy etishni davom ettirishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/71e36c61-0537-91ce-9cf8-0c07d7b1b36e_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/71e36c61-0537-91ce-9cf8-0c07d7b1b36e_lists_slider_5518-1280x851.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Davlat rahbarlari hududlar o\u2018rtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligini ta\u2019kidladilar. Shu maqsadda joriy yil yakuniga qadar O\u2018zbekistonda ikki mamlakat hududlarining birinchi forumini o\u2018tkazish taklif etildi.<\/p>\n<p>Mintaqamiz taraqqiyoti va transport jihatidan o\u2018zaro bog\u2018liqligi uchun strategik ahamiyatga ega \u201cXitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013O\u2018zbekiston\u201d temir yo\u2018li qurilishini boshlash to\u2018g\u2018risida tarixiy kelishuvga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Gumanitar hamkorlik, shu jumladan, sog\u2018liqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, ta\u2019lim va madaniyat sohalaridagi qo\u2018shma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham to\u2018xtalib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda o\u2018zaro do\u2018stlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan O\u2018zbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va san\u2019ati yilini o\u2018tkazishga kelishib olindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonda tinchlik jarayoniga va iqtisodiy tiklanishga ko\u2018maklashish borasidagi sa\u2019y-harakatlarni, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Xitoy\u201d mexanizmi doirasida tizimli hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Xitoy yetakchisi O\u2018zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti raisi sifatidagi faoliyatini, buning natijasida tashkilotni kengaytirish va xalqaro nufuzini mustahkamlash bo\u2018yicha muhim qarorlar qabul qilinganini yuksak baholadi.<\/p>\n<p>Tadbir yakunida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikka doir kelishuvlar imzolandi.<\/p>\n<p>Muzokaralar yakunida Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi.<\/p>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralari yakunida 15 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi 15-sentabr kuni Samarqanddagi \u201cBuyuk ipak yo\u2018li\u201d xalqaro turizm markazining Kongress markazida O\u2018zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpinning muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi. Prezident matbuot xizmatining\u00a0ma\u2019lum qilishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat o\u2018rtasida diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi va strategik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9966,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9975"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9976,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9975\/revisions\/9976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9966"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}