Navroʻzi olamni biz barcha Sharq xalqlari qatori azal-azaldan, aniqrogʻi, ming yillar davomida nishonlab kelmoqdamiz. Demak, Navroʻz kecha yoki bugun shakllangan bayram emas, balki oʻzida ming bir tarixni mujassam etgan, insonlarni mehr-muruvvatga, diyonatga boshlagan, adolat va insoniylik tamoyilini namoyish etgan qutlugʻ ayyomdir.
Joriy yilning 17-mart kuni Farg’ona viloyati yuridik texnikumida 21-mart – “Navro’z umumxalq bayrami” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonga xush kelding Navro’z!» shiori ostida katta tadbir-sayl o’tkazildi.
Tadbir yuqori shukuhda boshlanib, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan, milliy urf-odatlarimizni oʻzida mujassam etgan turli xil laparlar, Navro’z, Vatan haqidagi she’rlar, qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari, Navro’zga bag‘ishlangan musiqiy kompozitsiyalar bilan birgalikda «Osh chempionati», «Milliy taomlar», «Devoriy gazetalar» tanlovlari, shuningdek , «Ko’k olmalar qizil olmalarga qarshi» nomli shashka o’yini, tosh ko’tarish, arqon tortish kabi sport musobaqalari o’tkazildi.
Tadbir ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tib, tadbir so’ngida tanlov va musobaqalar g’oliblari texnikum ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.



















































Telegram | Facebook | Instagram | Youtube