Texnikumning “Ma’muriy huquq” fani oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalish 15-21 guruhida “Ma’muriy huquq ” fanidan “Ma’muriy sud ish yuritishida sudiyani rad etish asoslari va tartibi” mavzusida binar ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Dars jarayoniga Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyalari S.Shokirov, D.Madaminov hamda sudya yordamchilari M.Usmonov va A.Burxonovlar tashrif buyurishdi.
Dars mashgʻuloti davomida oʻqituvchi mavzuning nazariy qismlarini bayon etish barobarida mavzuga oid boʻlgan Ma’muriy sudlarda sudyani rad etishning oʻziga xos xususiyatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Dars mashgʻuloti davomida o‘quvchilar tomonidan ma’muriy sud ish yuritishida sudiyani rad etish asoslari bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish tartibi amaliy mashg‘ulot sifatida namoish qilindi.
Ishtirokchi sudyalar mashg‘ulot davomida protsess o‘tkazish, sudiyani rad etish asoslari bo‘yicha amaliyotda yuzaga keladigan xatoliklar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube