Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan texnikum oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyati yuridik texnikum oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Fargʻona viloyati yuridik texnikum oʻquvchilari dastlab boshqarmada fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Bu yerda murojaatchilarni qabul qilish tartibi, fuqarolar bilan suhbat jarayonida samimiy munosabatlar haqida batafsil maʼlumotlar olishdi.

Shu bilan birga, boshqarma tarkibiy boʻlimlari ish jarayoni, xodimlarga yaratilgan sharoitlar va boshqarma kutubxonasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati berildi.

Yoshlar adliya boshqarmasi boʻylab ekskursiya davomida adliya organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotga boʻlishdi. Kichik majlislar zalida intellektual mulk huquqlariga oid bilimlarini boyitishdi.

Bundan tashqari, tadbir davomida oʻquvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda texnikum oʻquvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, oʻquv jarayonlari, amaliyot oʻtash tartibi hamda adliya organlarida ishga kirish yuzasidan tushunchalar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: