🏛 Joriy yilning 18-noyabr kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi O.Usmonova tomonidan 1-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 24-22 guruhida 18-noyabrda – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingani munosabati bilan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimotlar hamda video rolik namoyish etildi. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtirishi, xalqaro maydonlarda jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalanishi to‘g‘risida ma’lumotlar atroflicha bayon qilindi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: