Fargʻona viloyati yuridik texnikumi oʻquvchi-yoshlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va soha vakillari ishtirokda davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayonida Fargʻona shahar prokurori katta yordamchisi O.Xolmatov, jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining sudyasi K.Rahimov, Fargʻona shahar adliya boʻlimi boshligʻi B.Toxirjonov hamda elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi Fargʻona viloyati vakili S.Tolipovlar ishtirok etib, faoliyat yuritayotgan sohalari haqida tushunchalar berib oʻtdilar.

Texnikum oʻquvchilari tomonidan sohaga oid hamda boshqa savollarga batafsil javob berdilar.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: