«Master klass» o’tkazildi

Oʻquvchilar turar joyidagi oʻquvchi yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hunarga oʻrgatish hamda oilaga tayyorlash maqsadida joriy yilning 18-oktyabr kuni texnikumning devonxona mudirasi N.Nuraliyeva tomonidan bir piyola choy ustida qizlarjonlarga “Toʻqish” sanʼati boʻyicha master klass tashkil etildi.

Jarayon davomida “Spitsa” va “Kryuchok” lar yordamida iplardan turli maxsulotlar toʻqish usullari oʻrganildi.

Oʻquvchilar turar joyida muntazam ravishda tashkil etilib kelinayotgan bunday master-klasslar oʻquvchi-qizlarimizni oilaga tayyorlashda hamda qoʻshimcha hunar oʻrganishda katta maktab vazifasini oʻtab kelmoqda.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: