Joriy yilning 20-aprel kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi F.Mirjavharova tomonidan “Konstitutsiyaviy huquq” modulidan “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 20-22 guruhida «Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullarlardan foydalanildi. Jumladan: «Atamalar yog’dusi», «Fikringni jamla va top» «Ven diogrammasi» «Toifalash jadvali» kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.












Telegram | Facebook | Instagram | Youtube