Joriy yilning 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendum o‘tkazilishi belgilahgan.

Mazkur tadbir doirasida joriy yilning 26-aprel kuni “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tomonidan “Yangilanayotgan Konstitutsiya” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a‘zosi M. Salimova, “Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi Sh.G’aniyeva, Xalq deputatlari Far‘gona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov va Farg’ona shahar Kengashi deputati B.Axmadalievlar ishtirok etdilar.

Qatnashchilarga dastlab referendum o’tkazish tartibi to’g’risida batafsil tushunchalar berilib, shundan so’ng “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida atroflicha fikr yuritildi. Xususan, sud va huquq sohasiga kiritilayotgan o’zgartirishlar va unda inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengayotganligi, ta’lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi  huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi ham alohida ta’kidlandi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: