Yuridik klinika

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining “Yuridik klinika”si loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi. Yuridik klinika faoliyati jamoatchilik qabulxonasi shaklida tashkil etilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilar pedagog xodim (advokat) rahbarligida huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini amalga oshiradi va ularga kerakli huquqiy maslahatlarni ko‘rsatadi.

Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuridik klinika huquqning alohida tarmog‘iga ixtisoslashgan holda yoki umumiy huquq masalalari bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.

https://t.me/fergana_yuridik_klinika_bot

https://t.me/fergana_yuridik_klinika

Farg’ona viloyati yuridik texnikumi direktorining

2020 yil 15 oktyabrdagi 58-um-son buyrug’iga
5-ilova

 

Farg’ona viloyati yuridik texnikumining Yuridik klinikasi to’g’risida

NIZOM

 1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Farg’ona viloyati yuridik texnikumining (keyingi o’rinlarda texnikum deb yuritiladi) Yuridik klinikasi (keyingi o’rinlarda klinika deb yuritiladi) texnikumning tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg’unligini tahminlash, o’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg’araz yuridik maslahatlar ko’rsatish bilan bog’liq faoliyatni amalga oshiradi.
  2. Klinika o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligining hayhat qarorlari va buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.
  3. Klinika bevosita texnikum direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosariga bo’ysunadi.
  4. Klinikada jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan yuridik yordam beg’araz amalga oshiriladi.

2-bob. Klinikaning vazifa va funktsiyalari

  1. Klinikaning asosiy maqsadi o’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
  2. Quyidagilar Klinikaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda o’quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg’unligini tahminlash;

jismoniy va yuridik shaxslarga beg’araz yuridik yordam ko’rsatish; o’quvchilarning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish orkali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish;

klinikaning faoliyatiga oid materiallarni o’quv jarayoniga tatbiq etish.

  1. Klinika o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
  2. a) davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda o’quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg’unligini tahminlash borasida:

klinikada o’quvchilarni faoliyat ko’rsatishlarini tashkil etish yuzasidan tashkiliy choralarni ko’rish;

texnikumning pedagog xodimlarini klinika faoliyatiga jalb qilish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish va shu orkali amaliyotchi mutaxassislarni klinika faoliyatiga keng jalb etish;

o’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog’liqligini tahminlash maqsadida ularni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar ish faoliyati bilan tanishishlari uchun jalb qilish;

klinikada faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchilar o’rtasida tanlovlar o’tkazish va ularni rag’batlantirish;

  1. b) jismoniy va yuridik shaxslarga beg’araz yuridik yordamni ko’rsatish borasida:

jismoniy va yuridik shaxslarning yuridik maslahat olish to’g’risidagi murojaatlarini o’zvaqtida va sifatli ko’rib chiqilishini tahminlash;

yuridik va jismoniy shaxslar uchun sayyor huquqiy maslahatlar tashkil qilish orqali yuridik yordam ko’rsatish qamrovini kengaytirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati xususiyati va murakkabligidan kelib chiqib, ularni hal etish uchun tegishli davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarigv ularning hududiy tuzilmalariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatlik tuzilmalariga murojaat qilish lozimligi to’g’risida tavsiyalar berish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijasida ularga huquqiy maslahatlar berish, lozim bo’lganda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy tuzilmalari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarga qilinishi lozim bo’lgan murojaatlar loyihalarini shakllantirishga ko’maklashish;

zarur hollarda murojaatlarning xususiyatidan kelib chiqib, mualliflarga asoslantirilgan javob berish maqsadida pedagog va boshqa xodimlardan maslahat olish;

klinika faoliyati haqida aholini xabardorligini oshirish maqsadida reklama va targ’ibot faoliyatini muntazam ravishda yo’lga qo’yish;

  1. v) o’quvchilarning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish orqali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish borasida:

o’quvchilarni murojaat kilgan shaxslar bilan muloqotlar olib borish, ularga yuridik yordam ko’rsatish hamda huquqiy masalalarga oid xulosalar tayyorlash bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv-metodik materiallar, savol-javoblar tayyorlash;

klinikada amaliyot o’tayotgan o’quvchilarda yurist kasb etikasi va kasbiy malakani shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar o’tkazish;

o’quvchilarni jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan intervg’yu o’tkazish, muammoni aniqlash, tegishli normativ-huquqiy bazani tahlil qilish hamda yuridik xulosa yozish ko’nikmalarini tizimli ravishda oshirib borish;

amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida murojaatlar bo’yicha aniqlangan huquqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan o’quvchilar o’rtasida bahs-munozalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa innovatsion muhokama usullari tashkil qilish hamda shu orqali o’quvchilarda tahlil qilish hamda huquq normalarini sharhlash ko’nikmalarini rivojlantirish;

  1. g) klinikaning faoliyatiga oid materiallarni o’quv jarayoniga tatbiq etish borasida:

klinikaning faoliyatiga oid umumlashma materiallar tayyorlash va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish uchun kafedralarga taqdim etib borish;

klinika faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan o’quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, klinik tahlim uchun zarur texnik vositalar, shuningdek elektron axborot-huquqiy va tahlim resurslarini yangilab borish yuzasidan takliflar berish.

 3-bob. Klinikaning huquq va majburiyatlari

  1. Klinika o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

klinika faoliyatini istikbolli rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chikib, texnikum rahbariyatiga kiritish;

dekanat, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan klinika faoliyatiga taalluqli materiallar va mahlumotlarni so’rab olish;

klinika faoliyatini samarali tashkil qilishda o’zini munosib hissasini qo’shgan, yutuklarga erishgan, fidoyilik namunasini ko’rsatgan xodimlarni rag’batlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;

kilinika tomonidan tashkil kilinadigan tadbirlarga amaliyotchi mutaxassislarni, texnikum tarkibiy bo’linmalari xodimlarini kelishuvga asosan jalb qilish;

klinika qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

  1. Klinika o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishi davomida quyidagi majburiyatlarga ega:

texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlari bilan klinikaga yuklatilgan vazifalar ijrosini tahminlash;

texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;

o’quvchilarning nazariy va amaliy ko’nikmalarini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha yuqori samaradorlikni tahminlash;

vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilish;

mehnat va ijro intizomi xamda xizmat vazifalariga rioya qilish, yillik ish rejalarning bajarilishini tahminlash;

texnikumning ichki tartib-qoidalari va texnikum odob-axlok qoidalariga rioya etish.

Klinikaga konun xujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar xam yuklatilishi mumkin.

 4-bob. Klinika faoliyatini tashkil etish

  1. Klinikaga texnikum direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan yetakchi mutaxassis rahbarlik qiladi.
  2. Kilinika faoliyatiga amaliyotchi mutaxassislar, texnikum tarkibiy bo’linmalari xodimlarini kelishuvga asosan jalb qilinishi mumkin.

 5-bob. Klinikaga o’quvchilarni qabul qilish, ular faoliyatini tashkil qilish hamda klinika ahzoligidan chiqarish tartibi

  1. Klinikaga, qoida tariqasida, kurs dekani va kafedralar tavsiyasi bilan 1-kursning ikkinchi semestridan boshlab kunduzgi tahlim yunalishidagi o’quvchilar jalb etilishi mumkin.
  2. Klinikada faoliyat olib borish istagida bo’lgan o’quvchilar klinika rahbari nomiga 1-ilovaga muvofiq ariza yozadilar va ular suhbat asosida klinikaga qabul qilinadi.
  3. Suhbat texnikum direktori buyrug’i bilan tashkil etiladigan komissiya tomonidan o’tkaziladi.

Suhbat natijalari o’quvchiga ballarni qo’yishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi bo’yicha aniqlanadi hamda komissiya majlisining bayonida qayd etiladi.

O’quvchilar suhbat jarayonida akademik o’zlashtirish va xorijiy tillarni bilish darajasi, murojaat qiluvchi shaxs bilan muomala qilish madaniyati, tashabbuskorligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash darajasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanishi hamda shu kabi boshqa mezonlar asosida baholanadi.

  1. Suhbat o’tkazish jadvallari direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi va texnikum veb-saytida va klinikaning ijtimoiy tarmoqlarida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan o’n kun oldin joylashtiriladi.
  2. O’quvchilarni klinikaga qabul qilish quyidagi xollarda amalga oshirilmaydi:

jadval bo’yicha suhbatga kelmaganda (0 ball quyiladi);

suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to’plaganda.

  1. Suhbat natijalari u yakunlangan kunning o’zida ehlon qilinadi va direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Suhbat yakuniga ko’ra klinikaga jalb qilingan o’quvchilar Klinika rahbari tomonidan tegishli sektsiyalarga taqsimlanadi.

Har bir pedagog xodimga biriktiriladigan o’quvchilarning eng ko’p soni 10 nafardan oshmasligi lozim.

  1. Klinikaga qabul qilingan o’quvchilar quyidagilarga:

mazkur nizom va uning asosida qabul qilingan klinikaning hujjatlariga qathiy rioya qilishga;

klinika faoliyatida faol ishtirok etish va ichki tartib qoidalariga qathiy rioya qilishga;

klinika rahbari va biriktirilgan pedagog xodimning ko’rsatmalariga rioya qilish va klinika faoliyatiga oid topshiriqlarni o’z vaqtida hamda sifatli bajarishga;

murojaat qiluvchi shaxslar bilan odob-ahloq qoidalariga asosan yaxshi munosabatda bo’lish, o’z ustida doimiy ishlash va amaliy ko’nikmalarini oshirishga;

klinikada tashkil kilingan bahs-munozaralar, seminar-treninglar va o’quv-sud mashg’ulotlarida ishtirok etishga;

o’z faoliyati samaradorligi xakida axborot berib borishga;

fuqarolarni qabul qilish qoidalariga qathiy rioya qilish, belgilangan jadvalga asosan navbatchilikni o’tkazishga majbur.

  1. O’quvchilar klinikada auditoriya darslaridan bo’sh vaqtlarida va amaliyot davrida belgilangan jadval asosida faoliyat ko’rsatadilar.

O’quvchilar klinikadagi faoliyati davrida o’rgangan murojaatlari va ularni hal qilishga oid hujjatlar to’plamini tayyorlaydilar.

O’quvchi klinikadagi faoliyati yuzasidan klinika rahbariga yakuniy hisobot taqdim etadi. Ushbu hisobotda klinik tahlim jarayonida amalga oshirilgan ishlar, qanday professional ko’nikmalarni o’zlashtirganligi, ko’rib chiqilgan murojaatlar va ularning yechimlari hamda klinika faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar aks etishi lozim.

  1. Klinikada faoliyat ko’rsatgan o’quvchilarga texnikum Kengashi tomonidan belgilangan modullar bo’yicha kreditlar ajratiladi.

Klinika rahbarining tavsiyasiga ko’ra klinika faoliyatida to’liq qatnashgan o’quvchilarga Klinikada faoliyat yuritganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Sertifikat texnikum direktori tomonidan imzolanadi.

  1. O’quvchi quyidagi xollarda klinika ahzolari safidan chiqariladi:

muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) mazkur nizom qoidalarini buzsa yoki o’z vazifalariga mashuliyatsizlik bilan yondashsa;

muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) murojaat qiluvchi shaxslar bilan muomala qilish va texnikum odob-axlok qoidalarini buzsa yoki huquqiy maslahatlardan moddiy yoki boshqa naf ko’rishga harakat qilsa;

o’quvchilar safidan chiqarilsa;

semestr yakuni bo’yicha ikki va undan ortiq modullardan akademik qarzdor bo’lsa;

o’quvchining klinikada to’lik faoliyat yuritishi uchun to’siq bo’ladigan holatlar yuzaga kelsa (uzoq muddatli kasalligi va boshqa oilaviy sharoitlar);

muntazam ravishda (kamida ikki marotaba) o’zi biriktirilgan pedagog xodimning nazoratisiz, o’zboshimchalik bilan murojaat qiluvchi shaxslarga huquqiy maslahatlar ko’rsatsa;

klinikada hujjatlar va axborotlar maxfiyligiga oid qoidalarni bir marotaba buzsa;

uzrli sabablarsiz klinikaga kelmasa yoki navbatchilikni o’tkazib yuborsa;

klinika ahzosi safidan chiqarish hakida o’z xohishiga ko’ra ariza yozsa.

  1. O’quvchini klinika ahzolari safidan chiqarish klinika rahbarining bildirgisi asosida direktorning o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

 6-bob. Klinikada yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

  1. Klinikada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash quyidagi shakllarda tashkil qilinadi:
  2. a) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga shaxsiy uchrashuvlar davrida huquqiy maslahatlar berish.

Mazkur huquqiy maslahat berish shaklida murojaatchi kilinikaga shaxsan o’zi tashrif buyuradi va klinika pedagog xodimi rahbarligida o’quvchi tomonidan dastlabki suhbat o’tkaziladi. Qabul jarayonida o’quvchi murojaatchiga savollar beradi, tegishli xujjatlar bilan tanishib chiqadi va mazkur nizomning 27-bandida belgilangan tartibda huquqiy maslahat beradi;

  1. b) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillariga masofaviy huquqiy maslahatlar berish.

Ushbu huquqiy maslahat berish shaklida pedagog xodimlar va o’quvchilar tomonidan klinikaning elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga yoki pochta orqali kelib tushgan murojaatlari o’rganib chiqiladi va ularga belgilangan tartibda javob xatlari yuboriladi;

  1. v) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan telefon orqali kelib tushgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahat berish.

Ushbu huquqiy maslahat berish shaklida klinikaning doimiy faoliyat ko’rsatadigan telefon raqamlariga (“Hot Line”) kelib tushgan murojaatlar tasdiqlangan navbatchilikka asosan o’quvchilar tomonidan qabul qilinadi va ularga tezkor javob beriladi. Odatda ushbu shakldagi huquqiy maslahatlar murakkab bo’lmagan oddiy savollarga beriladi, agar murojaatda ko’tarilgan masala murakkab va o’rganish talab qilinsa, murojaat qiluvchi shaxsga klinikaga shaxsiy qabulga yozilish tavsiya qilinadi;

  1. g) sayyor qabullar tashkil qilish orkali huquqiy maslahatlar berish:

Klinika tomonidan avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida klinika rahbari, pedagog xodimlar va o’quvchilar tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun sayyor qabullar tashkil qilinishi mumkin. Sayyor qabulni o’tkazish rejasi texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.

  1. Klinikada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvali ishlab chiqiladi hamda klinika rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Huquqiy maslahat olish uchun murojaat qiluvchi shaxs o’z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda 2-ilovaga muvofiq yozma rozilik arizasini taqdim etadi.
  3. O’quvchi murojaat qiluvchi shaxs bilan quyidagi bosqichlarda ish olib boradi:

murojaatni ro’yxatga olish (3-ilova);

suhbat o’tkazish va murojaat qiluvchi shaxsni eshitish;

muammoni aniqlash va uni ustida huquqiy tadqiqot o’tkazish;

murojaatga javob tayyorlash;

huquqiy maslahat berish;

huquqiy maslahat yakuni yuzasidan qayd varag’ini to’ldirish (4-ilova).

  1. Klinikada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ular bilan suhbat o’tkazish va huquqiy maslahat ko’rsatish jarayonida klinika rahbari ishtirok etishi shart.

O’quvchilarni mustakil ravishda klinika rahbari ishtirokisiz jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishga yul qo’yilmaydi.

  1. Murojaat qiluvchi shaxs bilan o’tkaziladigan birinchi qabul jarayonida o’quvchi:

murojaat qiluvchi shaxsga klinikada murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi va shartlari haqida mahlumot bergan holda uning yozma roziligini oladi;

murojaat bo’yicha ish materiallari bilan tanishib uning mazmunini aniqlaydi va unga huquqiy baho beradi;

murojaat qiluvchi shaxs va uni murojaatining mazmunini ro’yhatga oladi va tegishli hujjatlardan nusxalar oladi;

huquqiy maslahat ko’rsatish shaklini aniklaydi (ogzaki, yozma yoki boshqa);

zarur hollarda keyingi suhbat vaqtini aniklaydi, agar murojaatning mazmuni yo’l ko’ysa, oldindan tayyorgarliksiz birinchi huquqiy yordam ko’rsatadi.

  1. Quyidagi holatlarda huquqiy maslahat ko’rsatish rad etiladi:

avval klinikaga murojaat kilgan shaxsning aynan bir masala yuzasidan qilgan takroriy murojaatiga;

murojaat kilgan shaxslar bilan texnikum yoki uning xodimlari, o’quvchilar o’rtasida manfaatlar to’knashuvi yuz berishi mumkin bo’lgan ishlar bo’yicha qilingan murojaatga;

huquqiy bo’lmagan masalada qilingan murojaat (suhbatni yakunida murojaat qilgan shaxsga kimga murojaat qilish zarurligi tushuntirilgan holda)ga.

  1. Murojaatda ko’tarilgan muammoning murakkabligi va unda aniqlashtirilishi lozim bo’lgan holatlardan kelib chiqqan holda o’quvchi klinika rahbari bilan kelishgan holda murojaat qiluvchi shaxs bilan ko’shimcha suhbat o’tkazishi mumkin.

Birinchi suhbatdan so’ng murojaatda ko’tarilgan huquqiy muammoning murakkabligidan kelib chiqib, klinika rahbari tomonidan o’quvchiga murojaatda ko’tarilgan masalani tahlil qilish va uni yechimini topish uchun 3-5 kun vaqt beriladi. Alohida xollarda klinika rahbari bilan kelishgan holda murojaatga javob tayyorlash uchun boshqa muddat o’rnatilishi mumkin.

Og’zaki huquqiy maslahat berish, agar qo’shimcha tayyorgarlikni talab qilsa, qo’shimcha suhbat vaqtida amalga oshirilishi mumkin.

Murojaat qiluvchi shaxsga huquqiy yordam ko’rsatish huquqiy maslahat berish, dahvo arizasi, iltimosnoma, shikoyat va boshqa huquqiy xujjatlar loyihalarini tayyorlash, huquqiy muammoni yechish bo’yicha yozma xulosa tayyorlashdan iborat shaklda amalga oshiriladi.

O’quvchi tomonidan murojaat bo’yicha tayyorgarliksiz huquqiy maslahat berishga yul qo’yilmaydi. Murojaat qiluvchi shaxsga suhbat vaqtida beriladigan huquqiy maslahat tavsiyaviy xarakterga ega bo’ladi. Bu hakida murojaat qiluvchi shaxs yozma ogohlantiriladi (2-ilova).

O’quvchi tomonidan barcha murojaatlarga javoblar faqat yozma shaklda tayyorlanishi lozim. Murojaat qiluvchi shaxsga yakuniy huquqiy maslahatberishga yoki yozma javob xatini jo’natishga fakat tegishli pedagog xodim o’quvchi tomonidan tayyorlangan javob xatini tekshirib, imzolab berganidan so’nggina ruxsat beriladi.

Klinikaga murojaat qiluvchi shaxsga yozma javob xati klinika rahbari nomidan klinikaning rasmiy blankida yuboriladi.

Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi va muddatlari qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Yakuniy huquqiy maslahat berilganidan so’ng murojaat qiluvchi shaxs o’quvchi faoliyati haqida yozma fikr qoldirib ketishi mumkin.

Agar murojaat qiluvchi shaxs tomonidan o’quvchi faoliyati bo’yicha salbiy fikr qoldirilgan taqdirda klinika rahbari ushbu fikrnomani vujudga kelishiga sabab bo’lgan holatlarni tahlil qiladi va kelgusida o’quvchiga huquqiy murojaatlar bilan ishlashga ruxsat berish yoki bermaslik masalasini hal qiladi.

Har semestr yakunida klinika rahbari tomonidan o’quvchining huquqiy yordam ko’rsatish faoliyati bo’yicha 5-ilovaga muvofiq qayd varag’i to’ldiriladi.

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid hujjatlar klinikada ikki yil mobaynida saqlanadi. Muddati o’tgan murojaatlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda yo’q qilinadi.

 7-bob. Klinika faoliyatida maxfiylik

 Klinika faoliyatida ishtirok etish vaqtida klinika rahbari, o’quvchilar va pedagog xodimlarga murojaatlar bo’yicha ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi.

Murojaat qiluvchi shaxslardan tegishli hujjatlarning asl nusxalarini olish, murojaatga taallukli hujjatlarni klinika hududidan olib chikib ketish yoki ularga tegishli ma’lumotlarni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tag’qiqlanadi.

  1. Murojaat qiluvchi shaxslar bilan olib boriladigan yozishmalar – faqat klinikaning rasmiy elektron ‘ochta manzillari yoki ijtimoiy tarmoqlari orqali olib boriladi.
  2. Klinikaga murojaat qiluvchi shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan ularning roziligi (2-ilova) olinganidan so’ng o’quv jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanishga ruxsat etiladi.

Klinikada murojaatga taalluqli hujjatlarning asl nusxalari saqlanmaydi.

  1. O’quvchilar tomonidan murojaat qiluvchi shaxslar bilan suhbat o’tkazish, muammoni aniqlash va ularga huquqiy maslahat berish jarayonini nazorat qilish, tahlil qilish hamda o’quv jarayonida foydalanish maqsadida murojaat qiluvchi shaxsning roziligiga asosan u bilan bo’lib o’tadigan suhbat va huquqiy maslahat berish jarayoni audio yoki videoga qayd qilinishi mumkin.

 8-bob. Yakuniy qoida

 Klinikani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Ulashing: