📌 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 55-um son buyrug’i bilan tasdiqlangan yuridik texnikum o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan «Jinoyat, fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida namunaviy sud protsessi» tanlovining mintaqaviy bosqichi Namangan viloyati yuridik texnikumida o’tkazildi.

✅ Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ularni bilim va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda ayni muddao bo‘lmoqda. Ayniqsa, adliya vazirligi tizimidagi Yuridik texnikumida tahsil olayotgan o‘qivchi yoshlarni nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazilimoqda. Mazkur tanlovlarda ishtirok etayotgan o‘qivchilar o‘zlarining bilim va ko’nikmalarini yana mustahkamlab bormoqda.

♻️ Tanlovning mintaqaviy bosqichida Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatining Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

Jarayonda o‘quvchilar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar. Qizg‘in kechgan tanlov jarayonlarining natijalari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholab borildi. Mazkur tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad- ertamiz egalarini bilim va salohiyatini yanada yuksaltirish va ularni sud sohasiga qiziqtirishdan iborat.

✅Tanlovning mintaqaviy bosqich yakuniga ko‘ra:

– Jinoyat ishlari yo‘nalishida Namangan viloyati yuridik texnikumi jamoasi birinchi o‘ringa, Farg‘ona viloyati jamoasi 2- o‘ringa munosib ko‘rildi.

– Fuqarolik ishlari yo’nalishida Farg‘ona viloyati birinchi, Andijon viloyati jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egaladi.

Mintaqaviy bosqichda har ikki yo’nalishda g‘olib bo‘lgan 2 tadan jamoa Respublika bosqichda ishtirok etish yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: