O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida 2023-yilda o‘tkaziladigan konferensiyalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 24-mart kunida Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “Professional yuridik kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘qitishning kredit-modul tizimini qo‘llashning afzalliklari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan ushbu konferensiyada Andijon, Namangan viloyati yuridik texnikumi rahbar-xodimlari va o‘quvchilari offlayn tarzda va boshqa viloyat yuridik texnikumlari masofaviy tartibda ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyani yuridik texnikum direktori M.Toshmatova kirish so‘zi bilan ochib, barcha konferensiya ishtirokchilarini mazkur anjuman bilan tabrikladi.

Konferensiyada yuridik texnikum direktorining o‘quv-ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Ergashev “O‘zbekistoning ta’lim jarayonida kredit-modul tizimi” mavzusi bilan, Farg‘ona Davlat universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori A.Ahrorqulov “O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida kredit-modul tizimiga o‘tish bosqichlari” mavzusi bilan, Toshkent Davlat yuridik universitetining o‘quv-uslubiy boshqarmasi, talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i S.Rajabboev “Kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonlarini xorijiy tajriba asosida tashkil etish” mavzusi bilan, Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi F.Usmonova “Kredit-modul tizimining afzalliklari” mavzusi bilan, Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Sh.Yuldashev “Yuridik ta’limda kredit-modul tizimining afzalliklari va ayrim muammolari” mavzusi bilan ishtirok etdilar.

Shu bilan birga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Osh Davlat universiteti yuridik fakulteti professor-o‘qituvchilari yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Pazilov boshchiligida, Farg‘ona shahridagi Koreya-xalqaro universitetining o‘quv-ishlari bo‘yicha prorektori o‘rinbosari N.Fazilov hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchisi F.Po‘latov, shuningdek, ish beruvchilarning vakili sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining raisi U.Oripovlar qatnashdilar.

Umumiy konferensiya yakunidan so‘ng birinchi va ikkinchi sho‘ba yig‘ilishlari professor-o‘qituvchilari uchun, yuridik texnikumlar o‘quvchilari uchun alohida tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: