Jоriy yilning 29-mart kuni texnikumda Fargʻona viloyati maʼmuriy sudi va texnikumning “Yuridik klinikasi” hamkorligida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish” mavzusida oʻquvchilar bilan davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Fargʻona viloyat maʼmuriy sudining sudyalari J.Kasimov, N.Xadjimatov, B.Yuldashev xodimlar X.Axmadjonov, D.Maxsudova, I.Marifjonov, M.Usmonova, O.Toshpoʻlatov, O.Abdusattorov, X.Muxtoraliyev, M.Axmedov, Sh.Nasirov, R.Shukurov va “Yuridik klinika” rahbari D.Qayumovalar ishtirok etdilar.

Unda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan ozgartirishlar hamda shu yilning 30-aprel kuni yurtimizda bo’lib o’tadigan siyosiy jarayonning mazmun-mohiyati va ta’lim rivojiga doir muhim jihatlar xususida talaba yoshlarga keng tushunchalar berildi.

📌Tadbir davomida mazkur huquqiy o‘zgartirishlarning turli soha rivojidagi o‘rni haqida ham alohida to’xtalib, bu haqda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: