Texnikumning mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassis M.Madaminov tashabbusi bilan Farg‘ona shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida o’quvchi-yoshlar ishtirokida “Oziq-ovqat maxsulotlari va is gazidan zaxarlanishlarni oldini olish, “Yong‘in, chaqnashlarni oldini olish”, “Zilzila haqida tushuncha” “Qutirishdan saqlanish”, bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Farg‘ona shahar FVB xodimi kapitan A.Apponov ishtirok etib, o’quvchi-yoshlarga joriy yil davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar va yong‘in natijasida xalok bo‘lgan va kuyish tan jaroxati olganlar, “Oziq-ovqat maxsulotlari va is gazidan zaxarlanishlarni oldini olish, “Qutirishdan saqlanish”, “Zilzila” haqida ma’lumotlar berdi.

Qolaversa, Farg‘ona shahar hududida joylashgan korxona va tashkilotlarda, savdo komplekslarida, bozorlarda, ko‘ngil ochar maskanlarda, umummiy ovqatlanish joylarida, yakka tartibdagi tadbirkorlarga qarashli savdo do‘konlarida, yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida targ‘ibot-tashvikot va tushuntirish ishlarini olib borish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish hamda “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbirlarini samarali o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o‘tdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: