{"id":9984,"date":"2022-09-16T10:51:06","date_gmt":"2022-09-16T05:51:06","guid":{"rendered":"http:\/\/fyut.uz\/?p=9984"},"modified":"2022-09-19T18:51:55","modified_gmt":"2022-09-19T13:51:55","slug":"9984","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/fyut.uz\/?p=9984","title":{"rendered":""},"content":{"rendered":"<section class=\"default__block\">\n<div class=\"inner__article\">\n<div class=\"inner__article-info border\">\n<h1><b>Putinning Samarqandga tashrifi davomida 4,6 mlrd dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanadi<\/b><\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"default__section border\">\n<p>Shavkat Mirziyoyev va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-sentabr kuni muzokara o\u2018tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati\u00a0<a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/5534\">xabar bermoqda<\/a>.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/66-5-1205x803.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/66-5-1205x803.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Vladimir Putin, o\u2018z navbatida, Shavkat Mirziyoyevga har doimgidek samimiy mehmondo\u2018stlik uchun minnatdorlik bildirdi, mamlakatlar o\u2018rtasidagi hamkorlik barcha darajalarda jadal va samarali rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/99-2-1280x853.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/99-2-1280x853.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Tomonlar keyingi yillarda ko\u2018p qirrali O\u2018zbekiston\u2013Rossiya sherikligi misli ko\u2018rilmagan yuksak darajaga ko\u2018tarilganini qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalar kengayib bormoqda. Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar bilan tovar ayirboshlash ikki barobardan ziyod ko\u2018paydi, o\u2018tgan yetti oyda esa o\u2018zaro savdo 30 foizdan ortiq o\u2018sdi. E\u2019tiborlisi, ikki tomonlama savdo hajmining 70 foizi yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlardan iborat.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/100-1280x853.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/100-1280x853.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Sanoat kooperatsiyasi jadal sur\u2019at bilan rivojlanmoqda. Keyingi yillarda kon-metallurgiya, yoqilg\u2018i-energetika, kimyo, qishloq xo\u2018jaligi, mashinasozlik, to\u2018qimachilik va boshqa tarmoqlarda 100 dan ortiq qo\u2018shma loyihalar boshlandi.<\/p>\n<p>Tomonlar, eng avvalo, elektronika, farmatsevtika, to\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirish bo\u2018yicha kompleks harakatlar rejasini qabul qilishga kelishib oldi. Ushbu tashrif doirasida mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalari bo\u2018yicha 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanayotgani qayd etildi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/101-1280x852.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/101-1280x852.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Hamkorlikni kengaytirishda hududlar o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aloqalar muhim o\u2018rin tutadi. Birinchi yarim yillikda ikki mamlakat o\u2018rtasida 50 ga yaqin tashriflar bo\u2018ldi. Tomonlar O\u2018zbekiston hududlarida qo\u2018shma sanoat parklarini tashkil etish, oktabr oyida O\u2018zbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini o\u2018tkazishga kelishib oldi.<\/p>\n<p>Shuningdek, prezidentlar tadbirlarga boy va keng ko\u2018lamli madaniy-gumanitar hamkorlikni yuksak baholadi. Rossiya oliy ta\u2019lim muassasalarining xorijdagi filiallari soni bo\u2018yicha O\u2018zbekiston yetakchi o\u2018rinda turadi. So\u2018nggi to\u2018rt yilda ushbu mamlakatning 12 ta yetakchi oliygohi filiallari ochildi va jami 15 taga yetdi.<\/p>\n<figure><img decoding=\"async\" class=\"border ls-is-cached lazyloaded\" src=\"https:\/\/daryo.uz\/cache\/2022\/09\/67-1280x853.jpg\" alt=\"Foto: Prezident matbuot xizmati\" data-src=\"\/cache\/2022\/09\/67-1280x853.jpg\" data-action=\"zoom\" \/><figcaption><\/figcaption><\/figure>\n<p>Turizm sohasidagi aloqalar ham faol rivojlanmoqda.\u00a02022-yilda Rossiyadan O\u2018zbekistonga kelgan sayyohlar soni pandemiyadan oldingi ko\u2018rsatkichlardan oshdi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida tomonlar O\u2018zbekiston bilan Rossiya o\u2018rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishlari qat\u2019iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.<\/p>\n<div class=\"inner__article-block block-center\"><\/div>\n<\/div>\n<\/section>\n<div class=\"share__block\"><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Putinning Samarqandga tashrifi davomida 4,6 mlrd dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanadi Shavkat Mirziyoyev va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-sentabr kuni muzokara o\u2018tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati\u00a0xabar bermoqda. O\u2018zbekiston rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Vladimir Putin, o\u2018z [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9966,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9984"}],"collection":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=9984"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9984\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9985,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/9984\/revisions\/9985"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/9966"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=9984"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=9984"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/fyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=9984"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}