Yoshlarni Ona vatanga hamda ona tiliga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida Farg’ona viloyati yuridik texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida «Mangu yasha, ona tilim!» mavzusida seminar tashkil qilindi.
Tadbir davomida yoshlarga til sofligini saqlash, uning umrboqiyligini ta’minlash har birimizning jamiyat oldidagi burchimiz ekanligi, shuningdek, tafakkur va dunyoqarashni yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o’tildi.









Telegram | Facebook | Instagram | Youtube