Joriy yilning 28-mart kuni “Umumtaʼlim ” fanlari kafedrasi yuristlar uchun rus tili fani oʻqituvchisi Sh.Kamolova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 23-22 guruhida “ Сложные предложения ” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilar kun yangiliklari, mavzuga oid tayanch soʻz va iboralar bilan tanishdilar.
Ochiq dars davomida oʻquvchilarning rus tilida erkin soʻzlasha olishlarini oshirish maqsadida oʻqituvchi “Убери лишнее слово”, “Объедините слова”, “Общее-частное” nomli interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi.
Shuningdek, mavzuga oid videorolik namoyishi hamda slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Berilgan grammatik topshiriqlar va ta’limiy òyinlarni òquvchilar katta qiziqish bilan bajardilar.
















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube