Texnikumda viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati yuridik texnikumida viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda viloyatdagi barcha professional taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdilar.
Ushbu yigʻilishda yuridik texnikum direktori M.Toshmatova soʻzga chiqib, Referendum-2023, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, taʼlim sohasida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtib, joylarda refrendum jarayoniga puxta va yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish, hududlarda aholining, ayniqsa yoshlarning mazkur siyosiy tadbirda faol ishtirok etishlariga erishish hamda ularning bu borada huquqiy ongini yanada oshirish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir soʻngida yigʻilish ishtirokchilariga yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha flayerlar tarqatildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: