Joriy yilning 23-yanvar kunidan birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun 2022/2023 oʻquv yilining 1-yarim yillik uchun yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi.
Yakuniy nazoratlar haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog xodimlar biriktirildi.
Kafedralar tomonidan tayyorlangan yakuniy nazorat savolnomalari oʻquv- metodik boʻlimda koʻrib chiqildi va tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.
Yakuniy nazorat haftaligi joriy yilning 27-yanvar kuniga qadar davom etadi.










Telegram | Facebook | Instagram | Youtube