Tongi saflanish” o’tkazildi

O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish hamda texnikum ichki-tartib va odob- ahloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish va rivojlantirish maqsadida xaftaning har dushanba kuni “Tongi saflanish” tadbirlarlari texnikumda doimiy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

🔹Jumladan, joriy yilning 17-oktabr kuni “Sud-huquqiy faoliyat” yonalishi 23-22 guruh o‘quvchilari tomonidan navbatdagi “Tongi saflanish” tadbiri tashkillandi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan maxsus tayinlaygan chiqishlar, siyosiy-ijtimoiy hamda sport yangiliklari va intellektual o‘yinlar havola etildi.

🔹 Shuningdek, Adliya vazirligi ta’lim muassasalarida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish va ommaviy sportni rivojlvntirish bo’yicha 2022-yilga mo’ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida texnikumda birinchi va ikkinchi bosqich o’quvchilari sportning “Voleybol” turi bo’yicha 10-14 oktabr kunlari o’rtasida bo‘lib o‘tgan texnikum birinchiligida faxrli o‘rinlarni egallagan guruhlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: